Azizova Bonu Maxsudbekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xivaning tarixiy muhitini saqlashni yaxshilashning an’anaviy va zamonaviy integratsiya usullari” 18.00.01–Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash (arxitektura).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/A39.
Ilmiy rahbar: Durdiyeva Gavhar Salayevna, arxitektura fanlari doktori, katta ilmiy xodim
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, DSc.03/30.12.2019.A.11.02.
Rasmiy opponentlar: Yusupova Mavlyuda Amindjanovna, arxitektura fanlari doktori, professor; Dusmetova Zuxra Shavkatovna, arxitektura fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zshaharsozlikLITI DUK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xiva shahrining shakllanishida suv inshootlarining o‘rni va ahamiyatini aniqlash hamda tarixiy muhitni yaxshilashda barqaror shaharsozlik tamoyillarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XIX-XX asrlardagi bino-inshootlarning me’moriy kompozision yechimlari, ularni ta’mirlashning o‘ziga xos xususiyatlari, kelib chiqishi, Xiva tarixiy muhiti, shaharsozlikni rivojlantiruvchi tizim tamoyillari, suv tizimi va kanallari, shuningdek, ularga iqlim va landshaftning ta’siri ochib berilib, qadimiy suv inshootlarini izlash va ta’mirlash bo‘yicha zamonaviy uslubda takomillashtirilgan loyiha yechimlari ishlab chiqilgan;
qadimiy qo‘lyozma manbaalarga asoslanib, tarixiy suv inshootlarning yangi “tegizamin”, “gulbedov”, “adan”, “to‘shshi”, “mo‘ncha” va “tashnau” atamalari ilmiy muomalaga kiritilgan;
Xiva shahri, xususan, Ichon-qal’a va Deshon-qal’a hududida XVIII-XX asrlarda mavjud bo‘lgan, hozirda yopilib qolgan tegizamin, adan, gulbedov va shu kabi Yer osti suv muhandisligi inshootlarining bugungi kundagi izlari suv yo‘llari va inshootlari aniqlanib, ularning tipologiyasi hamda ta’mirlash loyihasi ishlab chiqilgan;
Ichon-qal’a tarixiy yodgorliklarini saqlash, ta’mirlash, qayta tiklash va modernizatsiyalash yuzasidan loyihalarni bajarishda tarixiy suv tizimi va inshootlaridan foydalanish samarali ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Xivaning tarixiy muhitini saqlashni yaxshilashning an’anaviy va zamonaviy integratsiya usullari” mavzusidagi tadqiqot ishidan olingan ilmiy natijalar asosida:
XIX-XX asrlardagi bino-inshootlarning me’moriy kompozision yechimlari, ularni ta’mirlashning o‘ziga xos xususiyatlari, kelib chiqishi, Xiva tarixiy muhiti, shaharsozlikni rivojlantiruvchi tizim tamoyillari, suv tizimi va kanallari, shuningdek, ularga iqlim va landshaftning ta’siri ochib berilib, qadimiy suv inshootlarini izlash va ta’mirlash bo‘yicha zamonaviy uslubda takomillashtirilgan loyiha yechimlari ishlab chiqilgan tavsiyalar Xorazm Mamun akademiyasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Xorazm Mamun akademiyasining 2021 yil 27 dekabrdagi 142/2-21-son ma’lumotnomasi). Natijada Xorazm Mamun akademiyasi tomonidan loyihalar me’moriy yodgorliklarni ta’mirlash va Oliy ta’lim muassasalarida metodik material sifatida keng foydalanishga tavsiya etilgan;
qadimiy qo‘lyozma manbaalarga asoslanib, tarixiy suv inshootlarning yangi “tegizamin”, “gulbedov”, “adan”, “to‘shshi”, “mo‘ncha” va “tashnau” atamalari yuzasidan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Turizm va Sport Vazirligi huzuridagi Madaniy Meros agentligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining 2022 yil 8 yanvardagi 01-06/32-son ma’lumotnomasi). Natijada qadimiy suv inshootlarini izlash va ta’mirlash bo‘yicha zamonaviy uslubda takomillashtirilgan loyiha yechimlari yordamida qayta tiklash taklif loyihalari ishlab chiqilgan;
Xiva shahri, xususan, Ichon-qal’a va Deshon-qal’a hududida XVIII-XX asrlarda mavjud bo‘lgan, hozirda yopilib qolgan tegizamin, adan, gulbedov va shu kabi Yer osti suv muhandisligi inshootlarining bugungi kundagi izlari suv yo‘llari va inshootlari aniqlanib, ularning tipologiyasi hamda Ichon-qal’a tarixiy yodgorliklarini saqlash, ta’mirlash, qayta tiklash va modernizatsiyalash yuzasidan loyihalarni bajarishda tarixiy suv tizimi va inshootlaridan foydalanish samarali ekanligi xususidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Turizm va Madaniyat meros vazirligi huzuridagi Madaniy Meros ob’ektlarini asrash va turizm hududlarning master-rejalari bo‘yicha loyihalashtirish instituti faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniyat meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros ob’ektlarini asrash va turizm hududlarning master-rejalari bo‘yicha loyihalashtirish institutining 2023 yil 7 martdagi 13-son dalolatnomasi). Natijada Madaniy meros ob’ektlarini asrash va turizm hududlarining master-rejalari bo‘yicha loyihalashtirish instituti tomonidan metodik materiallar sifatida keng foydalanishga tavsiya etilgan.