Yuldosheva Shahribonu Anvar qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
«Uy-joy kommunal xo‘jaliklarida servis xizmati samaradorligini oshirish (Qashqadaryo viloyati misolida)», 08.00.05. - Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Iqt1580
Ilmiy rahbar: Ergashev Raxmatulla Xidirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, PhD.03/28.02.2022.I.18.01
Rasmiy opponentlar: Urazov Komil Baxramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Aliyeva Maxbuba Toychiyevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiyotni isloh qilish sharoitida uy-joy kommunal xo‘jaliklarida servis xizmati samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uy-joy xo‘jaliklari faoliyatini tashkiliy-boshqaruv jihatdan muvofiqlashtirish, soha muammolari yechimi bo‘yicha samarali/maqsadli faoliyatni tashkil qilishga ko‘ra faoliyatni raqamlashtirishning iqtisodiy arxitekturasi taklif qilinib, integratsiyalashga ko‘ra «Blog loyihasi»ni joriy etishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
Qarshi shahar «Yangi Navo Baraka Kompaniya» va “Neftchi ishonch servis” MChJ moliyaviy resurslarni tashkiliy-iqtisodiy muammo-larni bartaraf etishga ustuvor yo‘naltirgan holda mehnat unumdor-ligini 1,3 martaga va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish imkoniyati asoslangan;
Qarshi shahar «Ishga marhamat» Mono markazi, «Buyuk avlod boshqaruv kompaniyasi», «Yangi Navo Baraka Kompaniya» hamda «Neftchi Ishonch servis» MChJlar negizida «Uy-joy kommunal xo‘jalik klasteri»ni shakllantirish maqsadga muvofiqligi asoslangan;
Qashqadaryo viloyatining uy-joy kommunal xo‘jaligi ko‘rsatila-digan servis xizmatlari sifatini oshirishning 2022-2027 yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Uy-joy kommunal xo‘jaliklarida servis xizmati samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
uy-joy xo‘jaliklari faoliyatini tashkiliy-boshqaruv jihatdan muvofiqlashtirish, soha muammolarini aniqlash va samarali/maqsadli faoliyatni tashkil qilishga ko‘ra raqamlashtirishning iqtisodiy arxitekturasi va faoliyatini yagona platformaga integratsiyalashga ko‘ra «Blog loyihasi» va viloyat uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2022 yil 21 oktabrdagi 03/01-5268-son, Qashqadaryo viloyat uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasining 2022 yil 6 oktabrdagi 01-1797-sonli ma’lumotnomalari). Natijada platformaga ko‘ra uy-joy kommunal xo‘jaligida mavjud to‘lovlarni optimallashtirish, sohani resurslar bilan o‘z vaqtida ta’minlash, xodimlar mehnatining minimal hajmi bilan maksimal natijalarga erishish va xizmat ko‘rsatish faoliyatini samarali tashkil etish hamda mehnat faoliyatini samarali tashkil etishga ko‘ra sohada bandlik darajasini oshirishning qo‘shimcha ichki imkoniyatlarini ochib berishga xizmat qilgan;
Qarshi shahar «Yangi Navo Baraka Kompaniya» va “Neftchi ishonch servis” MChJ moliyaviy resurslarni tashkiliy-iqtisodiy muammo-larni bartaraf etishga yo‘naltirgan holda mehnat unumdorligini 1,3 martaga va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish imkoniyati bo‘yicha takliflar «Yangi Navo Baraka Kompaniya» va “Neftchi ishonch servis” MChJ faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2022 yil 21 oktabrdagi 03/01-5268-son va Qashqadaryo viloyat uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasining 2022 yil 6 oktabrdagi 01-1797-son ma’lumotno-malari). Natijada mazkur uy-joy kommunal xo‘ja-liklari tomonidan mavjud tashkiliy-iqtisodiy muammolarni muayyan darajada hal etishga, yangi ish o‘rinlarini yaratishga va mehnat unumdor-ligini oshirishning qo‘shimcha imkoniyatlarida maqsadli foydalanishga xizmai qilgan;
Qarshi shahar «Ishga marhamat» Mono markazi, «Buyuk avlod boshqaruv kompaniyasi», «Yangi Navo Baraka Kompaniya» hamda «Neftchi Ishonch servis» MChJlar negizida «Uy-joy kommunal xo‘jalik klasteri»ni shakllantirish bo‘yicha taklif Qashqadaryo viloyat uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi tomonidan uy-joy klasterlarini tashkil qilishni asoslashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2022 yil 21 oktabrdagi 03/01-5268-son, Qashqadaryo viloyat uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasining 2022 yil 6 oktabrda imzolangan 01-1797-sonli ma’lumotnomalari).Natijada uy-joy kommunal xo‘jaliklari servis xizmati ko‘rsatish hajmida yangi xizmatlar ulushining 20 foizga oshishiga xizmat qilgan;
Qashqadaryo viloyatining uy-joy kommunal xo‘jaligida ko‘rsatiladigan servis xizmatlari sifatini oshirishning 2022-2027 yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari viloyat uy-joy kommunal xo‘jaliklarini istiqbolda rivojlantirishning hududiy dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi-ning 2022 yil 21 oktabrdagi 03/01-5268-son ma’lumotnomasi). Natijada viloyat uy-joy kommunal xo‘jaliklarida, jumladan servis xizmati ko‘rsatish 2021 yili 2019 yilga nisbatan 013 barobarga, 2027 yilga borib, 2,20 barobarga oshishiga muayyan darajada xizmat qiladi.