Umrzaqov Islomjon Isroilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Uilyam Folkner prozasi poetikasi”, 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2497.
Ilmiy rahbar: Rahmonov Nasimxon Asqarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Fil.76.05.
Rasmiy opponentlar: Dosbayeva Nargiza Turg‘unpo‘latovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Nasriddinov Dilshod A’zamqulovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Uilyam Folknerning “Sartoris (Sartoris)”, “Shovqin va g‘azab (The sound and the fury)”, “Yengilmaslar (The unvanquished)” va “Avgustdagi yorug‘lik (Light in August)” romanlari hamda hikoyalaridagi olamining badiiy manzaralariga doir strukturaviy va poetik xususiyatlarini hamda adib qalamiga mansub asarlarning narratologik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Janub Renessansi vakillaridan farqli o‘laroq, Uilyam Folkner nasriy asarlarida “Yangi janub”ning qo‘rqinchli tomonlari, jamiyatda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar muqarrarligi, ortga yo‘l bo‘lishi mumkin ham emasligi, yangi avlodning yangicha qarashlari oldida eskicha an’analar chirkinlashib borayotgani tasvirlangani asoslab berilgan;
yozuvchi nasriy asarlari tematikasining shakllanishida va deyarli barcha asarlarining syujet liniyasiga gotik uslub kuchli ta’sir etgani dalillangan;
yozuvchi nasriy asarlarida voqealar spiralsimon tarzda rivojlanib borishi, badiiy zamon va makonning ko‘p qirrali, hozir va o‘tmishning bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq ekani ochib berilgan;
Uilyam Folkner qahramonlarining o‘tmish va hozirgi zamondagi hayot yo‘lining ma’lum bir manzaralarini o‘zaro uyg‘unlashtirgan holda tasvirlangani dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Uilyam Folkner asarlari poetik xususiyatlarini o‘rganish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
Janub Renessansi vakillaridan farqli o‘laroq, Uilyam Folkner nasriy asarlarida “Yangi janub”ning qo‘rqinchli tomonlari, jamiyatda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar muqarrarligi, ortga yo‘l bo‘lishi mumkin ham emasligi, yangi avlodning yangicha qarashlari oldida eskicha an’analar chirkinlashib borayotgani tasvirlangani asoslab berilganligi hamda yozuvchi nasriy asarlari tematikasining shakllanishida va deyarli barcha asarlarining syujet liniyasiga gotik uslub kuchli ta’sir etganiga oid ilmiy xulosalardan Yevropa Ittifoki tomonidan Erasmus+ dasturining 2016-2018 yillarga mo‘ljallangan 561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SPERASMUS+CBHEIMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022 yil 20 sentabrdagi 2578/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida yaratilgan adib asarlarining badiiy va ilmiy talqiniga oid nazariy qarashlar mukammallashgan;
yozuvchi nasriy asarlarida voqealar spiralsimon tarzda rivojlanib borishi, badiiy zamon va makonning ko‘p qirrali, hozir va o‘tmishning bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq ekani ochib berilganligiga oid tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi chora-tadbirlar dasturining 35 bandi doirasida tadqiqotning Uilyam Folkner nasriy asarlarining poetik xususiyatlari va Amerika adabiyoti taraqqiyotida modernizm adabiy oqimining shakllanib, rivoj topishida Folknerning tutgan o‘rni, hamda adib qalamiga mansub asarlarning milliy o‘ziga xosliigi va ularning narratologik xususiyatlarini tadqiq etishga oid ilmiy natijalaridan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligining 2022 yil 6 oktabrdagi 03-12-13-4157-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiya natijalarining samaradorligi va ular asosida ishlab chiqilgan tavsiyalarning amaliyotga tatbiq etilishi yuzasidan erishilgan ijobiy natijalar “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi”ning 35 bandi doirasida o‘z aksini topgan, ya’ni chet tillar bo‘yicha qo‘llanmalar, maqolalar, tezislar yozishda noan’anaviy yondashuvlar sifatida yangicha qarashlar va uslublar mazmunan boyitilgan;
Uilyam Folkner qahramonlarining o‘tmish va hozirgi zamondagi hayot yo‘lining ma’lum bir manzaralarini o‘zaro uyg‘unlashtirgan holda tasvirlangani dalillanganligiga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Respublika teleradiomarkazi” DM “Toshkent radioeshittirish uyi” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon”, “Jahon adabiyoti” radioeshittirishlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Respublika teleradiomarkazi davlat muassasasining 2022 yil 28 oktabrdagi 04-17-1943-son ma’lumotnomasi). Natijada yozuvchi asarlarining narratologik xususiyatlari va ularning bugungi zamonaviy adabiyot taraqqiyotidagi ahamiyati to‘g‘risida foydali ma’lumotlar bilan ushbu radioeshittirishlarning mazmuni ilmiy va amaliy jihatdan boyigan.