Siddiqov G‘opurjon Usmonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston florasida o‘suvchi Scutellaria turkumiga oid S.phyllostachya va S.cordifrons o‘simliklarining ikkilamchi metabolitlari (ajratish, kimyoviy tuzilishi va biologik aktivligi)», 02.00.10–Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2017.3.PhD/K72.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Shavkat Voxidovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.27.06.2017.K.05.01.
Rasmiy opponentlar: Gafurov Maxmudjon Bakievich, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Mamadalieva Nilufar Zokirjonovna, kimyo fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Scutellaria sordifrons Juz. va Scutellaria ryllostachya Juz. o‘simliklarining flavonoidlarini ajratib olish, ularning kimyoviy tuzilishini, farmakologik hamda bo‘yoqli xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba O‘zbekistonda o‘suvchi Scutellaria ryllostachya Juz. va Scutellaria sordifrons Juz. o‘simliklaridan 26 ta flavonoidlar, shu jumladan, 14 ta glikozid va 12 ta aglikonlar ajratib olingan;
ajratilgan moddalarning 20 tasi flavon, 5 tasi flavanon va 1 tasi izoflavonlarga mansubligi aniqlangan;
kimyoviy va fizik-kimyoviy usullar vositasida yangi flavanonlarning kimyoviy tuzilishi (+)-5,2′-digidroksi-6,7,6′-trimetoksiflavanon, (+)-5,2′-digidroksi-6,7,8,6′-tetrametoksi flavanon ekanligi isbotlangan;
Scutellaria L. turkumiga oidikki tur o‘simlik ekstraktlari va flavonoidlarining bo‘yoqli xossalari hamda farmakologik faolligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Scutellaria turkumiga oid S. phyllostachya va S. cordifrons o‘simliklarining ikkilamchi metabolitlarini ajratish, ularning kimyoviy tuzilishi va biologik aktivligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Scutellaria rhyllostachya Juz. o‘simligidan ajratib olingan vogonin, xrizin va norvogonin moddalaridan FA-F7-T184 raqamli «O‘zbekiston florasi o‘simliklarining terpenoidlari va fenol birikmalari kimyosi» loyihasida S. adenostegia Briq. o‘simligidan olingan flavonoidlarni tahlil qilishda standart sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 13 fevraldagi 383-son ma’lumotnomasi). Natijada vogonin, xrizin va norvogonin moddalari S. adenostegia Briq. o‘simligi flavonoidlarini isbotlash imkonini bergan;
Scutellaria L. turlaridagi flavonoidlarning spektrlari tahlili natijalari xorijiy yetakchi ilmiy jurnallarda birikmalarni identifikatsiya qilish hamda tuzilishini aniqlashda foydalanilgan (Journal: Natural Product Reports. 2011, V. 28, № 10, ResearchGate, IF - 12.61; Journal: Tetrahedron, 2011, V. 67 № 23, ResearchGate, IF 3.04; Journal: Natural Product Research, 2014, V. 28, № 7. ResearchGate, IF - 0.93; Journal: BMC complementary and alternative medicine, 2017, V. 17, № 431, ResearchGate, IF - 2.94; Journal: Tetrahedron Letters, 2016, V. 57, № 30, ResearchGate, IF - 2.08; Journal: Chemical & Pharmaceutical Bulletin, 2011, V. 59, № 12, ResearchGate, IF - 1.56). Natijada ajratib olingan flavonoidlarning tuzilishini isbotlash imkonini bergan;
Scutellaria rhyllostachya Juz. va Scutellaria sordifrons Juz. turlari bo‘yicha nashr etilgan materiallardan Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon Etnomedisina muhandislik-texnik markazida Scutellaria L. turkimi flavonoidlarini xemosistematik tahlil qilishda foydalanilgan (Xitoy Xalq Respublikasi Shinjon Etnomedisina muhandislik-texnik markazining 2018 yil 3 yanvardagi ma’lumotnomasi). Natijada flavonoidlarning tuzilishini tavsiflash imkonini bergan;
Scutellaria rhyllostachya Juz. va Scutellaria sordifrons Juz. turlari bo‘yicha nashr etilgan materiallaridan Surgut davlat universitetida ajratib olingan flavonoidlarni tahlil etishda foydalanilgan (Surgut davlat universitetining 2018 yil 23 yanvardagi ma’lumotnomasi). Natijada fenolli birikmalar tuzilishini aniqlash imkonini bergan.