Tobirov Odiljon Qobiljon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Geografik turizm va uning tabiiy geografik jihatlari (Farg‘ona vodiysi misolida)», 11.00.01–Tabiiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Gr217.
Ilmiy rahbar: Nigmatov Askar Nigmatullayevich, geografiya fanlari doktori, professor..
Dissertasiya bajarilgan muassasalar nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2021.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Boymirzayev Karimjon Mirzaaxmedovich, geografiya fanlari doktori, professor; Komilova Nargiza O‘rinovna, geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona vodiysida geografik turizmni tabiiy geografik jihatlari zamonaviy GAT texnologiyalari asosida baholashning ilmiy-amaliy asoslarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
geotizimlar geografik turistik rayonlashtirish maqsadida global, subglobal, regionlararo, regional, subregional va lokal tasnifiy guruhlarga ajratilgan va ularning geografik jihatlari aniqlangan;
Farg‘ona vodiysi tabiat komponentlarini GAT yordamida geografik turizm uchun alohida va kompleks baholash metodologiyasi ishlab chiqilgan hamda ushbu metodologiya dala­ekspedisiya tadqiqotlari bilan aniqlashtirilgan;
tabiiy geografik ko‘rsatkichlar asosida mintaqa bo‘yicha 7 ta turistik-rekreatsion zona va 18 ta klasterlar ajratilgan hamda ArcGIS va QGIS dasturlari yordamida 1:1 200 000 masshtabli avtomatik kartalari yaratilgan;
mintaqaning turistik-rekreatsion zona va klasterlarini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Geografik turizm va uning tabiiy geografik jihatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
geotizimlar geografik turistik rayonlashtirish yuzasidan ajratilgan tasnifiy guruhlar va ularning aniqlangan geografik jihartlaridan O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2022-yil 20-sentyabrdagi 04-18/5037-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, turistik-rekreatsion mintaqa, zona va klasterlar tizimi orqali hududlarni turistik rayonlashtirish imkonini bergan;
geografik axborot tizimlar yordamida geografik turizm uchun alohida va kompleks baholash metodologiyasi O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2022-yil 20-sentyabrdagi 04-18/5037-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tabiat komponentlarini zamonaviy texnologiyalar yordamida turistik imkoniyatlarini operativ baholash imkonini bergan;
mintaqa bo‘yicha ajratilgan 7 ta turistik-rekreatsion zona va 18 ta klasterlar hamda larning kartalari O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2022-yil 20-sentyabrdagi 04-18/5037-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, muayyan hududlarda turistik-rekreatsion zona va klasterlarni zamonaviy texnologiyalar yordamida ajratish imkonini bergan;
mintaqaning turistik-rekreatsion zona va klasterlarini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2022-yil 20-sentyabrdagi 04-18/5037-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, hududlarning turistik imkoniyati va tabiiy geografik hususiyatlarini inobatga olgan holda chora-tadbirlar ishlab chiqish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish