Xasanova Dilorom To‘ychievnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Pivo ishlab chiqarishni takomillashtirish va kimyoviy tarkibi asosida sinflash», 02.00.09–Tovarlar kimyosi (kimyo fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/K70.

Ilmiy rahbar: Asqarov Ibroxim Raxmonovich, kimyo fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.27.06.2017.K.05.01.

Rasmiy opponentlar: Ibragimov Alijon Aminovich, kimyo fanlari doktori, professor; Nishonov Mirkozim Fozilovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: pivo ishlab chiqarishni takomillashtirish va kimyoviy tarkibi asosida sinflashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

pivo turlari uchun tovar kodlarini alkogol miqdori, rang beruvchi moddalar tabiati va boshqa tarkibidagi kimyoviy moddalarning miqdori asosida belgilash ishlab chiqilgan;

pivo ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan suvni magnitlash orqali, solod tayyorlash jarayonida arpaning unib chiqishi va unish energiyasiga va sharbat tayyorlash jarayonida solodni qandlanishiga  ta’siri isbotlangan;

ilk bor shifobaxsh pivo ishlab chiqarishda konservativ ta’sir etuvchi para-ferrotsenilfenolning natriyli tuzini sintez qilish usuli takomillashtirilgan;

para-ferrotsenilfenolning natriyli tuzini tayyor mahsulotga qo‘shishni kamqonlik kasalligi profilaktikasi hamda pivo stabilligini oshishiga ijobiy ta’siri isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Pivo ichimligini kimyoviy tarkibi asosida sinflash va ishlab chiqarishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha och rangli pivolar uchun 2 ta: 2203 00010 1, 2203 00010 2; to‘q rangli pivolar uchun 2 ta: 2203 00010 3, 2203 00010 4 yangi tovar kodlari Davlat bojxona amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2018 yil 6 yanvardagi 1/16-7-son ma’lumotnomasi). Natijada kimyoviy tarkib asosida pivo mahsulotlarini sinflash imkonini bergan;

pivo mahsulotlarini rang ko‘rsatkichlarini aniqlash imkonini beradigan tezkor kolorimetrik usuli «O‘zstandart» agentligi Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish amaliyotiga joriy etilgan («O‘zstandart» agentligi Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot institutining 2018 yil 16 fevraldagi 06/192-son ma’lumotnomasi). Natijada pivo mahsulotlarini tezkor va sifatli tahlil qilish imkonini bergan;

pivo mahsulotlarining rang ko‘rsatkichini aniqlashda RGB rang shkalasi Davlat bojxona amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2018 yil 26 fevralidagi 1/16-56-son ma’lumotnomasi). Natijada bojxona faoliyatida pivo mahsulotlari ekspertizasi samaradorligini oshirish va tovar sertifikatiga mosligini aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish