Safarova Nilufar Ne’matillaevnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga turizm sohasi ta’sirini baholash usullarini takomillashtirish», 08.00.02–Makroiqtisodiyot, 08.00.05–Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/Iqt406.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti.

Ilmiy rahbar: Karimova Dildora Mirsabitovna, iqtisodiyot fanlari doktori.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.15.01.

Rasmiy opponentlar: Qodirov Abdurashid Majidovich, iqtiodiyot fanlari doktori, professor; Alimova Mashhura Toirovna, iqtisodiyot fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga turizm sohasi ta’sirini baholash bo‘yicha ilmiy-uslubiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

iqtisodiy o‘sish, kam ta’minlanganlik, gender tengligi, aholi salomatligi kabi barqaror rivojlanish indikatorlariga turizm sohasi ta’sirini ko‘p omilli regressiya tenglamalarining elastiklik koeffisienti orqali baholash usuli ishlab chiqilgan;

turizm eksportining iqtisodiy o‘sishga jadallashtiruvchi ta’sirini baholash asosida YaIM qo‘shimcha o‘sishining uzoq muddatli prognoz parametrlari ishlab chiqilgan;

milliy turizm tizimiga makroiqtisodiy omillar ta’sirini aniqlash orqali turizm salohiyatidan foydalanish bo‘yicha mamlakatlararo nisbiy ustunliklar darajasi aniqlangan;

turizm sohasida ish bilan bandlik va inson kapitaliga investisiyalarni hisobga olish bo‘yicha mualliflik yondashuvlari asosida turizm statistikasining hisobot shakllari takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga turizm sohasi ta’sirini baholash bo‘yicha ilmiy-uslubiy va amaliy tavsiyalar asosida:

barqaror rivojlanish ko‘rsatkichlariga turizm sohasi ta’sirini baholashning yangi uslubiy yondashuvlari va ularning natijalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 avgustdagi PQ-3217-son «2018-2019 yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risidagi» Qarori ijrosini respublika va uning mintaqalarida ta’minlash monitoringida foydalanish uchun qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2017 yil 30 noyabrdagi 03-09/4199-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy natijadan foydalanish turizm rivojlanishining barqaror va mutanosib rivojlanish indikatorlarini baholashning uslubiy jihatlarini boyitish imkonini bergan;

mamlakatlar orasida turizm bo‘yicha salohiyatdan foydalanish darajasini aniqlashga doir uslubiy ishlanmalar va ularning natijalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 avgustdagi PQ-3217-son qarori bilan tasdiqlangan «2018-2019 yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturi»ning (Dastur) 1-ilovasi 5, 8 va 10-bandlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2017 yil 30 noyabrdagi 03-09/4199-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalar turizm tashviqoti ishlari samaradorligini oshirish imkonini bergan;

turizm sohasini rivojlantirishda vazirliklararo muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 2 dekabrdagi PF-4861-son «O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2017 yil 30 noyabrdagi 03-09/4199-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning normativ hujjat darajasida joriy qilinishi turizm sohasining mamlakat iqtisodiyoti o‘sishidagi o‘rnini oshirishning metodik jihatlarini boyitgan;

turistik xizmatlar va mahsulotlar sifatini oshirish, turistlar axborot ta’minotini takomillashtirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar Dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan va 1-ilovasining 6, 11, 16, 20 va 23-bandlarida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2017 yil 30 noyabrdagi 03-09/4199-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar respublika va uning hududlarida  turizm tashkilotlari sonini 20%ga ortishiga sharoit yaratgan;

turizm sohasida ish bilan bandlikka oid ma’lumotlarni hisobga olish bo‘yicha ilmiy-uslubiy ishlanmalar asosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan 2-turizm va 1-KB shakliga ilova (tur) davlat statistika hisobot shakllariga «Xodimlar to‘g‘risida ma’lumotlar» bo‘limi qo‘shimcha ravishda kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2017 yil 10 fevraldagi  01/3-10-17/2-116-son ma’lumotnomasi). Ushbu bo‘limning kiritilishi sayyohlik-ekskursiya va joylashtirish xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxona va tashkilotlarda bandlik holatini tahlil qilish hamda mazkur sohalarda kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni prognozlashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish