Tuychiev Timur Ortikovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Paxtani tozalash texnologik jarayoniga tayyorlash va ta’minlagichni takomillashtirgan holda tozalash mashinasi samaradorligini oshirish», 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/T528.

Ilmiy rahbar: Madumarov Ilxomjon Dedaxanovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.27.06.2017.T.08.01.

Rasmiy opponentlar: Djuraev Anvar Djuraevich, texnika fanlari doktori, professor; Ergashov Jamoliddin Samadovich, texnika fanlari nomzodi.

Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: paxta tozalash uskunalariga paxta xomashyosini bir me’yorda uzluksiz ta’minlash hamda paxtani tozalash jarayoniga tayyorlash  asosida tozalash mashinasining samaradorligini oshiruvchi ta’minlagich va tozalash mashinasini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

tozalash samaradorligini oshirish imkonini beruvchi, paxta zichligini oshirmasdan uzatuvchi ta’minlagich ishlab chiqilgan;

ta’minlovchi valiklarning ta’sir doirasida paxtani qisilishida ta’sir qiladigan kuchlanishlarni hisoblash asosida yangi shaxta-to‘plagichning parametrlari aniqlangan;

qoziqchali barabanlarda paxtaning harakati, zichligi, g‘ovakligi va havo oqimini aniqlash asosida paxtani tozalash jarayoniga tayyorlashning samarali texnologiyasi ishlab chiqilgan;

ta’minlagich ishchi organlarining asosiy ko‘rsatkichlari va ularni tozalagichlarning ishlash samaradorligiga ta’sir darajasi aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Paxta tozalash mashinalarining tozalash samaradorligini oshirish imkoniyatini beruvchi ta’minlagich va paxtani tozalash jarayoniga tayyorlash texnologiyasi bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy natijalar asosida:

qoziqchali ta’minlovchi valiklar o‘rnatilgan paxta tozalash mashinasi “O‘zpaxtasanoat” AJ tasarrufiga kiruvchi korxonalarda, jumladan “Paxtakor paxta tozalash” korxonasida joriy etilgan (“O‘zpaxtasanoat” AJning 2018 yil 6 martdagi 02-18/1215-son ma’lumotnomasi). Natijada paxta tozalash mashinasining samaradorligi 3,5÷4,5% ga oshirish imkoniyati yaratilgan;

shaxta-to‘plagichning shakli to‘g‘ri to‘rtburchak va eni 240 mm bo‘lgan ta’minlagich o‘rnatilgan tozalash mashinasi “O‘zpaxtasanoat” AJ tasarrufiga kiruvchi korxonalarda, jumladan “Bo‘ka paxta tozalash” korxonasiga joriy etilgan (“O‘zpaxtasanoat” AJning 2018 yil 6 martdagi 02-18/1215-son ma’lumotnomasi). Natijada tozalash mashinalariga paxta xomashyosini bir me’yorda uzluksiz ta’minlanishiga erishilib, mashinaning tozalash samaradorligini 5,5÷6,5 % ga oshirish imkonini bergan;

paxtani tozalash jarayoniga tayyorlash texnologiyasi “O‘zpaxtasanoat” AJ tasarrufiga kiruvchi korxonalarda, jumladan “Bo‘ka paxta tozalash” korxonasiga joriy etilgan (“O‘zpaxtasanoat” AJning 2018 yil 6 martdagi 02-18/1215-son ma’lumotnomasi). Natijada tozalash jarayoniga paxtani alohida bo‘lakchalarga ajratilgan holda ta’minlash va paxtaning tuzilmaviy tarkib koeffisientini 4,5÷5,5 % ga kamaytirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish