Aminova Nargiza Sharifovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Frensis Bekonning ilmiy-falsafiy me`rosi va uning hozirgi zamondagi ahamiyati” 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Fal800.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Salomova Hakima Yusupovna, falsafa fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, RhD.03/27.02.2020.F.72.08. 
Rasmiy opponentlar: Ro‘zmatzoda Qodirqul, falsafa fanlari doktori, professor; Ro‘zmatova Gulnoz Miraxrorovna, falsafa fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Frensis Bekonning ilmiy-falsafiy, ijtimoiy-tarixiy, siyosiy va axloqiy merosini hozirgi davrdagi ahamiyatini ilmiy-nazariy, ma’naviy-ma’rifiy jihatdan ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Yangi davr falsafasining asoschisi F.Bekon hayoti, ijodi va faoliyati o‘zbek tilida ilmiy-falsafiy yo‘nalishda birinchilardan aniqlashtirilgan hamda XVI asrning ikkinchi yarmi va XVII asr boshlarida Angliyada sodir bo‘lgan radikal islohotlarni muammoli tomonlarning faylasuf hayoti hamda ijodida aks etgani ochib berilgan;
Frensis Bekon ilmiy dunyoqarashining nazariy-falsafiy asoslarini nafaqat antik davr falsafasi, shuningdek Al-Qindiy, Forobiy, Ibn Rushd, Ibn Sino, Beruniy kabi Sharq mutafakkirlarining asarlari tashkil etishi asoslangan;
Frensis Bekon naturfalsafasining olamning asosi, inson va universum aloqalari kabi o‘ziga xos xususiyatlari ochib berilgan hamda induksiya metodi va uning yangi davr falsafasidagi dialektik xarakterga egaligi asoslab berilgan;
Frensis Bekonning tarix va shaxs muammolari, siyosiy institutlarning qonun ustuvorligi ostida faoliyat yuritishini ta’minlashga oid ijtimoiy-tarixiy va siyosiy qarashlari, aqlni unga xavf solib turgan idollardan va ongni sxolastik dogmalardan xalos etish kabi axloqiy-falsafiy g‘oyalarining hozirgi ijtimoiy-tarbiyaviy jarayonlar xarakteriga hamohang ekanligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Frensis Bekon ilmiy-falsafiy merosini tadqiq etish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida: 
Yangi davr falsafasining asoschisi F.Bekon hayoti, ijodi va faoliyati o‘zbek tilida ilmiy-falsafiy yo‘nalishda birinchilardan aniqlashtirilgan hamda XVI asrning ikkinchi yarmi va XVII asr boshlarida Angliyada sodir bo‘lgan radikal islohotlarni muammoli tomonlarning faylasuf hayoti hamda ijodida aks etganiga oid ilmiy natijalaridan “O`zbekiston” teleradiokanalining 2021-2022 yil yanvar, fevral, mart oylarida “Bedorlik”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon” eshittirishlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zMTRK “O‘zbekiston” teleradiokanalining davlat muassasasining 2022 yil 13 dekabrdagi 04-36-2039-son ma’lumotnomasi). Natijada, faylasufning ahloq, ilm, barkamol inson, demokratik jamiyat mavzulariga oid asarlari parchalarining ingliz tilidan o‘zbek tiliga qilingan tarjimalar tinglovchilarning falsafa tarixi va zamonaviy yo‘nalishlariga oid ilmiy-nazariy tadqiqotlarga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga, yoshlarning kamolotga erishishida umuminsoniy qadriyatlarga xos bo‘lgan ruh pokligi, sog‘lom fikr, adolat, vijdon sofligi, erkin fikrlash kabi konstruktiv g‘oyalarni ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazishga xizmat qilgan.
Frensis Bekon ilmiy dunyoqarashining nazariy-falsafiy asoslarini nafaqat antik davr falsafasi, shuningdek Al-Qindiy, Forobiy, Ibn Rushd, Ibn Sino, Beruniy kabi Sharq mutafakkirlarining asarlari tashkil etishiga doir ilmiy-nazariy xulosalari, taklif va tavsiyalari Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021-2022 yillarda o`tkazilgan tadbirlarda, ma’naviy- ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan “Oila, ta’lim tashkilotlari va mahallalarda ma’naviy tarbiyaniig uzviyligini ta’minlashga doir chora-tadbirlar” 11-bandi “Baxtli bo‘lishning 10 sharti” rukni ostida o‘quvchi-yoshlarda Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mehr-oqibatlilik, mas’uliyatlilik, bag‘rikenglik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik tayanch fazilatlari mazmun-mohiyatinn yoshlar oigi va qalbiga singdirish hamda ushbu fazilatlarni shakllantirish” mavzusida o‘tkazilgan targibot ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2022 yil 28 dekabrdagi 413-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalaridan mamlakatimiz yoshlarini intellektual salohiyatni yukslatirish orqali ularda gumanistik karashlarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
Frensis Bekon naturfalsafasining olamning asosi, inson va universum aloqalari kabi o‘ziga xos xususiyatlari ochib berilgan hamda induksiya metodi va uning yangi davr falsafasidagi dialektik xarakterga egaligiga oid xulosa va takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatida, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining 2022 yil 26 dekabrdagi 4-13-23-4484-son ma’lumotnomasi). Natijada, yosh avlodni insonparvarlik ruhida tarbiyalashga, ma’naviy barqarorlikka erishishga xizmat qilgan hamda targ‘ibot-tashviqot ishlar samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;
Frensis Bekonning tarix va shaxs muammolari, siyosiy institutlarning qonun ustuvorligi ostida faoliyat yuritishini ta’minlashga oid ijtimoiy-tarixiy va siyosiy qarashlari, aqlni unga xavf solib turgan idollardan va ongni sxolastik dogmalardan xalos etish kabi axloqiy-falsafiy g‘oyalarining hozirgi ijtimoiy-tarbiyaviy jarayonlar xarakteriga hamohang ekanligiga doir natijalardan, xulosa va takliflardan O‘zbekiston ekologik harakatining ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar dasturlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston ekologik harakatining 2022 yil 22 dekabrdagi 12/117-1-son ma’lumotnomasi). Natijada, yosh avlodning ekologik madaniyatni oshirish hamda tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish