Xurramov Ulug‘bek Xolmamatovichning
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida fan 
doktori (DSc) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sabzavot ekinlarining istiqbolli (Brassica rara subsp. pekinensis. Lizg, Brassica rapa var. chinensis. Lizg, Allium cepa L) ertapishar, hosildor navlarini yaratish”, 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.DSc/Qx223..
Ilmiy maslahatchi: Asatov Shuxrat Ismatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Davlat agrar universiteti, DSc.05/04.03.2022.Qx.13.01.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti: pekin karamining “Zangori” navi (NAP 00394), xitoy bargli karamning “Malham” navi (NAP 00396) va bosh piyozning “Gulxan” navi (NAP 00409). O‘zbekiston Respublikasi Intelektual mulk agentligining 2022 yil 28 iyundagi 20200063-son, 20200065-son va 2022 yil 31 avgustdagi 20210008-son xulosalari.
II. Tadqiqotning maqsadi: Sabzavot ekinlar jahon kolleksiyasidan samarali foydalangan holda respublikamiz tuproq-iqlim sharoitiga mos, morfobiologik va qimmatli xo‘jalik belgi va xususiyatlariga ega, serhosil, ertapishar pekin va xitoy bargli karami hamda bosh piyozning yangi navlarini yaratish hamda ishlab chiqarishga joriy etishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor pekin karamining 37 ta, xitoy bargli karamning 30 ta va bosh piyozning 21 ta, jami 88 ta namunalarning morfo-biologik va qimmatli xo‘jalik belgilar majmui bo‘yicha o‘rganilgan va olingan natijalar tahlil etilib, ma’lumotlar asosida axborot bazasi yaratilgan;
geografik kelib chiqishi turlicha bo‘lgan sabzavot ekinlaridan pekin karami, xitoy bargli karam va bosh piyoz namunalarining ertapisharligi, hosildorligi, ayrim tashqi muhit omillariga bardoshliligi bo‘yicha boshlang‘ich manbalar ajratib olingan; 
pekin karamining hosildorligi yuqori va eksportbop yangi “Zangori” (NAP 00394), xitoy bargli karamning ertapishar, serhosil, shifobaxsh, turli muddatlarda ochiq va himoyalangan yerlarda etishtirishga mos “Malham” (NAP 00396), bosh piyozning serhosil, ertapishar, achchiqligi kam “Gulxan” (NAP 00409) navlari yaratilib, O‘zbekiston Respublikasi Intelektual Mulk agentligi tomonidan seleksiya yutuqlariga patentlar olingan;
yangi yaratilgan pekin karamining “Zangori” navi nazorat naviga nisbatan umumiy hosildorlik ko‘rsatkichlari 17,9 t/ga va tovarbop hosil miqdori 7,8 % ga, xitoy bargli karamining “Malham” navi nazorat naviga nisbatan umumiy hosildorlik ko‘rsatkichlari 4,3 t/ga, bosh piyozning “Gulxan” navi nazorat “Zafar” naviga nisbatan umumiy hosildorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha 9,1 t/ga va tovarbop hosil miqdori 3,8% ga yuqori ekanligi aniqlangan;
yangi yaratilgan mahalliy sabzavot ekinlari navlarining o‘sishi, rivojlanishi hamda asosiy qimmatli-xo‘jalik belgilari tahlil qilingan va pekin karamining “Zangori”, xitoy bargli karamining “Malham” hamda bosh piyozning “Gulxan” navlarining navdorligi yuqori original urug‘lari ko‘paytirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pekin, xitoy bargli karam turlari va bosh piyozining jahon genofondini kompleks o‘rganish asosida morfobiologik va qimmatli xo‘jalik belgi va xususiyatlariga ega navlarni yaratish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
pekin karamining hosildorligi yuqori va eksportbop yangi “Zangori” navi yaratilgan va O‘zbekiston Respublikasi Intelektual Mulk agentligi tomonidan seleksiya yutug‘i sifatida patent (NAP 00394) berilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 13-dekabrdagi № 07/23-9332-son ma’lumotnomasi). Natijada, pekin karamining “Zangori” navi Toshkent viloyatining Qibray tumanida 0,62 gektar, Samarqand viloyatining Urgut tumanida 0,48 gektar hamda Andijon viloyatining Asaka va Oltinko‘l tumanlarida 0,16 gektar, jami 1,26 gektar maydonlarga ertaki va takroriy muddatlarda joriy etilgan va gektaridan o‘rtacha 32,4 tonna hosil olinib, 32,4 mln so‘m sof daromad olishga erishilgan;
xitoy bargli karamning ertapishar, serhosil, shifobaxsh, turli muddatlarda ochiq va himoyalangan yerlarda etishtirishga mos yangi “Malham” navi yaratilgan va O‘zbekiston Respublikasi Intelektual Mulk agentligi tomonidan seleksiya yutug‘i sifatida patent (NAP 00396) berilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 13-dekabrdagi № 07/23-9332-son ma’lumotnomasi). Natijada, xitoy bargli karamining “Malham” navi Toshkent viloyatining Qibray tumanida 1,23 gektar, Samarqand viloyatining Urgut tumanida 0,21 gektar va Andijon viloyatining Asaka va Oltinko‘l tumanlarida 0,10 gektar, jami 1,54 gektar maydonlarga ertaki va takroriy muddatlarda joriy etilgan va gektaridan o‘rtacha 18,9 tonna hosil olinib, 24,1 mln so‘m sof daromad olishga erishilgan;
bosh piyozning serhosil, ertapishar, achchiqligi kam yangi “Gulxan” navi yaratilgan va O‘zbekiston Respublikasi Intelektual Mulk agentligi tomonidan seleksiya yutug‘i sifatida patent (NAP 00409) berilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 13-dekabrdagi № 07/23-9332-son ma’lumotnomasi). Natijada, piyozning “Gulxan” navi Toshkent viloyatining Qibray tumanida 1,06 gektar, Samarqand viloyatining Urgut tumanida 0,35 gektar hamda Andijon viloyatining Asaka va Oltinko‘l tumanlarida 0,56 gektar, jami 1,97 gektar yer maydonlariga yozgi-kuzgi va erta-bahorgi ekin sifatida joriy etilgan va gektaridan o‘rtacha 52,5 tonna hosil olinib, 30,6 mln so‘m sof daromad olishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish