Muxitdinov Baxtiyor Ikromovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Polisaxaridlar asosida saratonga qarshi yo‘naltirilgan ta’sirga ega makromolekulyar tizimlar va ularning biologik faolliklari», 02.00.10 – Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/K130.
Ilmiy maslahatchi: Turaev Abbasxan Sabirxanovich, kimyo fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bioorganik kimyo instituti.  
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/V.37.01.
Rasmiy opponentlar: Gafurov Maxmudjon Bakievich, kimyo fanlari doktori, professor; Ramazonov Nurmurod Sheralievich, kimyo fanlari doktori, professor; Xashimova Zaynat Sattarovna, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kichik molekulyar massali poligalakturonanlar, gialuronanlar va galaktomannanlarning sitotoksik birikmalar bilan modifikatsiyalangan hosilalarini olishning fundamental va amaliy jihatlarini aniqlash, ular asosida saratonga qarshi yo‘naltirilgan ta’sirga ega makromolekulyar tizimlar olish, biologik faolliklari hamda farmoko-toksikologik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
polisaxarid asosli makromolekulyar tizimlar sintezi uchun saraton oqsillari bilan bog‘lanuvchi kichik molekulyar massali ligand matrisalar olish usullari ishlab chiqilgan; 
tarmoqlangan polisaxaridlar asosiy zanjirini selektiv depolimerlash yo‘li bilan kichik molekulyar massali geteropolisaxaridlar va ularning oligomerlarini olish imkoniyatlari aniqlangan;
kichik molekulyar massali gialuronanlar va galaktomannanlaring reaksion faol sul`fatlangan, tozillangan, dialdegid hosilalari olingan va maqbul reaksiya sharoitlari aniqlangan;
kichik molekulyar massali geteropolisaxaridlarning doksorubisin, gemsitabin, ftoruratsil, folat kislota bilan amin, amid, azometin, efir bog‘lari bilan bog‘langan hosilalari olingan;
polisaxaridlarni sitotoksik birikmalar bilan turli funksional guruhlari orqali modifikatsiyalash usullari ko‘rsatilgan va bunda sitotoksik birikmalarning reaksion faollilklari aniqlangan;
polisaxaridlar va sitotoksik birikmalar asosidagi saratonga qarshi makromolekulyar tizimlarning strukturalari va biologik faolliklari orasidagi o‘zaro bog‘liqliklar aniqlangan; 
sitotoksik birikmalarni polisaxarid zanjirlariga kiritish orqali ularning biologik va farmakotoksikologik xususiyalarini yaxshilash hamda maqsadli etkazib berish imkoniyatlari aniqlangan; 
ligand polisaxaridlar va sitotoksik birikmalar asosida saratonga qarshi yo‘naltirilgan ta’sirga ega dori vositalari olishning fundamental asoslari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Polisaxaridlar asosida saratonga qarshi yo‘naltirilgan ta’sirga ega makromolekulyar tizimlar va ularning biologik faolliklari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oligogalakturon va folat kislotalari hamda doksorubisin asosida o‘smalarga qarshi faollikka ega biokon’yugat uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 06618, 2021 y.). Natijada, saraton kassalliklariga qarshi samarali, yo‘naltirilgan ta’sirga ega dori vositasini yaratish imkonini bergan;
uzoq ta’sirga ega bo‘lgan o‘sma kasalligiga qarshi kombinatsiyalangan vosita uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 06825, 2022 y.). Natijada, saraton kassalliklariga qarshi samarali bo‘lgan, uzoq ta’sirga ega dori vositasini olish imkonini bergan; 
polisaxaridlar, ularning biologik faol hosillari va saratonga qarshi makromolekulyar tizimlarni tadqiq qilish bo‘yicha e’lon qilingan ilmiy natijalarga yuqori impakt-faktorga ega 10 dan ortiq xorijiy ilmiy jurnallarda havolalar keltirilgan: (Advanced Science, 2023, 2206169(1-27), IF=17.521; Acta Pharmaceutica Sinica B, 2022, 12(12), 4327-4347, IF=14.903; Nano Letters, 2022, 22(16), 6516-6522, IF=12.262; Journal of Controlled Release, 2023, 353, 650-662, IF=11.467; Carbohydrate Polymers, 2021, 254, 117437, IF= 10.723, International Journal of Biological Macromolecules, 2021, 183, 2326-2336, IF=8.025, Materials Today Sustainability, 2023, 21, 100293, IF=7.244; Cellulose, 2021, 28(5), 2849-2861, IF=4. 6.123, Polymer, 2021, 220, 123563, IF=4.432 va boshqalar). Natijada, polisaxarid hosilalari va makromolekulyar tizimlarning molekulyar kattaliklari va biologik faolliklarini aniqlash imkonini bergan;
polisaxaridlarni sitotoksik birikmalar bilan modifikatsiyalash usullari, olingan makromolekulyar tizimlardan Xitoy Fanlar akademiyasi, Shinjon fizika va kimyo-texnika institutining «International Science and Technology Center Projects» loyihasida polisaxarid hosilalari olish va ularning saratonga qarshi biologik faolliklarini aniqlashda foydalanilgan (Xitoy Fanlar akademiyasi, Shinjon fizika va kimyo-texnika institutining 2023 yil 2 martdagi ma’lumotnomasi). Natijada, saratonga qarshi biologik faol polisaxarid hosilalarini olish va ularning faollik mexanizmlarini aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish