Ulug‘murodov Elmurod Berdimurod o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «O‘rta Zarafshon vohalarida sug‘orish ta’sirida ro‘y berayotgan dinamik jarayonlar va agrolandshaftlarning ekologik holatini baholash», 11.00.01 – Tabiiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Gr218.
Ilmiy rahbar: Abdulqosimov Ali, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasalar nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Boymirzaev Karimjon Mirzaxmedovich, geografiya fanlari doktori, dotsent; Tuxtaeva Xabiba Toshevna, geografiya fanlari falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘rta Zarafshon havzasi voha landshaftlarning sug‘orish ta’sirida o‘zgarishi hamda ularni muhofaza qilishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘rta Zarafshon havzasida sug‘oriladigan hududlar tabiiy sharoitining o‘ziga xosligi, agroiqlim sharoiti, sug‘orish bilan chambarchas bog‘liq ravishda sho‘rlanmagan, kuchsiz sho‘rlangan, kuchli va juda kuchli sho‘rlangan geotizimlar vujudga kelganligi asoslangan;
agrolandshaftlarda tuproq sho‘rlanishi va ekomeliorativ holat Landsat 7-8, Sentinel tizimlari kosmik tasvirlar yordamida ArcGIS dasturidan foydalanib turli masshtabli mavzuli kartalar yaratilgan;
agrolandshaftlardagi ekologik vaziyat va antropogen ta’sir masofali metodlarni qo‘llash orqali aniqlangan va grunt suvlarining agrolandshaftlarini o‘zgarishiga ta’siri statistik tahlil ekomeliorativ nuqtai-nazardan baholangan;
agrolandshaftlarining ekomeliorativ holatini yaxshilash chora-tadbirlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘rta Zarafshon havzasi landshaftlariga sug‘orish va antropogen omillarning ta’sirini baholash va ekomeliorativ holatini optimallashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
agrolandshaftlarning o‘ziga xosligi va litologik tuzilishining o‘zgarib borishi suv-fizik va boshqa xossalari sug‘orish tadbirlari bilan chambarchas bog‘liqligini asoslashga doir ma’lumotlar ekologik muammolarni oldini olishda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Davlat Qo‘mitasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Davlat Qo‘mitasining 2022 yil 28 dekabrdagi 03-01/2-4060-son ma’lumotnomasi). Natijada, agrolandshaftlarda sug‘orishni tartibga solish orqali gurunt suvlari sathini pasaytirish orqali ekomeliorativ holatni yaxshilash imkonini bergan;
sug‘orish bilan bog‘liq dinamik jarayonlarga doir ilmiy natijalardan agrolandshaftlardan oqilona foydalanish tadbirilarini takomillashtirishda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Davlat Qo‘mitasi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Davlat Qo‘mitasining 2022 yil 28 dekabrdagi 03-01/2-4060-son ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jalik ekinlarini joylashtirish sxemasini takomillashtirishga imkon bergan;
Landsat 8-9 va Sentinel tizimlari ma’lumotlari asosida ArcGIS dasturidan foydalanib yaratilgan turli mavzuli kartalardan yer resurslarini optimal boshqarishda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Davlat Qo‘mitasi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Davlat Qo‘mitasining 2022 yil 28 dekabrdagi 03-01/2-4060-son ma’lumotnomasi). Natijada, agrolandshaftlarni rejali baholash chora-tadbirlarini ishlab chiqish imkonini bergan;
hudud agrolandshaftlarning masofadan zondlash usullari yordamida aniqlagan dinamik jarayonlar va ekomeliorativ holatni yaxshilashga doir chora-tadbirlar qishloq xo‘jalik yerlarini rejali boshqarish va samarali foydalanishda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Davlat Qo‘mitasi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Davlat Qo‘mitasining 2022 yil 28 dekabrdagi 03-01/2-4060-son ma’lumotnomasi). Natijada, agrolandshaftlarning ekomeliorativ holatini baholashning prognoz kartalarini yaratishga imkon bergan.