Botirova Nigora Koyirovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalar kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirishning axborot ta’lim muhitini takomillashtirish (professional ta’lim muassasalari misolida)”, 13.00.06 – Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped1708. 
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik- texnologiya instituti. 
Ilmiy rahbar: Mo‘minov Bahodir Boltayevich, texnika fanlari doktori, professor. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03 raqamli ilmiy kengash asosida bir martalik ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar: Fayziyeva Maxbuba Raximjonovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent; Beknazarova Saida Safibullayevna, texnika fanlari doktori, professor 
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi professional ta’limda axborot ta’lim muhitini takomillashtirish asosida talabalarda kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirishga doir pedagogik taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
talabalar kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirishning metodik shart-sharoitlari kasbiy tayyorgarlikni tizimli ta’minolovchi elektron kontentni axborot ta’lim muhitida o‘quv majmuaviy ta’sir dinamikasida variativlikda qo‘llash orqali aniqlashtirilgan; 
professional ta’lim talabalarida kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirishning integrativ modeli axborotli muhitning ochiqlik, ommaboplik, kasbiy yo‘nalganlik tamoyillarini grafikli topshiriqlarni tezkor tushunish va qayta ishlashga o‘rgatuvchi vizual topshiriqlar mazmuniga produktivlik darajalarda optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;
professional ta’lim talabalarida kasbiy ko‘nikmalarning shakllanganligini baholash mezonlari axborot bilan ishlash motivasiyasini rivojlantiruvchi interfaol o‘qitishning yakka va guruhiy ish shakllarini tezkor qayta aloqali muhitda individual diagnostikali qo‘llash asosida takomillashtirilgan; 
professional ta’lim talabalarida kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirishning o‘quv-dasturli ta’minoti informatsion kompetensiyalarni tizimli rivojlantiruvchi Project Method, Case Study kabi muammoli va loyihali texnologiyalarni differensial baholashning refleksiv jarayonlarida kompleks ta’sirli kombinatsiyada qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Professional ta’lim yo‘nalishlaridagi “Axborot xavfsizligi” fanini o‘qitishda talabalar kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirishning axborot ta’lim muhitini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida: 
talabalar kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirishning metodik shart-sharoitlari kasbiy tayyorgarlikni tizimli ta’minolovchi elektron kontentni axborot ta’lim muhitida o‘quv majmuaviy ta’sir dinamikasida variativlikda qo‘llashga doir takliflari “Axborot xavfsizligi asoslari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 19 iyuldagi 233-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 233/2-034 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, o‘rta maxsus professional ta’lim tizimida “Axborot xavfsizligi” fanini o‘qitish samaradorligini oshirishga sharoit yaratilgan;
professional ta’lim talabalarida kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirishning integrativ modeli axborotli muhitning ochiqlik, ommaboplik, kasbiy yo‘nalganlik tamoyillarini grafikli topshiriqlarni tezkor tushunish va qayta ishlashga o‘rgatuvchi vizual topshiriqlar mazmuniga produktivlik darajalarda optimallashtirishga oid materiallardan Buxoro muhandislik texnologiyalari institutida 2019-2021-yillarda bajarilgan “AIF 2/20-Shaxsga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar asosida texnik yo‘nalishlar bo‘yicha malakali muhandis kadrlar tayyorlash va o‘quvchilar malakasini oshirish sifatini yaxshilash” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 19 sentabrdagi 02-07-2879/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning integratsiyalashgan axborot-ta’lim muhiti va moslashtirilgan dasturiy ilovalardan foydalanish orqali kasbiy ko‘nikmalari shakllantirilgan; 
professional ta’lim talabalarida kasbiy ko‘nikmalarning shakllanganligini baholash mezonlari axborot bilan ishlash motivasiyasini rivojlantiruvchi interfaol o‘qitishning yakka va guruhiy ish shakllarini tezkor qayta aloqali muhitda individual diagnostikali qo‘llashga oid takliflaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanali “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2022-yil 16-sentabrdagi №786-43-426-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalar kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirish motivatsiyasini oshirish imkoni shakllantirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish