Saidov Maqsudbek Norboyevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Mas’uliyati cheklangan jamiyat ishtirokchilari huquqlarini amalga oshirish va himoya qilish masalalari”, 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4Phd/Yu870.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xodjayev Baxshillo Kamolovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar Imomov Nurillo Fayzullayevich, yuridik fanlar doktori, professor; Sindarov Komil Oydinovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi MChJ ishtirokchilarining huquqlarini amalga oshirish va himoya qilish bilan bog‘liq ilmiy-nazariy va amaliy muammolarni aniqlash hamda qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha asosli takliflar, ilmiy xulosalar va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
korporativ nizoda ishtirok etayotgan taraflar bir-biridan va guvohlardan sudda ko‘rilayotgan ishga taalluqli bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha hujjatlarni so‘rab olish huquqiga ega, bundan davlat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi hujjatlar mustasnoligi asoslantirilgan;
mas’uliyati cheklangan jamiyatning yuridik shaxs hisoblangan ishtirokchilari vakillariga umumiy yig‘ilishda ishtirok etish uchun beriladigan ishonchnomani notarial tartibda tasdiqlash tartibini bekor qilish, amalda faoliyat yuritib kelayotgan qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat tashkiliy-huquqiy shaklidagi yuridik shaxslarning tashkiliy-huquqiy shaklini o‘zgartirish va “Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish zarurati asoslab berilgan;
sudlarning e’tibori xo‘jalik shirkati zimmasiga uning boshqaruv organlari vakolatiga kiradigan majburiyat (masalan, ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirish yoki kamaytirish, jamiyatning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash, ijroiya organini tuzish, uning rahbarini saylash (tayinlash rahbarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish)ni yuklash haqidagi da’vo talabi, ushbu majburiyat qonun hujjatlari bilan shirkat boshqaruv organining vakolatiga kiritilganligi sababli, rad etilishi lozimligiga qaratish asoslab berilgan;
ishtirokchilar o‘rtasida, ishtirokchilar bilan xo‘jalik shirkati o‘rtasida, shu jumladan aksiyadorlar o‘rtasida, aksiyador bilan aksiyadorlik jamiyati o‘rtasida xo‘jalik shirkati faoliyatidan kelib chiqadigan nizolarni" degan so‘zlarni "korporativ nizolarni" degan so‘zlar bilan almashtirish, ustav fondidagi ulushni oluvchi foydasiga ulushdan voz kechilganligini tasdiqlovchi hujjat, jamiyatning ustav fondidagi ulush ochiq kimoshdi savdosi orqali sotilganda, kimoshdi savdosi natijalari haqidagi bayonnoma talab qilib olinishi lozimligi, jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilish qarori bitim hisoblanmasligi sababli umumiy yig‘ilish qarorini haqiqiy emas deb topish bilan bog‘liq ishlarni ko‘rishda FKning bitimlarga oid normalarini qo‘llashga yo‘l qo‘yilmasligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mas’uliyati cheklangan jamiyat ishtirokchilari huquqlarini amalga oshirish va himoya qilish borasida olingan ilmiy natijalar asosida:
korporativ nizoda ishtirok etayotgan taraflar bir-biridan va guvohlardan sudda ko‘rilayotgan ishga taalluqli bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha hujjatlarni so‘rab olish huquqiga ega, bundan davlat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi hujjatlar mustasnoligi to‘g‘risidagi taklif “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2020-yil 5-oktyabrdagi O‘RQ-640-sonli Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi 42-moddasining uchinchi qismida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud huquq masalalari qo‘mitasining 2022-yil 9-dekabrdagi 04/2-09-5642-son dalolatnomasi). Ushbu taklif MChJ ishtirokchisining axborotga bo‘lgan huquqini amalga oshirishda, qonun bilan qo‘riqlanadigan muayyan sirlar, jumladan tijorat siriga oid ma’lumotlar bilan tanishishning alohida tartibi mavjudligini belgilab berishga xizmat qilgan;
