Iskandarov Fayzulla Mashrabovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Alisher Navoiy dostonlaridagi na’tlar poetikasi”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fil1271.
Ilmiy rahbar: Mullaxo‘jayeva Karomat Toshxo‘jayevna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01. 
Rasmiy opponentlar: Abdullayeva Marg‘uba Dustmiratovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Karimova Faridaxon Isakovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Alisher Navoiy dostonlaridagi na’tlar poetikasini o‘rganish orqali Navoiy ijodi poetikasining betakror xususiyatlarini hamda Sharq adabiyoti rivojidagi o‘rnini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
na’tning genezisi, adabiy termin sifatida shakllanishi, badiiy adabiyotga islom tarixi va payg‘ambar siyrati sabab kirib kelganligi arab va fors adabiyoti misolida ochib berilgan; 
turkiy adabiyotda na’tning yuzaga kelishi, Navoiyga qadar bo‘lgan davrda yaratilgan na’tlarning ilmiy, badiiy mazmuni, komillik va komil inson masalasi, dunyoni tasavvufiy-irfoniy bilish, nafsni poklashda shoir qarashlarining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlarga egaligi aniqlangan;
Alisher Navoiy dostonlaridagi na’tlarning poetik jihati tekshirilishi orqali ijodkorning tasavvufiy-irfoniy va falsafiy-estetik qarashlari ochib berilib, tasavvufiy timsol va badiiy mazmun uyg‘unligi asnosida shoirning poetik mahorati hamda asarning original xususiyatlari nazariy jihatdan asoslangan;
an’anaviy komil inson haqidagi qarashlarning Navoiyga xos badiiy talqini belgilanib, shoirning mazkur masalaga oid qarashlari, tasavvur va bilimlari Nabiy siyrati hamda badiiy obrazlar talqini misolida ochib berilib, vasf va me’roj na’tlarning g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari har bir doston misolida yaxlit tekshirilib, mavzu va an’ana tarixida yangi adabiy hodisa bo‘lganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Alisher Navoiy dostonlaridagi na’tlar poetikasi tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Alisher Navoiy dostonlaridagi na’tlar genezisi va poetikasiga oid yangi ma’lumotlar, an’ana va navotorlik hodisalariga doir ilmiy qarashlar, nazariy fikrlar va yangi manbalarga oid ilmiy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2017 – 2020 yillarda bajarilgan “OT-FI-030 raqamli “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyani (7 jild) chop etish” mavzusidagi fundamental loyihaning nazariy qismida foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 3-martdagi 01/4-477-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha Alisher Navoiy dostonlaridagi na’tlar poetikasiga oid yangi ma’lumotlar, manbalar, shuningdek, ilmiy asoslangan kuzatish va qarashlar bilan boyitilgan; 
turkiy na’tlar evolusiyasi, ularning yetakchi xususiyatlari, mazmun-mundarijasi va obrazlar tizimi, Navoiyning mazkur silsilaga kiritgan yangiliklari va bunga asos bo‘lgan adabiy hodisalarga oid xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2018 – 2020 yillarda bajarilgan bajarilgan “PZ-20170926459 – Navoiyshunoslik tarixi (XX – XXI asrlar)” (2017-2020) mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 6-martdagi 01/1-486-son ma’lumotnomasi). Natijada turkiy na’tlarning tadrijiy takomili, Alisher Navoiyning an’anaviy mavzu va obrazlarga doir badiiy kashfiyotlari, na’tlar tadqiqiga bag‘ishlangan tadqiqotlarning asosiy mazmuni kabi masalalarga doir muhim nazariy xulosalar chiqarishga erishilgan;
Alisher Navoiy dostonlaridagi na’tlarning poetikasi: mazmuniy turlari, badiiyati, tili va diniy-tarixiy haqiqatlarning badiiy talqini hamda shoirning komillik va komil inson haqidagi falsafiy-axloqiy, ma’rifiy qarashlariga doir fikr-mulohazalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Mahalla” radiokanalidagi “Ma’rifiy suhbat” eshittirishi ssenariylarini shakllantirishda foydalanilgan (“Mahalla” teleradiokanali davlat muassasasining 2022-yil 19-sentabrdagi 767-son ma’lumotnomasi). Shuningdek, dissertatsiya natijalari asosida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” telekanalidagi “Kelajakka yo‘l” ko‘rsatuvining maxsus soni tayyorlanib efirga uzatilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali muassasasi 2023-yil 23-fevraldagi 02-17-301-son ma’lumotnomasi). Natijada eshittirish va ko‘rsatuvning sifati ortgan, Navoiy asarlarining ma’rifiy mazmuni va ahamiyatini idrok etish kuchaygan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish