Xakimova Dilorom Alisherovnaning
dissertatsiya himoyasisiz ixtiro patenti asosida
falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Avtokorxona ishchilari maxsus kiyimi uchun himoya qoplamasini berish texnologiyasini ishlab chiqish», 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/T116.
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Ilmiy rahbar: Qodirov To‘lqin Jumaevich, texnika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.27.06.2017.T.08.01.
II. Tadqiqotning maqsadi: ishchilar maxsus kiyimlari uchun fizik-mexanik va kimyoviy ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan mahalliy birikmalar asosida yangi, arzon va samarali himoya qoplamasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ishchilar maxsus kiyimi uchun ilk bor yangi mahalliy birikmalar asosida himoya qoplamasi yaratilgan (№IAP 05443-2017 y.);
ishchilar ish sharoitini va xavfli ta’sir etuvchi omillarni hisobga olgan holda maxsus kiyim emirilish topografiyasi (o‘ta kirlangan uchastkalar, biroz kirlangan va ishdan chiqqan uchastkalar) va ergonomik harakatlar kartasi (egilgan, bukchaygan, o‘tirish, qo‘lni ko‘tarish, yarim o‘tirish va tizzalash) ishlab chiqilgan;
taklif etilgan himoya qoplamasi bilan shimdirilgan paxta tolali gazlama strukturasining o‘zgarishlari infraqizil, ul`trabinafsha spektroskopiya, mikrofotografiya, elektron mikroskopiya, derivatogramma va sorbsion usullarini qo‘llash asosida aniqlangan;
yangi himoya tarkibni qo‘llab, raqobatbardosh maxsus kiyimlar to‘plamining sanoat namunalari yaratilgan.
IV. Ixtiroga patenti: «Himoya qoplamasini olish uchun tarkib», №IAP 05443-2017 y., O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2017 yil 19 sentyabrdagi 02-11/2470-son xulosasi.
V. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Himoya qoplamasi bilan ishlov berilgan maxsus kiyimlarni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Himoya qoplamasini olish uchun tarkib» asosida yaratilgan maxsus kiyim O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil` yo‘llari davlat qo‘mitasi tasarrufidagi «O‘zavtoyo‘l maxsus kiyim kechak» unitar korxonasiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil` yo‘llari davlat qo‘mitasining 2017 yil 4 dekabrdagi 05-4186-son ma’lumotnomasi). Natijada maxsus kiyimning ekspluatatsion ko‘rsatkichlari 4 oyga uzaytirish imkonini bergan;
tadqiqot natijalari bo‘yicha ishlab chiqilgan texnik shartlar va amaliy tavsiyalar O‘zbekiston Avtomobil` va daryo transporti agentligi tasarrufidagi “Toshshahartransxizmat” tarkibidagi avtokorxonalarga joriy etilgan va avtomobil` transporti sohasi faoliyatida qo‘llash uchun qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil` va daryo transporti agentligining 2017 yil 22 dekabrdagi 3/4685-son ma’lumotnomasi). Natijada ishchilar maxsus kiyimini qulayligi va himoya ko‘rsatkichlarining ortishi va kasb kasalliklarini 30% ga kamaytirish imkonini bergan;
ishlab chiqarilgan yangi maxsus kiyimlar O‘zbekiston Respublikasi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tasarrufidagi «Sotton Road» qo‘shma korxonasida himoya vositasi sifatida joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2018 yil 10 martdagi FJ-12-1464-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan resurstejamkor va gazlamaga maxsus xossalar berishning arzon va samarali usulini yaratish, himoya qoplamasi bilan ishlov berilgan maxsus kiyimni tayyorlash usullarini takomillashtirish imkoni yaratilgan.