Janibekov Dilyorbek Abdumannobovichning
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Andijon viloyati sharoitida g‘o‘zadan yuqori va sifatli paxta hosilini ta’minlovchi resurstejamkor agrotexnologiyalarning ilmiy asoslari”, 06.01.01 - Umumiy dehqonchilik.Paxtachilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Qx329
Ilmiy rahbar: Xoshimov Ibroxim Nabievich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti, PhD.05/30.10.2020.Qx.126.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Odiljon Olimjonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; O‘razmatov Nasibjon Nazirovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Andijon viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida chigit ekish usullari va tizimlarini tuproqning agrofizik, suv fizik va agrokimyoviy xususiyatlarini o‘zgarishiga hamda g‘o‘za o‘simligida hosil elementlarini shakllanishiga ta’sirini ilmiy asoslashdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Andijon viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida ochiq pushtaga, pushtaga plyonka to‘shab hamda pushtalarga yoppasiga plyonka to‘shab, qo‘shqator qilib (76x38)x8,8˗1; (76x38)x9,7˗1; (76x38)x11,4˗1 tizimlarda chigit ekish usullarini paxtachilikdagi samaradorligi o‘rganilgan;
chigitlar qo‘shqator qilib, (76x38)x9,7-1 tizimda ekilganida tuproq hajm massasining ortishi pushtaga plyonka to‘shab, chigitlar 90x10-1; 90x(60x30)x12-1; 90x(60x30)x15-1 tizimda ekilgan variantlarga nisbatan 0-30 sm qatlamda 0,007 g/sm3 dan 0,024 g/sm3 gacha, 30-50 sm qatlamda esa 0,007 g/sm3 dan 0,017 g/sm3 gacha kam bo‘lib, suv o‘tkazuvchanligi 8,3 m3/ga dan 24,2 m3/ga gacha yuqori bo‘lganligi aniqlangan;
pushtaga plyonka to‘shab, chigitlarni qo‘shqator qilib, (76x38)x8,8-1; (76x38)x9,7-1; (76x38)x11,4-1 tizimlarda ekish chigitlarni ushbu tizimda ochiq maydonga ekilganga nisbatan amal davri oxirida ko‘saklar soni 2,3 donadan 2,5 donagacha, ochilganlari 3,3 donadan 3,5 donagacha yuqori bo‘lishi isbotlangan;
chigitlarni pushtaga plyonka to‘shab, qo‘shqator qilib (76x38)x9,7-1 tizimda ekish hosil elementlarining shakllanishiga ijobiy ta’sir etib, paxta hosildorligi chigitlar ochiq maydonga 90x10-1 tizimda ekilgan variantga nisbatan 13,2 s/ga, rentabellik 19,4 foizga, pushtaga plyonka to‘shab chigitlar yakka qator qilib 90x10-1 tizimda ekilgan variantga nisbatan 6,6 s/ga, rentabellik 11,9 foizga, pushtalarga yoppasiga plyonka to‘shab ekilgan tizimlarga nisbatan 5,2 s/ga, rentabellik darajasi 6,7 foizgacha yuqori bo‘lganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Andijon viloyati sharoitida g‘o‘zadan yuqori va sifatli paxta hosilinini ta’minlovchi resurstejamkor agrotexnologiyalarni ilmiy asoslari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
paxtachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari va klasterlar uchun «Paxta yetishtirishda resurstejamkor agrotexnologiyalarni qo‘llash» nomli tavsiyanoma ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 3 fevraldagi 07/21–21-05/395–son ma’lumotnomasi). Natijada paxtachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari va klasterlarda g‘o‘zadan yuqori va sifatli paxta hosili yetishtirishda qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
pushtaga plyonka to‘shab, chigitlarni (76x38)x9,7-1 tizimda qo‘shqator qilib ekish texnologiyasi Andijon viloyatining Izoboskan tumanida faoliyat yuritayotgan “Sohib omad barakasi” MChJ klasterida 76,4 gektar maydonga, Marhamat tumani fermer xo‘jaliklarida 65,3 gektar maydonga, Oltinko‘l tumani fermer xo‘jaliklarida 50,9 gektar maydonga, viloyat bo‘yicha jami 192,6 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 3 fevraldagi 07/21–21-05/395–son ma’lumotnomasi). Buning natijasida paxta hosildorligi 40,4 s/ga tashkil qilib, an’anaviy ochiq usulda 90x10-1 tizimda ekilgan maydonlarga nisbatan 10,5 s/ga, plyonka ostiga 90x10-1 tizimda ekilgan maydonlarga nisbatan 4,6 s/ga qo‘shimcha paxta hosili olingan;
pushtaga plyonka to‘shab, chigitlarni (76x38)x9,7-1 tizimda qo‘shqator qilib ekib, hosil yetishtirilganida rentabellik darajasi 34,6% ni tashkil qilib, an’anaviy ochiq usulda 90x10-1 tizimda ekilgan maydonlarga nisbatan 17,1% gacha, plyonka ostiga 90x10-1 tizimda ekilgan maydonlarga nisbatan 11,5% gacha yuqori bo‘lganligi aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish