Mavlyanov G‘ani Narimonovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sug‘oriladigan hududlarning ekologik xavflarini kamaytirishda lessimon jinslarning sorbsiya qilish xususiyatlarini baholash», 04.00.04–Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi (geologiya-mineralogiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/GM8.

Ilmiy rahbar: Shermatov Magbud Shermatovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Mineral resurslar instituti, Geologiya va geofizika instituti, Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti, Seysmologiya instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti va Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.27.06.2017.GM.40.01.

Rasmiy opponentlar: Yusupov Shuxrat Sakidjanovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Mavlonov Aslon Akramovich, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi.

Yetakchi tashkilot: «Gidromineral resurlar geologiyasi» ilmiy-ishlab chiqarish markazi davlat korxonasi.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: lyossimon jinslarining organ-mineral qo‘shimcha qo‘shilganida sorbsion xususiyatlarini baholashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor organomineral qo‘shimchasini organmineral kompleks kiritish orqali lyossimon jinslari sorbsion xossalarini o‘zgartirish metodikasi ishlab chiqilgan;

organomineral qo‘shimchasini kiritish orqali lyoss jinslari sorbsion xususiyatlarining oshishi isbotlangan;

organomineral qo‘shimchasini tuproqqa kiritilishi uning tarkibidagi gumus, umumiy va ammiakli azotning ko‘payishiga olib kelishi aniqlangan;

organomineral qo‘shimchasining tuproqqa kiritilishi orqali azot, fosfor va kaliy harakatchan birikmalarini aeratsiya zonasidan grunt suvlarga yuvib ketilishining kamayishga olib kelishi aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Sug‘oriladigan hududlardagi lyossimon jinslarining sorbsiya xususiyatlarini tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 

organo-mineral kompleksni kiritish orqali lyossimon jinslarining sorbsion xususiyatlarini yaxshilash bo‘yicha «O‘g‘it olish» va «Tuproq detoksikatsiya» usullariga Intellektual  mulk agentligidan ixtiroga patent olingan (IAP 03807; IAP 05541). Natijada ushbu o‘g‘it orqali tuproqning sorbsion xususiyatlari yaxshilash va sug‘oriladigan hududlarning unumdorligini hamda ushbu o‘g‘it orqali tuproqning sorbsion xususiyatlarini oshirish imkonini bergan;

o‘g‘it olish usuli «Gidromineral resurslar geologiyasi» IIChM DK ob’ektlarida joriy etilgan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2018 yil 12 martdagi 04/04spr-son ma’lumotnomasi). Tuproqning sorbsion xususiyatlarini o‘zgartirish natijasida pastki qismidagi grunt suvlaridagi nitratlar miqdorini 70%ga, nitritlar 15%ga, fosfatlar 20%ga, kaliy 9%ga kamaytirish va  tuproqning unumdorligini 33%ga oshirish imkonini bergan;

tuproqning detokiskatsiyalash usuli «Gidromineral resurslar geologiyasi» IIChM DK ob’ektlarida joriy etilgan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2018 yil 12 martdagi 04/04-son ma’lumotnomasi). Natijada sog‘ tuproq jinslari sorbsion xususiyatlarining hamda tuproq tarkibida gumus, umumiy va ammiakli azotning ko‘payishiga va shu bilan bir qatorda er osti suvlari ifloslanishini kamaytirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish