Aliqulov Safar Mengliqulovichning

dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida fan doktori (DSc) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yumshoq bug‘doyning jahon genofondidan foydalangan holda issiqqa, qurg‘oqchilikka va sariq zang kasalliklariga chidamli navlarni yaratish», 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.DSc/Qx80.

Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti Qashqadaryo filiali.

Ilmiy maslahatchi: Amanov Amir Amanovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.27.06.2017.Qx.13.01.

O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan: «Bunyodkor» kuzgi yumshoq bug‘doy navi (NAR 00182, 2018 y.); «Xisorak» kuzgi yumshoq bug‘doy navi (NAR 00120, 2013 y.); «Barhayot» yumshoq bug‘doy navi (NAR 00181, 2018 y.) va «Farovon» yumshoq bug‘doy navi (NAR 00183, 2018 y).

II. Tadqiqotning maqsadi: bug‘doyning jahon genofondidan foydalangan holda issiqlikka, qurg‘oqchilikka va zang kasalliklariga chidamli, don sifati yuqori hamda qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha yuqori hosildor navlarini yaratishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor respublikaning janubiy mintaqalarida yumshoq bug‘doyning jahon genofondidan olingan va introduksiya qilingan nav va nav namunalarining asosiy belgi va xususiyatlari aniqlangan;

yumshoq bug‘doyning nav va nav namunalarining har xil ekologik-geografik guruhlari baholanib, issiqlikka, qurg‘oqchilikka hamda sariq zang kasalliklariga chidamlilik, hosildor va yuqori sifatlilik belgilarini mujassamlashtirgan yumshoq bug‘doyning duragaylari yaratilgan;

yumshoq bug‘doyning nav va nav namunalarining qimmatli xo‘jalik belgi xususiyatlarining irsiylanish qonuniyatlari aniqlangan;

yumshoq bug‘doyning jahon genofondi asosida issiqlikka, qurg‘oqchilikka va zang kasalliklariga chidamli, serhosil, don sifati yuqori bo‘lgan «Xisorak», «Barhayot», «Farovon» va «Bunyodkor» navlari yaratilgan;

yaratilgan yumshoq bug‘doyning «Xisorak», «Barhayot», «Farovon» va «Bunyodkor» navlarining birlamchi urug‘chiligi tashkil etilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Yumshoq bug‘doyning jahon genofondidan foydalangan holda issiqlikka, qurg‘oqchilikka va sariq zang kasalliklariga chidamli navlarni yaratish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:

qimmatli xo‘jalik belgilariga ega bo‘lgan issiqlikka, qurg‘oqchilikka va zang kasalliklariga chidamli kuzi yumshoq bug‘doyning «Xisorak», «Barhayot», «Farovon» va «Bunyodkor» navlari yaratilgan (Qishloq xo‘jalik ekinlari navlarini sinash Davlat komissiyasining 2016 yil 28 yanvardagi 18-son ma’lumotnomasi). Natijada g‘allachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida ushbu bug‘doy navlari ekin maydonlarining oshishiga erishilgan;

kuzgi yumshoq bug‘doyning issiqlikka va qurg‘oqchilikka chidamli «Bunyodkor” navi 2016 yildan Qashqadaryo, Surxondaryo va Buxoro viloyatlarining sug‘oriladigan erlarida kuzgi muddatlarda ekish uchun istiqbolli navlar ro‘yxatiga kiritilgan (Qishloq xo‘jalik ekinlari navlarini sinash Davlat komissiyasining 2016 yil 28 yanvardagi 18-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida ushbu navlardan fermer xo‘jaliklarida andoza navlarga nisbatan 9-11 sentnergacha qo‘shimcha don hosili olingan;

yuqori hosildor va zang kasalliklariga chidamli yumshoq bug‘doyning «Hisorak», navi Samarqand, Surxondaryo, Toshkent, Qashqadaryo va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida sug‘oriladigan maydonlarida kuzgi muddatlarda ekish uchun istiqbolli navlar ro‘yixatiga kiritilgan (Qishloq xo‘jalik ekinlari navlarini sinash Davlat komissiyasining 2018 yil 25 yanvardagi 39-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu mintaqlardagi g‘allachilik fermer xo‘jaliklarida sug‘oriladigan maydonlardan gektariga 9-10 sentnergacha qo‘shimcha don hosili olishga erishilgan;

2017 yil hosili uchun yumshoq bug‘doyning issiqlikka, qurg‘oqchilikka va zang kasalliklarga chidamli yangi yaratilgan «Xisorak» navi 5485 gektar, «Bunyodkor» navi 14000 gektar, «Barhayot» navi 23 gektar. va «Farovon» navi 37 gektar jami 19 ming 545 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 27 martdagi 02/21-174-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida ushbu issiqlikka, qurg‘oqchilikka va zang kasalliklariga chidamli navlaridan g‘allachilik fermer xo‘jaliklari g‘alla maydonlaridan andoza navlarga nisbatan gektariga 6,8-10,5 sentnergacha qo‘shimcha don hosili olingan va rentabellik darajasi 28-36 foizni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish