Dabilov Perdeg‘aliy Abatbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpoq she’riyatida lirik qahramon obrazining yaratilish xususiyatlari (T.Matmuratov va K.Raxmanov she’riyati misolida)”, 10.00.12–Qoraqalpoq adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B 2017.3PhD/Fil266.
Ilmiy rahbar: Allambergenov Kengesbay, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muasasa nomi, IK Raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlar: Jarimbetov Qurbanbay Kudaynazarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Bekbergenova Ziyada Utepovna, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:hozirgiqoraqalpoq she’riyatining nazariy masalalarini yoritish orqalilirik qahramon obrazining yaratilish xususiyatlarini T.Matmuratov va K.Raxmanov poeziyasi asosida aniqlash va tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
adabiyotshunoslikda shakllangan ilmiy-nazariy qarashlar asosida qoraqalpoq she’riyatidagi lirik qahramon obrazi ijodkor ruhiyati va badiiy-estetik qarashlarining poetik sintezi ekanligi asoslangan;
poetik asarlarda shoir ichki kechinmalari bilan botiniy dunyosi aks ettirilgan personaj tuyg‘ularini uyg‘un holda tasvirlash natijasida muallif va lirik qahramon obrazining umumlashma tipi yaratilishi aniqlangan;
qoraqalpoq she’riyatida asarning syujet, konflikt va kompozisiya kabi ichki komponentlari lirik qahramon obrazining mukammalligini ta’minlovchi asosiy vosita vazifasini bajarishi isbotlangan;
lirik qahramonning ijtimoiy-hayotiy faolligini tasvirlashda psixologik dramatizmdan foydalanish K.Raxmanov va T.Matmuratov poeziyasida badiiy obraz yaratishning yetakchi xususiyati ekanligi dalillangan;
qiyosiy-tipologik tahlil usuli vositasida lirik qahramon timsolini individuallashtirish qoraqalpoq shoirlari poeziyasida lirik va liroepik obraz yaratishning bosh mezoni vazifasini bajarganligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoraqalpoq poeziyasidagi lirik qahramon obrazining o‘ziga xos xususiyatlari va ijodkor badiiy mahoratini o‘rganish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
qoraqalpoq shoirlari, jumladan, T.Matmuratov va K.Raxmanov adabiy merosining milliy o‘zlikni anglashdagi ahamiyati va ular yaratgan lirik qahramon obrazining yosh avlod ma’naviy olamini boyitishdagi roliga doir ilmiy qarashlardan «Qoraqalpog‘iston» teleradiokompaniyasi teleko‘rsatuvlari hamda radioeshit-tirishlari senariylarida da foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining 2017 yil 25 dekabrdagi 01-02/541-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi keng xalq ommasining badiiy adabiyotga qiziqishini yanada kuchaytirish va kitobxonlik madaniyatini o‘stirishga xizmat qilgan;
hozirgi qoraqalpoq she’riyatida badiiy tafakkurning yangilanishiga doir nazariy qarashlar Qoraqalpog‘iston yozuvchilar uyushmasining anjumanlari, davra suhbatlari hamda yosh iste’dodlar mahoratini oshirishga bag‘ishlangan seminarlarda bayon qilingan (Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasining 2017 yil 25 sentyabrdagi 99-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh shoirlarning lirik qahramon obrazini tasvirlashdagi badiiy mahorati takomillashtiriishga xizmat qilgan;
lirik qahramonning ijtimoiy-hayotiy faolligini tasvirlashda psixologik dramatizm bo‘yicha materiallar Berdaq Milliy muzeyida taniqli qoraqalpoq shoirlari T.Matmuratov va K.Raxmanovlaring hayoti va adabiy meroslari bo‘yicha ko‘rgazma tashkil etishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2018 yil 12 yanvardagi 2-01/48-son ma’lumotnomasi). Shu orqali shoirlar ijodining o‘ziga xosligi, poetik asarlarida yaratilgan lirik qahramonlar obrazining komil inson tarbiyasidagi roli va ahamiyati bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishda imkoniyat yarangan.