Yuldoshov Husniddin Ergashovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Kon kompressor uskunalarining ekspluatatsiya samaradorligini oshiruvchi texnik yechimlarni ishlab chiqish», 04.00.16 – Konchilik mashinalari (texnika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2820.
Ilmiy rahbar: Djurayev Rustam Umarxanovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertasiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.17/04.06.2021.T.06.02.
Rasmiy opponentlar: Egamberdiyev Ilxom Po‘latovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Baratov Baxtiyor Nusratovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: kompressorning sovutish, moylash va havo so’rish tizimlarini takomillashtirish asosida kon kompressor uskunalarining ekspluatatsion samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
porshenli kompressorlarning havo sovutkichlarining issiqlik almashinuvi yuzalarida suvning qattiqligini va haroratini hisobga olgan holda vaqt birligida hosil bo’ladigan qurumning qalinligini aniqlash imkonini beruvchi qurum hosil bo’lishi jarayonlarining matematik modeli ishlab chiqilgan;
kompressor sovutish tizimining aylanma suvini filtrida, suv tarkibidagi tuzlarning birikishiga ijobiy ta’sir etuvchi elektromagnit to’lqinlarining optimal kattaliklari aniqlangan; 
ishlab chiqilgan magnitli moy filtrida harakatlanayotgan moyning ifloslanganlik darajasini, moyning o’tish tezligini va magnit diametrini hisobga olgan holda filtrda tutib qolinayotgan ifloslovchi zarrachalar miqdorini aniqlash imkonini beruvchi magnitli moy filtrida harakatlanayotgan zarrachalarning matematik modeli ishlab chiqilgan; 
ishlab chiqilgan moy filtrida moyning optimal oqish tezligini va moy tarkibidagi o’lchamlari 1 mkm dan kichik bo’lgan zarrachalarni ushlab qolish qobiliyatini ta’minlash imkonini beruvchi g‘ovakli filtr materialining optimal parametrlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Kon kompressor uskunalarining ekspluatatsiya samaradorligini oshiruvchi texnik yechimlarni ishlab chiqish bo’yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kompressor sovutish tizimining aylanma suvini yumshatuvchi filtr «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ «1-son GMZ» kon boshqarmasi «Qoraqutan» konining kompressor stansiyasida amaliyotga joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning 2022 yil 18 maydagi 23/01-01-07/355-son ma’lumotnomasi). Natijada, kompressor havo sovutkichlarining issiqlik almashinuvi uskunalari yuzalarida qurum hosil bo’lishini 95% gacha kamaytirish imkonini bergan;
kompressorga so’riluvchi havo filtri «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ «1-son GMZ» kon boshqarmasi «Qoraqutan» konining kompressor stansiyasida amaliyotga joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning 2022 yil 18 maydagi 23/01-01-07/355-son ma’lumotnomasi). Natijada, kompressorga kiruvchi havodagi ifloslovchi chang zarrachalarini ushlab qolinishini 45% gacha yaxshilash imkonini bergan;
kompressor moylash tizimi filtrini konstruksiyasi «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ «1-son GMZ» kon boshqarmasi «Qoraqutan» konining kompressor stansiyasida amaliyotga joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning 2022 yil 18 maydagi 23/01-01-07/355-son ma’lumotnomasi). Natijada, moylash tizimidagi moyning tarkibidagi ifloslovchi zarrachalarning ulushini 40% gacha kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish