Sirojov Oybek Ochilovichning

fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Markaziy Osiyodagi mintaqaviy hamkorlik jarayonlarida O‘zbekiston manfaatlari», 23.00.02–Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.DSc/Siyos13.

Ilmiy maslahatchi: Atamuratov Sadulla, falsafa fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc29.08.2017.S.01.08.

Rasmiy opponentlar: Ergashev Ibodulla, siyosiy fanlar doktori, professor; Boboqulov Inomjon Ibragimovich, yuridik fanlar doktori; Nazarov Nasriddin Ataqulovich, siyosiy fanlar doktori.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Markaziy Osiyodagi hamkorlik jarayonlarida O‘zbekiston manfaatlarining siyosiy xususiyatlarini ochib berish hamda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga doir ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

«hamkorlik», «ikki tomonlama hamkorlik», «ko‘p tomonlama hamkorlik»,  «mintaqaviy hamkorlik» tushunchalari siyosiy-nazariy jihatdan tavsiflanib, ularning davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish mexanizmi sifatidagi maqomi aniqlangan;

jahonda kechayotgan jadal o‘zgarishlar va turli ziddiyatlar  sharoitida davlatlararo munosabatlarda nafaqat integratsiya balki, ko‘p tomonlama hamkorlik ham ularning barqaror rivojlanishini ta’minlaydigan muhim omil ekanligi ochib berilgan;

Markaziy Osiyoda O‘zbekiston manfaatlarini (transport-kommunikatsiya tizimida, Markaziy Osiyo bozorida o‘z o‘rniga ega bo‘lish va mintaqadagi mavjud tabiiy boyliklarni dunyo bozoriga olib chiqish; qo‘shnilar bilan  yaqin dengiz yo‘liga chiqish borasida hamkorlik) amalga oshirish omillari (Buyuk ipak yo‘lini qayta tiklash, O‘zbekiston chegaralari orqali mintaqadagi barcha davlatlarni bog‘lab turishi) ilmiy asoslangan;

mintaqadagi hamkorlikni muctahkamlashda o‘zaro tenglik va manfaatdorlikka asoslangan siyosatni amalga oshirish imkoniyatlari (energiya resurslarini birgalikda qayta ishlash, mintaqaviy turizmni rivojlantirish, xalq diplomatiyasini kuchaytirish) ko‘rsatib berilgan;

mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishda mintaqa yoshlarini faollashtirish mexanizmlari  (yoshlar tashkilotlari o‘rtasida mintaqaviy hamkorlik bitimlarini imzolash, Markaziy Osiyo Yoshlar assotsiatsiyasini tuzish) ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Markaziy Osiyoda hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:

ilmiy ishdagi siyosiy-nazariy jihatdan tavsiflangan «hamkorlik», «ikki tomonlama hamkorlik», «ko‘p tomonlama hamkorlik», «mintaqaviy hamkorlik» tushunchalaridan, ularning davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish mexanizmi sifatidagi aniqlangan maqomi, Markaziy Osiyoda O‘zbekiston manfaatlarini amalga oshirish imkoniyatlari kabi yangiliklaridan xalqaro munosabatlar bo‘yicha axborot-tahliliy Markazning O‘zbekiston Resublikasining Markaziy Osiyodagi tashqi siyosati tahliliga bag‘ishlangan informatsion-analitik materiallarda foydalanilgan (Xalqaro munosabatlar bo‘yicha axborot-tahliliy markazning 2017 yil 28 dekabrdagi 10/143-son ma’lumotnomasi). Natijada bu Markazning asosiy yo‘nalishiga doir monitoring jarayoni va mavzu doirasidagi tahliliy materiallarning sifatini oshishiga imkonini bergan;

ilmiy tadqiqot ishidagi Turkmaniston, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish uchun ularda mavjud energiya resurslarini xorijga sotishda, qayta ishlashda hamkorlik qilishi, Tojikiston va Qirg‘iziston bilan hamkorlikni rivojlantirish uchun mintaqaviy turizm klasterlarini yaratish masalasi va kelajakda hamkorlik ko‘proq o‘sib kelayotgan yoshlar bilan bog‘liqligini inobatga olib, mintaqa yoshlari o‘rtasida Markaziy Osiyo Yoshlar assotsiatsiyasini tuzish g‘oyalaridan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2017 yil 26 oktyabrdagi 02/43257-son ma’lumotnomasi). Natijada bu Vazirlikni mintaqada ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish borasidagi faoliyatiga ijobiy ta’sir etish imkonini bergan;

