Abdunazarov Sobir Ibragimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishning ma’naviy-mafkuraviy mexanizmlari», 23.00.03-Siyosiy madaniyat va mafkura (siyosiy fanlar).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Ss232.
Ilmiy rahbar: Muminov Alisher Gaffarovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ss.01.08.
Rasmiy opponentlar: Jo‘rayev Narzulla Qosimovich, siyosiy fanlar doktori, professor; Xolmaxmatov Azim Hazratqulovich, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishning ma’naviy-mafkuraviy mexanizmlarini aniqlash, ularni takomillashtirish va natijadorligini oshirish yuzasidan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yoshlarga oid davlat siyosati nafaqat mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy omili, shu bilan birga davlat xavfsizligining kafolati sifatida yoshlarda o‘zi yashayotgan viloyat, tuman va shahar ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirokini ta’minlaydigan har bir ma’muriy hududning “Yoshlar taraqqiyot strategiyasi” dasturini qabul qilish yoshlarning liderlik sifatlarini oshirishga xizmat qilishi aniqlangan;
yoshlar o‘rtasida milliy identiklikning: etnik xabardorlik (ajdodlari hamda o‘zining kelib chiqish tarixini bilish); xulq-atvor (fuqarolik pozisiyasini ko‘rsatish, davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy munosabatlar birligini taklif etish), kognitivlik (milliy ong, milliy manfaatlarni anglash (ratsionallik)) omillari zamonaviy strukturaviy komponentlar ekanligi ochib berilgan;
yoshlarni axloqiy buzilishiga olib keladigan xatti-harakatlar: dogmatizm, kosmopolitizm, introvert, relyativizm va huquqiy nigilizm kabi salbiy sifatlardan himoya qilishda, yoshlarda hayotiy qadriyatlarning muhimlik darajasini belgilovchi ijtimoiy-xususiy sheriklikka asoslangan “Yoshlar orasida qadriyatlar va me’yorlar transformatsiyasi” markazini tashkil etish zarurati asoslangan.
yoshlarga oid davlat siyosatini samarali amalga oshirishning ma’naviy omili – yoshlarda sog‘lom dunyoqarash, axloqiy xulq-atvorni odat qilish, ijtimoiy faollik va jamoaviylikni shakllantirishga, mafkuraviy omili – barqaror taraqqiyotni ta’minlovchi g‘oyaviylik, mehnatga ijodiy munosabat, yuksak fuqaroviylik mas’uliyatini namoyon bo‘lish jihatlariga uzviy bog‘liqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishning ma’naviy-mafkuraviy mexanizmlarini takomillashtirish asoslarini o‘rganish natijasida:
yoshlarga oid davlat siyosati nafaqat mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy omili, shu bilan birga davlat xavfsizligining kafolati sifatida yoshlarda o‘zi yashayotgan viloyat, tuman va shahar ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirokini ta’minlaydigan har bir ma’muriy hududning “Yoshlar taraqqiyot strategiyasi” dasturini qabul qilish yoshlarning liderlik sifatlarini oshirishga qaratilgan takliflari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi o‘rtasida imzolangan hamkorlikka oid chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining 2021 yil 13 sentabrdagi 24-14/11-son ma’lumotnomasi). Natijada, ma’muriy hududlarda ijtimoiy-siyosiy hayotida faol yoshlar qatlami shakillanishiga xizmat qiladi;
yoshlar o‘rtasida milliy identiklikning: etnik xabardorlik (ajdodlari hamda o‘zining kelib chiqish tarixini bilish); xulq-atvor (fuqarolik pozisiyasini ko‘rsatish, davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy munosabatlar birligini taklif etish), kognitivlik (milliy ong, milliy manfaatlarni anglash (ratsionallik)) omillari zamonaviy strukturaviy komponentlariga bog‘liqligi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi majlisining 2021-yil yanvardagi O‘zbekiston Respublikasida 2021-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturining II yo‘nalishining “O‘zbekistondagi yangilanish jarayonlari, amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish, “Yangi O‘zbekiston – Uchinchi Renessans sari” g‘oyasini ruyobga chiqarishga qaratilgan umummilliy harakatni yuzaga keltirish chora-tadbirlari” nomli 17-bandining “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” g‘oyasi asosida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish, mamlakatda boshlangan ulkan bunyodkorlik va yaratuvchanlik harakati, maqsadli islohotlarni keng xalq ommasiga yetkazish, jamiyatda faol fuqarolik tuyg‘usini mustahkamlash, bunda ziyolilar, ilm-fan, madaniyat va san’at, adabiyot namoyandalari, salohiyatidan unumli foydalangan holda tizimli targ‘ibotni amalga oshirish” mavzysida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarini amalga oshirishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 8 sentabrdagi 01/02-1023-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur taklif va tavsiyalar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining ushbu yo‘nalishda amalga oshirayotgan ishlari samaradorligining oshishiga xizmat qilgan;
yoshlarni axloqiy buzilishiga olib keladigan xatti-harakatlar: dogmatizm, kosmopolitizm, introvert, relyativizm va huquqiy nigilizm kabi salbiy sifatlardan himoya qilishda, yoshlarda hayotiy qadriyatlarning muhimlik darajasini belgilovchi ijtimoiy-xususiy sheriklikka asoslangan “Yoshlar orasida qadriyatlar va me’yorlar transformatsiyasi” markazini tashkil etish zaruriyatiga oid yangiligi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2021-yil uchun mo‘ljallangan ish rejasi 13-bandi (“Yoshlarning siyosiy bilimi va huquqiy madaniyatini oshirish oyligi”ni tashkil etish mavzusida turkum ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish)ni ishlab chiqishda foydalanildi (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2021 yil 8 sentabrdagi 04-13/1394-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarga oid davlat siyosatining shakllanishi va amalga oshirilishi jarayonlarini yanada takomillashtirish, ushbu yo‘nalishdagi siyosatning subyekti sifatida faoliyat yurituvchi davlat va nodavlat tashkilotlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish texnologiyalari va targ‘ibot aksiyalarining nazariy-metodologik asosi takomillashtirilgan.
yoshlarga oid davlat siyosatini samarali amalga oshirishning ma’naviy omili – yoshlarda sog‘lom dunyoqarash, axloqiy xulq-atvorni odat qilish, ijtimoiy faollik va jamoaviylikni shakllantirishga, mafkuraviy omili – barqaror taraqqiyotni ta’minlovchi g‘oyaviylik, mehnatga ijodiy munosabat, yuksak fuqaroviylik mas’uliyatini namoyon bo‘lish jihatlariga uzviy bog‘liqligiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2021-yil birinchi yarim yillik uchun mo‘ljallangan ish rejasi 9-bandi “Nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikda yoshlarga oid ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amaliyotga joriy etish” deb nomlangan yo‘nalishning 41-bandi “Yilning eng faol yoshlar yetakchisi”, “Yil sardori”, “Yil talabasi” “Talabalar festivali”, “Kamalak yulduzlari”, “Yangi O‘zbekiston liderlari”, “Intellektual o‘yinlar” haftaligi singari ko‘rik-tanlov va musobaqalarni tashkil etish)ni ishlab chiqishda foydalanildi (Yoshlar ishlari agentligining 2021 yil 15 sentabrdagi 1-01-23-2305-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarga oid davlat siyosatining shakllanishi va amalga oshirilishi jarayonlarini yanada takomillashtirish, ushbu yo‘nalishdagi siyosatning subyekti sifatida faoliyat yurituvchi davlat va nodavlat tashkilotlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish texnologiyalari va targ‘ibot aksiyalarining nazariy-metodologik asosi takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish