Melibaeva Ruzaxon Nasirovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Talabalar tafakkurini rivojlantirishning psixologik mexanizmlari», 19.00.06–Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Psi30.

Ilmiy rahbar: G‘oziev Ergash G‘ozievich, psixologiya fanlari doktori, professor. Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti DSc.27.06.2017.Psi.01.07.

Rasmiy opponentlar: Jabborov Azim Meliqulovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Sirliev Baxtiyor Nuriddinovich, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogikauniversiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: talabalar tafakkurini rivojlantirishning psixologik mexanizmlarini aniqlash, ularni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

 talabalarning ta’lim jarayonidagi topshiriq va muammoli vaziyatlarni anglashi, tahlil qilishi va echimini topishni ta’minlovchi predmetli, simvolli, belgili, obrazli tafakkur tiplari va sintetik, g‘oyaviy, pragmatik, analitik, realistik tafakkur uslublari darajalari aniqlangan;

talabalar tafakkurining originallik, egiluvchanlik, aniqlik va tezkorlik xususiyatlarini rivojlantiruvchi psixotrening mashqlari to‘plami  shakllantirilgan va ularni psixodiagnostika qilish metodikasi tatbiq etilgan;

talabalar tafakkurini rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatuvchi  va psixologik fenomenlarini tavsiflovchi  o‘quv materiallari mazmuni, o‘quv faoliyati motivatsiyalari xarakteri va shaxslilik xususiyatlari kabi yetakchi omillar aniqlangan;

o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishning uslublarini tadqiq qilish  asosida kichik guruhlarda ishlash va loyiha-tadqiqotchilik faoliyati  talabalar ijodiy tafakkurini rivojlantiruvchi samarali mashg‘ulot turlari  ekanligi aniqlangan;

talabalar tafakkurini didaktik omillar (o‘quv-mashg‘uloti mazmuni, ta’lim usullari, vositalari, shart-sharoitlari va prinsiplari) asosida rivojlantirishning psixologik mexanizmlari tuzilmasi takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Talabalar tafakkurini rivojlantirishning psixologik mexanizmlarining ilmiy-metodik ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: ta’lim jarayonida tafakkurning rivojlanishida tiplar va uslublar namoyon bo‘lishini, ijodiy tafakkurni rivojlanganlikning darajasini izohlovchi ilmiy natijalar oliy o‘quv yurtlari ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy qilingan bo‘lib (OO‘MTVning 24.08.2017 yil №603-042 guvohnomasi). Natijada bu pedagoglarning ta’lim jarayonida talabalarda ijodiy fikrlash qobiliyati rivojlanishini ta’minlashi uchun yangi imkoniyatlari yaratilgan;  

ta’lim oluvchilar tafakkurini originallik, egiluvchanlik, aniqlik va tezkorlik xususiyatlarini rivojlantiruvchi psixotrening dasturi  shakllantirilgan va ularning psixodiagnostika metodikasini (“Ijodiy tafakkur” testi) takomillashtirishga doir ilmiy natijalar Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi (RBIMM) faoliyatiga joriy qilingan (RBIMMning 2018 yil 27 fevraldagi 06/46-son ma’lumotnomasi). Natijada bolalar ijtimoiy moslashuv markazi  tarbiyalanuvchilarining tafakkurini rivojlantirish samaradorligini ta’minlashga xizmat qilgan;

ta’lim oluvchilarda tafakkur rivojlanishiga ta’sir qiluvchi va bu jarayonga xos psixologik fenomenlarni aks ettiruvchi o‘quv-uslubiy materiallar, psixodiagnostika vositalari Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi (RBIMM) faoliyatiga joriy qilingan (RBIMMning 2018 yil 27 fevraldagi 06/46-son ma’lumotnomasi). Natijada va bolalar tafakkurini rivojlanish darajasini aniqlash, ularda ijodiy tafakkur, kreativlik qobiliyatlari darajasini ob’ektiv baholash imkoniyatlarini kengaytirgan;

ijodiy tafakkurni rivojlantirishda muammoli ma’ruza, seminar, kichik guruhlarda ishlash va loyiha tadqiqotchilik kabi o‘quv mashg‘ulot turlarining ta’sirini izohlovchi natijalar Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi faoliyatida joriy qilingan (RBIMMning 2018 yil 27 fevraldagi 06/46-son ma’lumotnomasi). Natijada bolalar bilan intellektual sifatlarni rivojlantirish bo‘yicha murabbiylar olib borayotgan ishning ilmiy-metodik ta’minotini kuchaytirgan;

ta’lim jarayonida qo‘llanuvchi o‘quv topshiriqlari va motivatsion, uslubiy, xususiyatli, tiplashtirish, shart-sharoit kabi omillarni o‘z ichiga oluvchi talabalar tafakkurini rivojlantirishning psixologik mexanizmlari tuzilmasi 5111400 – Xorijiy til va adabiyoti (tillar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi talabalariga tayyorlangan “Umumiy psixologiya” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga kiritilgan (OO‘MTVning 24.08.2017 yil №603-042 guvohnomasi) hamda bo‘lg‘usi mutaxassislar kasbiy-psixologik tayyorgarligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish