Xaydarov Azizjon Qosimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Qo‘l kafti suyaklari sinishlari va uning asoratlarini apparat-xirurgik davolash usullarini optimallashtirish», 14.00.22–Travmatologiya va ortopediya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2017.2.PhD/Tib175.
Ilmiy rahbar: Asilova Saodat Ubayevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.28.02.2018.Tib.62.01.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Axrorbek Mahmudovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sattarov Alisher Raximovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi «Rossiyskiy nauchniy sentr «Vosstanovitel`naya travmatologiya i ortopediya» imeni akademika G.A. Ilizarova».
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: davolashning apparat-xirurgik usullari va reabilitatsiyani takomillashtirish yo‘li bilan qo‘l kafti suyaklari sinishlari va uning oqibatlari bilan bemorlarni davolashning anatom-funksional natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kaft suyaklari sinishlarini davolashda takomillashtirilgan kompression-distraksion osteosintez qurilmasi orqali jarohatlangan kaft-barmoq bo‘g‘imida ligamentotaksisga zaruriyat isbotlangan;
kaft suyaklari sinishlarini davolashda stabil funksional fiksatsiyaga erishilgan va suyak bo‘laklarining birlamchi bitishi va kaft-barmoq-barmoqlararo bo‘g‘imlarni erta faollashtirilishi isbotlangan;
kaft suyaklari sinishlari, uning asoratlarini davolash va kontrakturalarning oldini olishda takomillashtirilgan shina orqali kaft va barmoqlar funksiyalarini to‘liq tiklanishi isbotlangan;
qo‘lning kaft suyaklari sinishlarida klinik ko‘rinish, sinish lokalizatsiyasi va anatom-funksional xususiyatlarini hisobga olgan holda davolash-diagnostika tadbirlari majmui ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qo‘lkafti suyaklari sinishlari va uning oqibatlari bilan bemorlarni xirurgik davolash natijalarini yaxshilashga bag‘ishlangan tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Jarohatlangan barmoq bo‘g‘imlarini tiklash va davolash uchun moslama»ga Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan (2010 yil, FAP 00523). Taklif etilgan moslamani qo‘llash xirurgik taktikani optimallashtirish, asoratlar chastotasini kamaytirish va suyak siniqlari bitishini tezlashtirish imkonini bergan;
«Jarohatlangan qo‘l barmoqlari kontrakturasini tiklash uchun moslama»ga Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan (2015 yil, FAP 01026). Taklif etilgan moslamani qo‘llash suyak siniqlari tez regeneratsiyasiga erishish va qo‘l faoliyatini erta tiklash hamda davolash muddatlari va nogironlik chastotasini qisqartirish imkonini bergan;
«Qo‘l kafti suyaklari distal sinishlarida ligamentotaksis turida davolash usuli» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 19 apreldagi 8n-d/28-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar qo‘l kafti suyaklari sinishlari bilan bemorlarni davolash-diagnostika taktikasini optimallashtirish va reabilitatsiya muddatlarini qisqartirish, 95% hollarda mehnat qobiliyatining tiklanishiga erishish imkonini bergan;
qo‘l kafti suyaklari sinishlari va uning oqibatlari bilan bemorlarni xirurgik davolash sifatini yaxshilashga bag‘ishlangan tadqiqotning olingan ilmiy natijalari sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatiga, xususan, Respublika ixtisoslashtirilgan bo‘g‘imlar va qo‘l xirurgiyasi markazi, Toshkent tibbiyot akademiyasi II klinikasi shoshilinch travmatologiya bo‘limi, 1-son Respublika klinik shifoxonasi travmatologiya bo‘limi, Toshkent viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filiali amaliy faoliyatiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 19 apreldagi 8n-d/28-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan moslamalar va kaft suyaklari sinishlari bilan bemorlarni davolash algoritmini qo‘llash amaliyotdan keyingi asoratlar chastotasini 10%ga kamaytirish, 78% bemorlarda qo‘l faoliyati tiklanish to‘liqligini oshirish va shifoxonada davolanish muddatini qisqartirish imkonini bergan.