Xudoyberdiyeva Anorabonu Hayotovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “G‘arb falsafasida ijtimoiy stratifikatsiya va ijtimoiy hamkorliknung o‘zaro bog ’liqligi”, 09.00.04 – ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fal702.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Sharipov Abduhakimjon Ziyoitdinovich, falsafa fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, RhD.03/27.02.2020.F.72.08.
Rasmiy opponentlar: Huseynova Abera Amanovna, falsafa fanlari doktori, professor; Karimov Bobir Sharopovich, sotsiologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi g‘arb falsafasida stratifikatsiya va ijtimoiy hamkorlik jarayonlarining o‘zaro aloqadorligini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
G‘arb falsafiy qarashlarda stratifikatsiya va hamkorlik to‘g‘risidagi ilmiy, falsafiy ta’limotlar zamonaviy umummetodologik, gnoseologik qarashlar va yondashishlarda berilgan qonuniyatlar mohiyatini insonrarvarlikka moslashtirish mexanizmlari ishlab chiqilgan;
Yangi O‘zbekistonda jamiyat hayotidagi yuz berayotgan keng miqyosli ijtimoiy jarayonlar orqali aholi tabaqalashuvining ob’yektiv jarayon sifatidagi tendensiyalari (turmush tarzining farovonlashuvi, tadbirkorlikning ijtimoiy harakatga aylanishi, inson kapitalining yuksalishi) va ijtimoiy hamjihatlik, ijtimoiy hamkorlik, ijtimoiy sheriklikdan iborat o‘ziga xos munosabat shakllarining amal qilishi asoslab berilgan;
ijtimoiy stratifikatsiya jarayonlarining mexanizmlarini o‘zida aks ettiruvchi tushunchalar “tenglik”, “maqom”, “mavqe” va ularni ifodalovchi sotsial hodisalarning jamiyat ijtimoiy tuzilishiga pozitiv ta’sirini oshirish uchun analitik baza bo‘lishi isbotlangan;
O‘zbekistonda rivojlanish va taraqqiyotni barqaror ta’minlashda stratifikatsion jarayonlar va ijtimoiy hamkorlikning o‘zaro aloqadorligi jamiyat taraqqiyotida inson faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qilishi, ijtimoiy himoyalash, umuminsoniy qadriyatlar va milliy manfaatlar ustuvorligiga erishishdagi ahamiyati asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. G‘arb falsafasida ijtimoiy stratifikatsiya va ijtimoiy hamkorlik to‘g‘risidagi zamonaviy umummetodologik, gnoseologik qarashlar va
yondashuvlarning jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
G‘arb falsafiy qarashlarda stratifikatsiya va hamkorlik to‘g‘risidagi ilmiy, falsafiy ta’limotlar zamonaviy umummetodologik, gnoseologik qarashlar va yondashishlarda berilgan qonuniyatlar mohiyatini insonrarvarlikka moslashtirish mexanizmlariga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan OT-F1-106 sonli “O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tabiiy-ilmiy va ijtimoiy-falsafiy merosining G‘arb olimlari tomonidan tadqiq etilishi” (2017-2020 yy) fundamental ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2022 yil 20 dekabrdagi 04/11-8303-son ma’lumotnomasi). Natijada, G‘arb falsafasida ijtimoiy stratifikatsiya va ijtimoiy hamkorlik to‘g‘risida yaratilgan ilmiy, falsafiy ta’limotlarning jamiyat ijtimoiy taraqqiyotidagi o‘rni va uning yo‘nalishlariga doir umummetodologik qarashlarning tizimlashtirilishiga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekistonda jamiyat hayotidagi yuz berayotgan keng miqyosli ijtimoiy jarayonlar orqali aholi tabaqalashuvining ob’yektiv jarayon sifatidagi tendensiyalari (turmush tarzining farovonlashuvi, tadbirkorlikning ijtimoiy harakatga aylanishi, inson kapitalining yuksalishi) va ijtimoiy hamjihatlik, ijtimoiy hamkorlik, ijtimoiy sheriklikdan iborat o‘ziga xos munosabat shakllarining amal qilishiga oid nazariy umumlashmalar, taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021-2022-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida, jumladan, “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini targ‘ib qilish, ushbu yo‘nalishdagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli va samarali tashkil qilish” 1-bandi “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”da belgilangan ma’naviy-ma’rifiy vazifalar ijrosini tizimli ta’minlash va samarali muvofiqlashtirib borish bo‘yicha barcha kengashlarning bu boradagi ish dasturlarini davr talablari asosida yangidan tuzish va uni amalga oshirilishini ta’minlash”da foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023 yil 11 yanvardagi 7-son ma’lumotnomasi). Natijada, stratifikatsion jarayonlar va ijtimoiy hamkorlikning o‘zaro aloqadorligini empirik tadqiqotlar orqali o‘rganilib, jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyatini singdirishga xizmat qilgan;
ijtimoiy stratifikatsiya jarayonlarining mexanizmlarini o‘zida aks ettiruvchi tushunchalar “tenglik”, “maqom”, “mavqe” va ularni ifodalovchi sotsial hodisalarning jamiyat ijtimoiy tuzilishiga pozitiv ta’sirini oshirish uchun analitik baza bo‘lishiga oid nazariy xulosalar va amaliy takliflardan O‘zbekiston Liberal-demokratik rartiyasining 2021-2022 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot va tashviqot ishlarida, jumladan, 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan IV. Rartiyaning ijtimoiy sohani rivojlantirish sohasida vazifalari ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati–O‘zbekiston liberal-demokratik rartiyasi Siyosiy kengashining 2023 yil 16 fevraldagi 01-27/50-son ma’lumotnomasi) Natijada, yosh avlodda mustahkam vatanrarvarlik g‘oyasi hamda qat’iy fuqarolik rozisiyasini shakllantirish, yoshlar sohasidagi muammolarga samarali yechimlar ishlab chiqish, vakolatli organlar faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirishni samarali amalga oshirishga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda rivojlanish va taraqqiyotni barqaror ta’minlashda stratifikatsion jarayonlar va ijtimoiy hamkorlikning o‘zaro aloqadorligi jamiyat taraqqiyotida inson faoliyati samaradorligini oshirishgaxizmat qilishi, ijtimoiy himoyalash, umuminsoniy qadriyatlar va milliy manfaatlar ustuvorligiga erishishdagi ahamiyatiga oid xulosalar va tavsiyalardan Buxoro viloyati teleradiokomraniyasining 2021-2022 yillarda efirga uzatilgan “Assalom Buxoro”, “Zamondosh” teleko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda hamda tadqiqotchi bilan bevosita suhbat uyushtirish jarayonini tasvirga olishda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokomraniyasining 2022 yil 13 dekabrdagi 311-son ma’lumotnomasi). Natijada, efirga uzatilgan ko‘rsatuvlar yoshlarni barkamol inson bo‘lib yetishish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga, teletomoshabinlarning ushbu masalalar yuzasidan kerakli ma’lumotlarni olish imkonini bergan, ularning ilmiyligi va ommaborligini oshishiga yordam bergan.