mas’uliyati cheklangan jamiyatning yuridik shaxs hisoblangan ishtirokchilari vakillariga umumiy yig‘ilishda ishtirok etish uchun beriladigan ishonchnomani notarial tartibda tasdiqlash tartibini bekor qilish, amalda faoliyat yuritib kelayotgan qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat tashkiliy-huquqiy shaklidagi yuridik shaxslarning tashkiliy-huquqiy shaklini o‘zgartirish va “Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish zarurati to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 8-noyabrdagi PQ-415-sonli Qarori birinchi qismining (v) bandida, ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisida va to‘qqizinchi qismining ikkinchi xatboshisida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2022-yil 29-noyabrdagi 9/3-161/8-sonli dalolatnomasi). Ushbu takliflar yuridik shaxs bo‘lgan ishtirokchi tomonidan berilgan ishonchnomaning O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 138-moddasiga muvofiqlashtirilishiga, “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 34-moddasining ikkinchi qismini qonunchilik hujjatlariga unifikatsiya qilinishiga va shu bilan amaliyotdagi nizolarni oldini olishga, yuridik shaxslarning amaldagi tashkiliy-huquqiy shakllarini qayta ko‘rib chiqib, tabiatan bir xildagi tashkiliy-huquqiy shakllarning qisqartirilishiga va korporativ huquq rivojlangan ilg‘or xorijiy tajriba asosida zamon talablariga mos qonun loyihasini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
sudlarning e’tibori xo‘jalik shirkati zimmasiga uning boshqaruv organlari vakolatiga kiradigan majburiyat (masalan, ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirish yoki kamaytirish, jamiyatning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash, ijroiya organini tuzish, uning rahbarini saylash (tayinlash rahbarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish)ni yuklash haqidagi da’vo talabi, ushbu majburiyat qonun hujjatlari bilan shirkat boshqaruv organining vakolatiga kiritilganligi sababli, rad etilishi lozimligiga qaratish to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2020-yil 19-dekabrdagi 37-sonli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumi “Iqtisodiy sudlar tomonidan korporativ nizolarni hal etishning ayrim masalalari to‘g‘risida” 2014-yil 20-iyundagi 262-sonli Plenum qarorini 9-bandida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2022-yil 12-dekabrdagi ISX 1598-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklif MChJning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash kabi jamiyat boshqaruv organlari vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha sudga murojaat qilinganda, amaliyotdagi turli yondashuvlarni birxillashtirishga xizmat qilgan;
ishtirokchilar o‘rtasida, ishtirokchilar bilan xo‘jalik shirkati o‘rtasida, shu jumladan aksiyadorlar o‘rtasida, aksiyador bilan aksiyadorlik jamiyati o‘rtasida xo‘jalik shirkati faoliyatidan kelib chiqadigan nizolarni" degan so‘zlarni "korporativ nizolarni" degan so‘zlar bilan almashtirish, ustav fondidagi ulushni oluvchi foydasiga ulushdan voz kechilganligini tasdiqlovchi hujjat, jamiyatning ustav fondidagi ulush ochiq kimoshdi savdosi orqali sotilganda, kimoshdi savdosi natijalari haqidagi bayonnoma talab qilib olinishi lozimligi, jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilish qarori bitim hisoblanmasligi sababli umumiy yig‘ilish qarorini haqiqiy emas deb topish bilan bog‘liq ishlarni ko‘rishda FKning bitimlarga oid normalarini qo‘llashga yo‘l qo‘yilmasligi to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish hamda ba’zi qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida” 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumi “Iqtisodiy sudlar tomonidan korporativ nizolarni hal etishning ayrim masalalari to‘g‘risida” 2014-yil 20-iyundagi 262-sonli Plenum qarori muqaddimasida, 4-bandining beshinchi va oltinchi xatboshilarida hamda 14.2-bandida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2023-yil 14-martdagi 11-05-23-sonli dalolatnomasi). Ushbu takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumi “Iqtisodiy sudlar tomonidan korporativ nizolarni hal etishning ayrim masalalari to‘g‘risida” 2014-yil 20-iyundagi 262-sonli qarori nafaqat ichki, balki tashqi korporativ munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyotini belgilab, Plenum qarorini O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi normalariga muvofiqlashtirishga, “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 20-moddasining o‘n ikkinchi va yigirmanchi qismlarda nazarda tutilgan normalarni aniq va bir xilda qo‘llashga hamda sud amaliyotidagi ishtirokchilarning huquqlarini amalga oshirish va himoya qilishdagi turli yondashuvlarni birxillashtirishga, shuningdek, umumiy yig‘ilish qarorilariga nisbatan mavjud turli qarama-qarshi nazariyalar (bitim nazariyasi, me’yoriy hujjat nazariyasi, yuridik fakt nazariyasi «sui generis») va sud amaliyotidagi ayrim yondashuvlarni inkor qilib, bu boradagi sud amaliyotini birxillashtirishga va shu orqali ishtirokchilarning huquqlarini samarali himoya qilishga xizmat qilgan.