Muratova Saodat Kadirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Miya qon tomirlari shikastlanishida og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatidagi  o‘zgarishlarning patogenetik jihatlari», 14.00.21-Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2020.2. PhD/Tib1243.
Ilmiy rahbar: Xaydarov Artur Mixaylovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02.
Rasmiy opponentlar: Dem`yanenko Svetlana Aleksandrovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Zoyirov Tulkin Elnazarovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: M.Aspanova nomidagi G‘arbiy-Qozog‘iston tibbiyot universiteti (Qozog‘iston).
II. Tadqiqotning maqsadi miya qon aylanishi buzilishining og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining yallig‘lanish kasalliklari paydo bo‘lishida patogenetik rolini aniqlash va aniqlangan buzilishlarning diagnostikasi va oldini olishni yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor miya ishemiyasining patogenetik va funksional buzilishlari bilan OBShQning funksional holati o‘zaro bog‘liqligi isbotlangan; 
vrach-stomatolog amaliyotida OBShQ kasalliklarida miya qon aylanishi buzilishining mavjudligini inobatga olgan holda kompleks diagnostik va profilaktik yondashuvning qo‘llanilishi ilmiy asoslangan; 
klinik-funksional ko‘rsatkichlar bo‘yicha OBShQ va parodontning yallig‘lanish-destruktiv shikastlanishini sifatiy va miqdoriy darajasi ob’ektiv aniqlangan;
ilk bor qondagi va og‘iz suyuqligidagi gormonal holatning mahalliy immunitet holati va SMI bilan og‘rigan bemorlarda og‘iz shilliq qavatining epiteliya hujayralari fiziologiyasiga bog‘liqligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. 
Miya qon aylanishi buzilishlarida og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati zararalanishining patogenetik tamoyillarini ishlab chiqish bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
surunkali miya ishemiyasi bilan kasallangan bemorlarda stomatologik status va gemostaz bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan “Surunkali miya ishemiyasi bilan kasallangan bemorlarda stomatologik status va gemostaz ko‘rsatkichlari” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 27 iyuldagi 8n-r/683-son xulosasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining patologiyasini yuzaga kelishida miya qon aylanishi buzilishlarining patogenetik rolini aniqlash imkoniyatini bergan;
miya qon tomirlari shikastlanishida og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatidagi  o‘zgarishlarning patogenetik jihatlari bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotida, jumladan, Toshkent Davlat stomatologiya instituti klinikasida va Davlat unitar korxonasining Samarqand shahar stomatologiya poliklinikasi amaliy faoliyatga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 7 avgustdagi 8n-z/273-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tashxislash algoritmini hisobga olgan holda qo‘llash miya qon aylanishi buzilgan bemorlarda stomatologik kasalliklarining dastlabki alomatlarini aniqlash, asoratlarning oldini olish va yo‘q qilishga imkon berdi, bu esa konservativ davolashni kasallikning klinik shakllaridan kelib chiqib oqilona tashkil qilishga hissa qo‘shdi, nogironlik va o‘lim darajasini pasaytirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish