Ximmataliev Do‘stnazar Omonovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kasbiy faoliyatga tayyorgarlikni diagnostika qilishda pedagogik va texnik bilimlar integratsiyasi” (Texnika oliy ta’lim muassasalarining “Kasb ta’limi” yo‘nalishlari misolida), 13.00.05–Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSc/Ped64.   

Ilmiy maslahatchi: Ismailova Zuxra Karabaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari  instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash  instituti, DSc.27.06.2017.Ped.48.01.

Rasmiy opponentlar: Muslimov Narzulla Alixonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Mardonov Shukurulla Qo‘ldoshevich,  pedagogika fanlari doktori, professor; Xakimova Muxabbat Fayzievna,  pedagogika fanlari doktori, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy.

II. Tadqiqotning maqsadibo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatga tayyorgarligini diagnostika qilishda pedagogik va texnik bilimlar integratsiyasini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

diagnostik mezonlar va pedagogik vositalarni integratsiyalash asosida ularning o‘zaro aloqadorligini ta’minlash orqali bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchisining kasbiy faoliyat tuzilmasi elementlari (mantiqiylik, innovatsionlik va o‘z-o‘zini boshqarish) mazmuni takomillashtirilgan;

bo‘lajak mutaxassislarning shaxsiy va kasbiy muhim sifatlarini shakllantirish bosqichlarini klassifikatsiyalash asosida nazariy, amaliy, ilmiy tadqiqot tayyorlov yo‘nalishlari bo‘yicha mobillik, reflekcivlik, integrativlik kabi kompetensiyalarni rivojlantirish mexanizmi takomillashtirilgan;

kompetensiyaviy talablarning parametrlari va sifat ko‘rsatkichlari majmui bo‘yicha pedagogik va texnik bilimlar integratsiyasini chuqurlashtirish hamda o‘quv-uslubiy ta’minotini optimallashtirish asosida umumkasbiy va ixtisoslik fanlarini o‘qitish metodikasi takomillashtirilgan;

ekspert baholash mezonlarini belgilash va ularning ob’ektivlik, integrativlik, qaytar aloqa o‘rnatish, psixologik moslashuvchanlik kabi tashkiliy-funksional imkoniyatlarini tizimlashtirish orqali bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorgarlik darajasini pedagogik diagnostika qilish usullari (spesifik tahlil, intensiv trening, muammoli vaziyat, nostandart test) takomillashtirilgan;

oliy ta’lim kasb ta’limi yo‘nalishlari bitiruvchilari malaka talablari va ularning kasbiy-pedagogik tayyorgarlik darajalarini tashxislashning analitik, loyihalash va prognostik komponentlari funksiyalarini integrativ muvofiqlashtirish asosida bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash konsepsiyasi mazmuni takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatga tayyorgarligini diagnostika qilishda pedagogik va texnik bilimlar integratsiyasi bo‘yicha tadqiqotlar asosida natijalar:

bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy-pedagogik tayyorgarlik darajasini aniqlashning optimallashtirilgan loyihalash, tashkiliy, kommunikativ, baholash-analitik va gnostik komponentlari mazmunidan va ekspert baholash mezonlarining ob’ektivlik, integrativlik, qaytar aloqa o‘rnatish, psixologik moslashuvchanlik kabi tashkiliy-funksional imkoniyatlaridan 2014 yil 12 avgustda “O‘zstandart” agentligi tomonidan tasdiqlangan oliy kasbiy ta’limning 1-2570-sonli Davlat ta’lim standarti talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan  (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 26 martdagi 89-03-1118-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif va tavsiyalar pedagogik vazifalarni hal qilishda ta’lim natijalarini diagnostika qilish, umumkasbiy va ixtisoslik fanlarini o‘zlashtirishning zarur darajalarini aniqlash bo‘yicha pedagogik muammolarini hal etishga xizmat qilgan;

pedagogik diagnostik mezonlar va vositalarni integratsiyalash orqali ularning o‘zaro aloqadorligini ta’minlash asosida bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchisining kompetensiyaviy talablari va sifat ko‘rsatkichlari majmui va kasbiy faoliyat tuzilmasi elementlaridan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 22 yanvardagi 29-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 5111000–Kasb ta’limi (5450200-“Suv xo‘jaligi va melioratsiya”, 5450400–“Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish”, 5410700–“Er tuzish va er kadastri”) bakalavriat yo‘nalishlarining malaka talablari va “Kasbiy pedagogika”, “Tarbiyaviy ishlar metodikasi”, “Kasbiy ta’lim metodikasi” va “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” fanlaridan o‘quv-metodik ta’minoti ishlab chiqilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 26 martdagi 89-03-1118-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchisini tayyorlash jarayonida umumkasbiy va ixtisoslik fanlari bilimlarini integrativ yondashuv asosida taqdim etishga xizmat qilgan;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24 maydagi PQ-3003-sonli “Qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlari uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroridagi belgilangan ustuvor vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida oliy ta’lim kasb ta’limi yo‘nalishlari bitiruvchilarining kasbiy-pedagogik tayyorgarlik darajalarini pedagogik tashxislashning tashkiliy funksiyalarini integratsiyalash hamda shaxsiy va kasbiy sifatlarni shakllantirish bosqichlarini klassifikatsiyalash asosida bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash konsepsiyasi mazmuni takomillashtirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 26 martdagi 89-03-1118-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini integrativ yondashuv asosida kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonining samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;

bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining ob’ektivlik, integrativlik, qaytar aloqa o‘rnatish, psixologik moslashuvchanlik kabi kasbiy-pedagogik tayyorgarlik darajalarini pedagogik tashxislashning analitik, loyihalash va prognostik komponentlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 18 noyabrdagi 49-sonli “Oliy ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasida innovatsion hamkorlikni amalga oshirishning tashkiliy masalalari”ga bag‘ishlangan maxsus Hay’at yig‘ilishi qarori mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 26 martdagi 89-03-1118-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar kasb-hunar ta’limi va ishlab chiqarish integratsiyasini  ta’minlashga xizmat qilgan;

oliy ta’lim kasb ta’limi tayyorlov yo‘nalishlari bitiruvchilarining pedagogik va texnik bilimlar integratsiyasini ta’minlash orqali mobillik, reflekcivlik, innovatsionlik va integrativlik kabi kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish mexanizmi bo‘yicha “Kasbiy faoliyatga tayyorgarlikni diagnostika qilishda pedagogik va texnik bilimlar integratsiyasi”, hammualliflikda “Modulli o‘qitish texnologiyasi imkoniyatlaridan foydalanish”, “Kasb-hunar ta’limi tizimining o‘quv-tarbiya jarayonini takomillashtirishda innovatsion ta’lim texnologiyalarining ahamiyati” nomli monografiyalar va “Umumkasbiy fanlardan izohli lug‘at” nashr qilingan, “Amaliy kasbiy ta’lim metodikasi”, “Kasbiy pedagogika” va “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” fanlari bo‘yicha o‘quv qo‘llanmada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 26 martdagi 89-03-1118-son ma’lumotnomasi). Mazkur o‘quv-uslubiy ta’minot bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining pedagogik kasbiy tayyorgarligini diagnostika qilishda pedagogik va texnik bilimlar integratsiyasini chuqurlashtirishga imkon beragan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish