Tilovov Husan Shomurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kondensirlangan geterotsiklik birikmalar asosida samarali korroziya ingibitorlari ishlab chiqish va ularning qo‘llanilishi», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T3036.
Ilmiy rahbar: Xolikova Sevara Djasurovna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Ikramov Abduvaxob, texnika fanlari doktori, profeccor; Yusupov Suxrob Qaxramon o‘g‘li, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kondensirlangan geterotsiklik birikmalar - xinolin hosilalari ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish va ular asosida olingan tarkiblarning korroziyadan ingibirlash xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor karbonilli birikmalar va aromatik aminlarning geterotsikllanishidan hossalari avvaldan belgilangan azotgeteroatomli jipslashgan geterotsillar sintez qilingan;
d-metall oksidlari va ftoridlari asosida yuqorisamarali va barqaror katalizatorlar tarkibi ishlab chiqilib, xinolin hosillari sintezida selektivligi isbotlangan;
anilin va kroton al`degidning katalitik geterotsikllanish reaksiyasi maqbul sharoitlari aniqlanib, 4-metilxinolin Skraup qoidasiga zid hosil bo‘lishi mexanizmi asoslangan;
olingan xinolin hosillari asosili tarkib, metallar korroziyasining ingibitorlari sifatida sinab ko‘rilib, himoyalash darajasi 90 % dan kam emasligi aniqlangan;
kondensirlangan geterotsiklik birikmalar - xinolin hosilalari asosida korroziya ingibitorlari olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Selektiv polifunksional katalizatorlar, jipslashgan geteroxalqalar asosida korroziya ingibitorlari ishlab chiqarish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xinolin, alkilxinolinlar asosida korroziya ingibitorlarini olish texnologiyasi Shurtangaz kimyo majmuasining «2023-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (Shurtangaz kimyo majumasining 2022 yil 24 yanvardagi 589-son ma’lumotnomasi). Natijada, korxona qurilmalarini korroziyadan himoyalash va uzoq muddatlar samarali ekspulatatsiya qilish imkonini beradi;
anilinning kroton fraksiyasi bilan katalitik geterotsikllanish mahsulotlari asosida olingan korroziya ingibitorlarini olish texnologiyasi Shurtangaz kimyo majmuasining «2023-2025 yillarda amaliyotga joriy etish buyicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (Shurtangaz kimyo majumasining 2022 yil 24 yanvardagi 589-son ma’lumotnomasi). Natijada, import qilinuvchi xorijiy SNPX preparatni, mahalliy «IK-XXS» seriyadagi korroziya ingibitorlari bilan almashtirish imkonini beradi.