jahonda kechayotgan jadal o‘zgarishlar va turli ziddiyatlar  sharoitida ochib berilgan davlatlararo munosabatlarda nafaqat integratsiya,  balki ko‘p tomonlama hamkorlik ham ularning barqaror rivojlanishini ta’minlaydigan muhim omil ekanligidan va bu konseptual g‘oya asosida Markaziy Osiyo mintaqasidagi davlatlarning o‘zaro hamkorligi umummanfaatlarga xizmat qilishi kabi yangiligidan Markazning O‘zbekiston Resublikasining Markaziy Osiyodagi tashqi siyosati tahliliga bag‘ishlangan infarmatsion-analitik materiallarda foydalanilgan (Xalqaro munosabatlar bo‘yicha axborot-tahliliy markazning 2017 yil 28 dekabrdagi 10/143-son ma’lumotnomasi). Natijada,  bu Markazning asosiy yo‘nalishiga doir monitoring jarayoni va informatsion bazasining boyishi imkonini bergan;

ilmiy tadqiqotdagi asoslab berilgan mintaqadagi hamkorlikni muctahkamlashda o‘zaro tenglik va manfaatdorlikka asoslangan siyosatni amalga oshirish imkoniyatlari (xalq diplomatiyasini kuchaytirish) kabi yangiligidan Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitaning istiqbolli yo‘l xaritasini shakllantirishda foydalangan (Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari Qo‘mitasining 2018 yil 1 martdagi 03-08-289-son ma’lumotnomasi). Natijada Qo‘mitaning mintaqa bo‘yicha xalq diplomatiyasi kuchayishiga xizmat qiladigan ilmiy yondashuvni takomillashtirish imkonini bergan;

tadqiqot ishida mintaqadagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan energiya resurslarini Turkmaniston, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida birgalikda qayta ishlash va eksport qilishda hamkorlik strategiyasini ishlab chiqish taklifi tashkilotning 2017–2021 yillar rivojlanish dasturining 2.1. Ustyurt, Buxoro-Xiva, Surxondaryo va Farg‘ona hududlaridagi konlarda tabiiy gaz, neft`, kondesat qazib olish va suyultirilgan gaz ishlab chiqarishni oshirishga va ob’ektlarning rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishga qaratilgan bandini tuzishda foydalanilgan («O‘ZNEFTGAZQAZIBCHIQARISH» AKning 2016 yil 23 dekabrdagi 812-NM-985t-son ma’lumotnomasi). Natijada bu tashkilotning boshqa tashkilotlar bilan mintaqaviy hamkorlini rivojlantirish imkonini bergan;

ishlab chiqilgan mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishda mintaqa yoshlarini faollashtirish mexanizmlari  (yoshlar tashkilotlari o‘rtasida mintaqaviy hamkorlik bitimlarini imzolash) kabi yangiliklaridan Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining istiqbolli yo‘l xaritasini shakllantirishda foydalanildi (Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2018 yil 1 martdagi 03-08-289-son ma’lumotnomasi). Natijada bu Qo‘mitaning 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining beshinchi ustuvor yo‘nalishi – xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanish imkonini bergan;

dissertatsiyada ilgari surilgan yaxshi qo‘shnichilik, mintaqadagi hamkorlikdan O‘zbekiston manfaatdorligi, mintaqada tinchlikni saqlash borasidagi takliflardan Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazning 2016 yilga mo‘ljallangan ish rejasining VII «Milliy, diniy qadriyatlar, ularning jamiyat hayotiga ta’siri va yoshlarimizning ongini zaharlab, ma’naviy jihatdan qaram etishga qaratilgan mafkuraviy harakatlarga qarshi samarali kurash olib borishdagi o‘rni masalalariga yo‘naltirilgan amaliy tavsiyalar tayyorlash» bandida foydalanilgan (Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazining 2016 yil 12 dekabrdagi 402-son ma’lumotnomasi). Dissertatsiya ilmiy natijalaridan Markazning ish rejasi hamda ilmiy loyihalari bajarilishida foydalanilishi, respublika ta’lim tizimida mustaqil dunyoqarashga ega mutaxassislarni tayyorlash va tolerant fuqaroni tarbiyalashga ko‘maklashish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish