Safarov Otabek Amrilloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Zamonaviy menejment yondashuvlari asosida xalq ta’limi tizimini boshqarishni takomillashtirish», 08.00.13–Menejment (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Iqt238.
Ilmiy rahbar: Raximova Dilfuza Nigmatovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: G‘ulomov Saidahror Saidahmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, akademik; Qosimova Dilorom Sobirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: zamonaviy menejment yondashuvlari asosida xalq ta’limi tizimini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xalq ta’limi tizimini samarali boshqaruv yondashuvlari ishlab chiqilgan va xalq ta’limi vazirligi boshqaruv apparatining nazorat funksiyasi takomillashtirilgan;
xalq ta’limi vazirligi huzuridagi respublika ta’lim markazining tashkiliy tuzilmasi personalni boshqarish tamoyillari asosida takomillashtirilgan;
xalq ta’limi tizimida davlat boshqaruvini takomillashtirish hamda ta’limning boshqaruv organlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida hududiy xalq ta’limi boshqarmalarining tashkiliy tuzilmasi ishlab chiqilgan;
xalq ta’limi tuman va shahar bo‘limlarida markazlashtirilgan moliya va buxgalteriya xizmatlarini tashkil etish mexanizmlari ishlab chiqilgan.
xalq ta’limi tizimi boshqaruv bo‘g‘inlari (viloyat xalq ta’limi boshqarmalari, xalq ta’limi tuman va shahar bo‘limlari, umumiy o‘rta ta’lim maktablari) rahbarlarining kasbiy standartlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Zamonaviy menejment yondashuvlari asosida xalq ta’limi tizimini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xalq ta’limi tizimini samarali boshqaruv yondashuvlarini va boshqaruv apparati funksiyalarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi faoliyatiga joriy etilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 18 dekabrdagi 6305-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida vazirlikda yangi Ichki audit va moliyaviy nazorat xizmati tashkil etildi hamda xalq ta’limi tizimida moliyaviy xatoliklarni 40,0 foizgacha kamaytirish imkoniyati yaratilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika Ta’lim markazi faoliyati va uning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha berilgan ilmiy takliflar Xalq ta’limi vazirligi faoliyatiga joriy etilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 18 dekabrdagi 6305-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida 2017 yilning noyabr`-dekabr` oylarida 25 mln. so‘m mablag‘ iqtisod qilingan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2018 yil davomida 153 mln. so‘mni tashkil etgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar Xalq ta’limi bosh boshqarmasi hamda viloyat Xalq ta’limi boshqarmalarining boshqaruv tashkiliy tuzilmalarini takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflar O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi faoliyatiga joriy etilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 18 dekabrdagi 6305-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish natijasida Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi, huquqshunos va kadrlar bo‘yicha mutaxassis shtatlari yangidan tashkil etilgan bu o‘znavbatida xalq ta’limi tizimida ishlovchilarning mehnat unumdorligini oshishini ta’minlab, ta’lim sifati ko‘rsatkichini 4,0 foizga oshirish imkonini yaratgan;
xalq ta’limi tuman (shahar) bo‘limlarida moliyaviy nazorat standartlari asosida markazlashtirilgan moliyaviy xizmatlarni tashkil etish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar Xalq ta’limi vazirligi tizimi faoliyatiga qo‘llash uchun joriy etilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 18 dekabrdagi 6305-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi natijasida Farg‘ona, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahridagi 179 ta umumta’lim maktablarida 2017 yilning noyabr` oyida 143 mln. 754 ming so‘m moliyaviy mablag‘ iqtisod qilingan bu esa 2018 yilda respublika bo‘yicha 103 mlrd. 476 mln. so‘mlik iqtisodiy samaradorlikka erishishni ta’minlagan.