Shaymardanov To‘lqin Boymuradovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Metanni karbanatli kanversiyalash va uning texnologiyasi», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/T2258.
Ilmiy rahbar: Fayzullaev Normurod Ibodullaevich, texnika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: «Toshkent innovatsion kimyoviy texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti» MChJ, PhD.23/30.07.2022.K/T.150.01.
Rasmiy opponentlar: Turaev Erkin Rustamovich, texnika fanlari doktori; Amonov Muxtor Raxmatovich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi metanni karbonatli konversiyalash jarayonini mahalliy xomashyolardan tayyorlangan yangi tarkibli katalizatorlarda sintez-gaz ishlab chiqarish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy xomashyolar asosida yuqori faolligi, termik barqarorligi, unumdorligi, selektivligi va kokslanishga bardoshliligi bilan xarakterlanadigan yangi tarkibli nikel`, kobal`t, sirkoniy va bor saqlovchi katalizator olingan va maqbul tarkibi tanlangan;
ilk bor (Ni2O3)x*(Co2O3)y*(ZrO2)z*(B2O3)k/Al2O3 tarkibli katalizatorning tuzilishi va tarkibi fizik-kimyoviy usullarda tekshirilgan hamda katalizatorlar tuzilishi bilan uning katalitik faolligi orasidagi bog‘liqligi aniqlangan;
davriy rejimda nikel`, kobal`t, sirkoniy va bor saqlovchi (Ni2O3)x*(Co2O3)y*(ZrO2)z*(B2O3)k/Al2O3 tarkibli katalizatorda metanni karbonat angidrid bilan gaz fazada katalitik konversiyalash reaksiyasining kinetik qonuniyatlari aniqlangan;
tanlangan (Ni2O3)x*(Co2O3)y*(ZrO2)z*(B2O3)k/Al2O3 tarkibli katalizator ishtirokida jarayonlarning kinetikasi asosida reaksiyaning kinetik modellari tanlangan va borish mexanizmlari ishlab chiqilgan; 
ilk bor (Ni2O3)x*(Co2O3)y*(ZrO2)z*(B2O3)k/Al2O3 tarkibli katalizatorni sanoatda olish texnologiyasi yaratilgan;
metanni karbonat angidrid bilan gaz fazada katalitik konversiyalab sintez-gaz  olish jarayoni maqbullashtirilgan va jarayonning ilmiy asoslari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
mahalliy xomashyolardan olingan katalizator ishtirokida metanni karbonat angidrid bilan gaz fazada katalitik konversiyalash jarayonining ilmiy-texnologik asoslari ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
metanni karbonat angidrid bilan gaz fazada katalitik konversiyalab sintez-gaz sintezi uchun tanlangan (Ni2O3)x*(Co2O3)y*(ZrO2)z*(B2O3)k/Al2O3 tarkibli katalizator «Muborak gazni qayta ishlash zavodi» AJda amaliyotga joriy etilgan («Muborak gazni qayta ishlash zavodi» AJning 2020 yil 30 avgustdagi 929/GK-08-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan (Ni2O3)x*(Co2O3)y*(ZrO2)z*(B2O3)k/Al2O3 tarkibli katalizator import o‘rnini bosuvchi katalizator sifatida qo‘llash imkonini bergan;
metanni karbonat angidrid bilan gaz fazada katalitik konversiyalab sintez-gaz olish uchun tanlangan (Ni2O3)x*(Co2O3)y*(ZrO2)z*(B2O3)k/Al2O3 tarkibli katalizator «Muborak gazni qayta ishlash zavodi» AJda amaliyotga joriy etilgan («Muborak gazni qayta ishlash zavodi» AJning 2020 yil 30 avgustdagi 929/GK-08-son ma’lumotnomasi). Natijada, (Ni2O3)x*(Co2O3)y*(ZrO2)z*(B2O3)k/Al2O3 tarkibli katalizator ishlab chiqishning texnologik sxemasini va uning asosida pilot qurilmasini yaratish hamda iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish