Raxmankulov Jasur Eshmuminovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «To‘qimachilik sanoati oqova suvlarini tozalash uchun samarali kompleks xosil qiluvchi ionitlar sintez qilish va qo‘llash texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T3034.
Ilmiy rahbar: Eshqurbonov Furqat Bozorovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: «Toshkent innovatsion kimyoviy texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti» MChJ, PhD.23/30.07.2022.K/T.150.01.
Rasmiy opponentlar: Siddiqov Abdujalil Siddiqovich, kimyo fanlari doktori, professor; Musulmonov Noryigit Xasanovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muxandislik - texnologiya universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi to‘qimachilik sanoati oqova suvlarini tozalash uchun samarali kompleks xosil qiluvchi ionitlar sintez qilish va qo‘llash texnologiyasini ishlab chiqish va takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bordimetilolkarbamid va dimetiloltiokarbamidning, ortofosfat kislota va ammoniy fosfat bilan o‘zaro reaksiyasi natijasida mahalliy xom-ashyolar asosida yangi, samarali va arzon kompleks hosil qiluvchi polifunksional ionitlar sintez qilingan;
sintez jarayonini kinetik tadqiq qilish orqali reaksiyaning tezlik konstantasi, aktivlanish energiyasi, olingan ionitlar fizikaviy va kimyoviy xossalarining haroratga, boshlang‘ich moddalar konsentratsiyasi va boshqa omillarga bog‘liqligi aniqlangan;
mahalliy xomashyolar asosida sintez qilingan kompleks hosil qiluvchi ionitlarning murakkab organik birikmalar va anion shaklidagi kislota qoldiqlari bilan hosil qilgan kompleks birikmalarining tuzilishini aniqlangan;
ilk bor bo‘yash-pardozlash korxonalari oqova suvlarini tozalanish darajasining kompleks hosil qiluvchi ionitning miqdoriga, eritma muhitiga hamda jarayonning borishiga ta’sir etuvchi asosiy omillar aniqlangan;
oqova suvlarning tarkibi, ularni tozalash uchun foydalanilgan aralash ingredientlarning fizik-kimyoviy xossalari, hosil bo‘lgan oraliq va yakuniy mahsulotlari tarkibi, sodir bo‘ladigan jarayonlar mexanizmi aniqlangan;
dimetilolkarbamid va dimetiloltiokarbamid asosida kompleks hosil qiluvchi ionitlar olish hamda ular yordamida bo‘yash-pardozlash korxonalari oqova suvlarini tozalash texnologiyasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
To‘qimachilik sanoati oqova suvlarini tozalash uchun samarali kompleks xosil qiluvchi ionitlar sintez qilish va qo‘llash texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqilgan to‘qimachilik sanoati oqova suvlarini tozalash uchun sintez qilingan kompleks hosil qiluvchi ionitlari O‘zto‘qimachilik sanoati uyushmasi korxonalarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi O‘zto‘qimachilik sanoati uyushmasining 2022  yil 5 avgustdagi 03/25-2342-son ma’lumotnomasi). Natijada, sanoat oqova suvlarini tozalash va sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkonini bergan;
mahalliy xom ashyo hisoblangan karbamid, formalin va ortofosfat kislotadan tayyorlangan yangi kompleks hosil qiluvchi ionitlar (KFF-1) «BARAKAT ALFA» MChJ O‘zbekiston-Turkiya qo‘shma korxonasida amaliyotga joriy etilgan  («BARAKAT ALFA» MChJ O‘zbekiston-Turkiya qo‘shma korxonasining 2022 yil 06 iyundagi 740-son ma’lumotnomasi). Natijada, to‘qimachilik korxonalarining pardozlash fabrikalarida oqova suvlarni tozalagandan so‘ng muallaq moddalar miqdorini 330 mg/l dan 46 mg/l gacha kamaytirish hamda muallaq zarrachalardan tozalash samaradorligini 89,1% ga oshirish imkoniyatini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish