Ro‘ziyeva Sadoqat Xasanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumot
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ona tili sintaksisini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped993.
Ilmiy rahbar: Olimov Shirinboy Sharofovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSs.03/04.06.2021.Fil.72.09.
Rasmiy opponentlar: Abuzalova Mehriniso Kadirovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Nurillayeva Shaxlo O‘ktamovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Tadqiqotning maqsadi ona tili sintaksisini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitish metodikasini ilmiy-nazariy jihatdan takomillashtirishdan iborat.
II. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
oliy ta’lim muassasalari talabalarini ona tili sintaksisi bo‘yicha badiiy va axborotli matnlar mazmunini tushunish darajasini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida shakllantirishning o‘quv-tarbiya jarayonida foydalanishning uslubiy-didaktik tamoyillari hamda tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari aniqlangan;
ona tili sintaksisini o‘qitishda bilim, shaxsiy-ijtimoiy tajriba mezonlarini qo‘llashning klasterli modeli sintagmatik munosabat, so‘z birikmalarining predikativlik hodisasiga samarali bo‘lgan hissiy-irodaviy, mazmunli-operatsion, motivatsion omillarni kiritish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda ona tili sintaksisini hamda so‘z birikmalarining semantik va sintaktik tabiatini o‘qitishda til bilish kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan “Intellectual controverse” va “Case study” kabi innovasion metodlarni shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida kompleks qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
talabalarda so‘z birikmalarining semantik-sintaktik yo‘nalishlarini, substansial va aksidensial hodisalariga munosabatini o‘qitishda nutqiy kompetensiyani rivojlantirishga ta’sir etuvchi mantiqiy fikrlashni, e’tiborni, xotirani rivojlantirishga qaratilgan ta’limiy resurslar, rolli-o‘yinli, izlanishli-tadqiqotchilikka doir muammoli topshiriqlarni sub’ektiv, loyihaviy, produktiv, refleksiv bosqichlar bo‘yicha strukturalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida ona tili sintaksisini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar quyidagi shakllarda joriy qilindi:
oliy ta’lim muassasalari talabalarini ona tili sintaksisi bo‘yicha badiiy va oliy ta’lim muassasalari talabalarini ona tili sintaksisi bo‘yicha badiiy va axborotli matnlar mazmunini tushunish darajasini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida shakllantirishning o‘quv-tarbiya jarayonida foydalanishning uslubiy-didaktik tamoyillari hamda tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari bo‘yicha tavsiyalar “Ona tili sintaksisi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 17-martdagi 106-son buyrug‘i, 106-109-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada ona tili sintaksisini o‘qitishda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha metodik ta’minot takomillashtirilgan;
ona tili sintaksisini o‘qitishda sintagmatik munosabati, so‘z birikmalarining predikativlik hodisasiga samarali bo‘lgan hissiy-irodaviy, mazmunli-operatsion, motivatsion omillar bilim, shaxsiy-ijtimoiy tajriba mezonlarini qo‘llashning klasterli modeli tavsiyalardan F1-FA-G003 raqamli “Hozirgi qoraqalpoq adabiy tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental loyihada (2016-2020-y.) foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022-yil 13-sentabrdagi 333/1-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalarida ona tili sintaksisini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitishga metodik yordam sifatida xizmat qilgan;
talabalarda ona tili sintaksisini o‘qitishda so‘z birikmalarining semantik va sintaktik tabiatini o‘qitishda til bilish kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan “Intellectual controverse” va “Case study” kabi innovasion metodlarini shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida kompleks qo‘llash orqali tavsiya va xulosalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining “Dolzarb mavzu”, “Intervyu plyus”, “Assalom, Buxoro”, “Til – millat ko‘zgusi” kabi ko‘rsatuvlarda foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2022-yil 11-oktabrdagi 1/252-son ma’lumotnomasi). Natijada ona tili sintaksisini o‘qitish jarayonida talabalarda so‘z birikmalarining semantik va sintaktik yo‘nalishlarini, o‘zbek tili sintaktik hodisalarida substansial va aksidensial o‘rganish jihatlariga qiziqtirish imkoniyatlari yaratilgan.