Qurbonova Munavvara Abdujabborovnaning
fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek bolalar nutqining pragmatik xususiyatlari», 10.00.01–O‘zbek tili, (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/Fil70.
Ilmiy maslahatchi: Lutfullaeva Durdona Esanovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.19.01.
Rasmiy opponentlar: Xudayberganova Durdona Sidikovna, filologiya fanlari doktori; Mamatov Abdumurod Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor; Hakimov Muhammad Xo‘jaxonovich filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek bolalar nutqining pragmatik xususiyatlarini aniqlash, nutqiy aktning pragmatik xususiyatlarini ochib berish, bolalar nutqida deyktik vazifa bajaruvchi til birliklari, presuppozisiya, konnotatsiya va baho munosabatining ifodalanishini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek bolalariga xos nutqiy akt turlari aniqlangan, bevosita va bilvosita nutqiy akt turlari farqlanib, pragmatik xususiyatlari ochib berilgan;
bolalar perseptiv faoliyatida kommunikativ-pragmatik to‘siqni yuzaga keltiruvchi lisoniy va nolisoniy omillar aniqlanib, pragmatik to‘siqning nutqni tushunishga salbiy ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan;
bolalar nutqida deyktik vazifa bajaruvchi fonetik, leksik, morfologik, sintaktik birliklar belgilanib, bolalar va kattalarga xos deyktik birliklarning farqli jihatlari asoslangan;
bolalar nutqining presuppozision xususiyatlari ochib berilgan, kattalarda ham kuzatiladigan va faqat bolalarga xos “presuppozisiya signallari” aniqlangan;
konnotatsiyaning bolalar nutqida hosil bo‘lishi usullari dalillangan;
bolalar nutqida baho munosabatining ifodalanishi, ijobiy va salbiy baho turlari farqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbek bolalar nutqini pragmatik jihatdan tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
P.Qodirovning «Akramning sarguzashtlari» qissasidagi nutqiy birliklarning pragmatik tavsifiga oid materiallar tahlilida Artvin Ҫoruh universitetining (Turkiya) 2013.S23.02.15 raqamli «Pirimkul Kadirov’un Romanlari `zerine Bir Inceleme» loyihasida foydalanilgan (Artvin Ҫoruh universitetining 2016 yil 27 iyuldagi E.3546-son ma’lumotnomasi). Bolalarga xos nutqiy aktlar tahlili asosida P.Qodirov asarlarining til imkoniyatlari, yozuvchining individual uslubi, obraz yaratish mahorati ochib berilgan;
bolalar nutqida faol qo‘llanuvchi ustoz, ramazon oyining fazilatlari haqida qo‘shiq kuylovchi bolalarga ishora qiluvchi ramazonchi kabi bir qator deyktik nomlarning sotsiopragmatik xususiyatlari haqidagi nazariy xulosalar FA-F1-G041 raqamli «O‘zbek tili leksikasi va terminologiyasining mustaqillik davri taraqqiyotini tadqiq etish» nomli fundamental loyihaga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 26 martdagi 3/1255-749-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari asosida mazkur leksik birliklarning pragmatik ma’nolari ochib berilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalar kommunikativ faoliyatida kuzatiladigan aksariyat pragmalingvistik jihatlarning nutqiy odob ko‘nikmalarining shakllanganlik darajasi bilan bog‘liq holda namoyon bo‘lishi, badiiy adabiyotda bolalar tilidan aks ettirilgan konnotativ va baho ifodalovchi vositalar orqali til birliklarining nutqiy imkoniyatlarini mukammal bilish matnni mantiqiy-semantik jihatdan chuqur idrok etishda muhim rol` o‘ynashi xususidagi nazariy qarashlardan A-1-069 raqamli “O‘zbekistonda oila institutini rivojlantirishning va barkamol avlodni tarbiyalashning ma’naviy-huquqiy, demografik, tibbiy-psixologik omillarini tadqiq qilish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 5 yanvardagi 89-03-1253-son ma’lumotnomasi). Natijada bolalar tomonidan emotsional-ekspressiv bo‘yoqdor so‘zlarning qo‘llanishida ijtimoiy muhit, xususan, bobo va buvilarning o‘rni haqidagi masalalar ilmiy asoslangan;
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Madaniyat va ma’rifat» telekanalining «Zamonaviy ta’lim» ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Madaniyat va ma’rifat» telekanalining 2018 yil 31 yanvardagi 02-15/53-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar ko‘rsatuvning xolis yondashuv asosida tayyorlanishi, muloqot xulqining shakllanishi va rivojlanishida ijtimoiy-psixologik, milliy-madaniy omillarning o‘rni xususidagi zamonaviy qarashlarni ommalashtirishga xizmat qilishi hamda tarbiyaviy ahamiyatini oshirishga imkon bergan.