Rabbimov Elbek Abdulloyevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Raqamli iqtisodiyot sharoitida reklama xizmatlarini rivojlantirishning iqtisodiy asoslari», 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Iqt1780.
Ilmiy rahbar: Mirzayev Qulmamat Djanzakovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, PhD.03/28.02.2022.I.18.01.
Rasmiy opponentlar: Urazov Komil Baxromovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Djuraqulov Shoxrux Davronovich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: raqamli iqtisodiyot sharoitida reklama xizmatlarini rivojlantirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
uslubiy yondashuvga ko‘ra tarqatish xarajatlarining nisbatan pastligi, iste’molchi bilan uzluksiz va istalgan vaqtda aloqa qilish imkoniyati bo‘yicha ustun hisoblanuvchi “raqamli reklama xizmatlari samaradorligi” tushunchasining iqtisodiy mohiyati raqamli reklamani taqdim etishdan oldingi hamda mazkur jarayondan keyingi sotuvlar hajmi o‘rtasidagi nisbat orqali baholanuvchi yondashuv asosida takomillashtirilgan;
raqamli reklama xizmatlari samaradorligiga ta’sir etuvchi omillarni reklama yaratuvchisi tomonidan boshqariluvchi va boshqarilmaydigan toifalariga ajratish orqali raqamli texnologiyalarga asoslangan reklama xizmatlari xarajatlarini kamaytirish va foyda hajmini oshirish ilmiy asoslangan;
reklama xizmatlarini turlari va yo‘nalishlarini yagona tizim asosida muvofiqlashtiruvchi hamda iste’molchi subektlarining mintaqaviy xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan, klaster kengashiga asoslangan yuqori samara beruvchi reklama xizmatlari hududiy klasterini shakllantirish taklifi ishlab chiqilgan;
respublika hududlarida raqamli iqtisodiyot sharoitida iste’molchilar talabini qondirishga mos holda reklama xizmatlarini rivojlantirish va samaradorligini oshirishning 2025 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamli iqtisodiyot sharoitida reklama xizmatlarini rivojlantirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra tarqatish xarajatlarining nisbatan pastligi, iste’molchi bilan uzluksiz va istalgan vaqtda aloqa qilish imkoniyati bo‘yicha ustun hisoblanuvchi “raqamli reklama xizmatlari samaradorligi” tushunchasining iqtisodiy mohiyati raqamli reklamani taqdim etishdan oldingi hamda mazkur jarayondan keyingi sotuvlar hajmi o‘rtasidagi nisbat orqali baholanuvchi yondashuv asosida takomillashtirilgan ta’rifi oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun mo‘ljallangan “Raqamli iqtisodiyot” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 22 avgustdagi 284-sonli buyrug‘i hamda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Kengashining 2022 yil 5 dekabrdagi 4-sonli majlis qarori). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalar bo‘lajak mutaxassislarda raqamli reklamani taqdim etishdan oldingi hamda mazkur jarayondan keyingi sotuvlar hajmi o‘rtasidagi nisbat orqali baholanuvchi yondashuv asosida takomillashtirilgan “raqamli reklama xizmatlari samaradorligi” tushunchasi bo‘yicha nazariy va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish imkoni yaratilgan;
raqamli reklama xizmatlari samaradorligiga ta’sir etuvchi omillarni reklama yaratuvchisi tomonidan boshqariluvchi va boshqarilmaydigan toifalariga ajratish orqali raqamli texnologiyalarga asoslangan reklama xizmatlari xarajatlarini kamaytirish va foyda hajmini oshirish taklifi O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi reklama xizmatlari ko‘rsatish faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasining 2022 yil 11 yanvardagi 04-15/64-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekiston MTRKda ko‘rsatiladigan reklama xizmat turlari bo‘yicha chegirmalar, ortiqcha sarf-xarajatlarni kamaytirish hamda yangi reklama va e’lonlar joylashtirish setkasi joriy qilinib, sohaga raqamli texnologiyalarni qo‘llagan holda xarajatlar kamaytirilib, qo‘shimcha 14% foyda olish imkoniyati paydo bo‘lgan;
reklama xizmatlarini turlari va yo‘nalishlarini yagona tizim asosida muvofiqlashtiruvchi hamda iste’molchi subyektlarining mintaqaviy xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan, klaster kengashiga asoslangan yuqori samara beruvchi reklama xizmatlari hududiy klasterini shakllantirish taklifi O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasining 2022 yil 11 yanvardagi 04-15/64-son ma’lumotnomasi va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2022 yil 23 dekabrdagi №BGU00875 sonli guvohnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “Reklama va marketing” bo‘limi tomonidan reklama bozorini tahlil qilish, tahlil natijasiga ko‘ra amalga oshiriladigan ishlar rejasini tuzish imkonini bergan;
respublika hududlarida raqamli iqtisodiyot sharoitida iste’molchilar talabini qondirishga mos holda reklama xizmatlarini rivojlantirish va samaradorligini oshirishning 2025 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasining 2022 yil 11 yanvardagi 04-15/64-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekiston MTRK yuqori samaradorlik tizimini ta’minlovchi reklama xizmatlarining 2025 yilga qadar mo‘ljallangan prognoz parametrlarini ishlab chiqish natijasida 2021 yilda reklama xizmatlari xajmi 2,7 trln. so‘mdan 2025 yilda 27,2 trln. so‘m hajmiga yetishi hisoblangan.