Yusubov Jamshid Qadamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda davlat xizmati sohasida kadrlar tayyorlash tizimining takomillashtirilishi», 23.00.02–Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Siyos14.
Ilmiy rahbar: Quranboev Qahramon Qo‘chqorovich, siyosiy fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc29.08.2017.S.01.08.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Narzulla Qosimovich, siyosiy fanlar doktori, professor;Ravshanov Fazliddin Ravshanovich,siyosiy fanlar doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mamlakatimizda davlat xizmati kadrlari faoliyati bilan bog‘liq jarayonlarni siyosiy fanlar maqsad va vazifalari nuqtai nazaridan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda davlat xizmati sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirishning yangi bosqichi xususiyatlari, nazariy-metodologik jihatlari asoslangan;
O‘zbekistonda davlat xizmatlarini tezkorlik va samarali amalga oshirishning fuqaro nazorati tizimi, aholi bilan aloqalarni kuchaytirish kabi yo‘llari asoslangan;
kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishning prognozlashtirish va rejalashtirish, davlat xizmatida vorisiylikni saqlash, yangilash, miqdoriylikdan sifat ko‘rsatkichlariga o‘tish omillari asoslab berilgan;
davlat xizmati kadrlarni tayyorlashda ma’muriy ta’sir vositalari, salbiy mexanizmlarni qisqartirish va tashkilotning ichki imkoniyatlarini (an’analari, qoidalari, qadriyatlari) kengaytirish, mehnatni rag‘batlantirish kabi tashkiliy strategiyasi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda davlat xizmati sohasida kadrlar tayyorlash tizimining takomillashishini o‘rganish yuzasidan ishlab chiqilgan amaliy taklif va tadqiqot natijalari asosida:
dissertatsiyadagi davlat xizmati kadrlarining faoliyati, burch va vazifalari, mehnat faoliyatining majburiyatlari, me’yorlari va ularning mezonlarini ishlab chiqish hamda mazkur sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ishchi guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Davlat xizmati to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2018 yil 9 apreldagi 06-16/397-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur Qonun loyihasidagi “davlat xizmati”, “davlat xizmati sohasi”, “davlat xizmatchisi” kabi tushunchalarning mazmun-mohiyatini ochib berish, davlat xizmatchisining huquq va majburiyatlarini aniqlashtirishga xizmat qilgan;
A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziy instituti tinglovchilarining davlat xizmatiga oid malakalarini oshirish jarayonida foydalanilib, dissertatsiya natijalari asosida “Mutaxassis salohiyati” mavzusida sotsiologik so‘rovnoma o‘tkazilgan. Tadqiqot natijasida olingan taklif, tavsiya va xulosalar davlat xizmati xodimlarining muloqot qila olish malakasi, boshqaruv tizimiga strategik yondashuv, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni o‘zlashtira olish, shaxsiy javobgarlik, faoliyatga tanqidiy baho berish, qat’iy tartib-intizom, tashabbuskorlik hamda tashkilotchilik qobiliyati va ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 17 oktyabrdagi 01-02/1-7-445-son ma’lumotnomasi). Natijada xalq ta’limi muassasalari davlat xizmati sohasidagi kadrlar, rahbarlar va xodimlarning xizmat jarayoniga oid hamda zahira kadrlarini shakllantirishga oid bilimlarini oshirish, ularning ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy salohiyatini yanada yuksaltirishga erishilgan;
2014 yildan boshlab “O‘zbekiston” telekanalining “Sharh” teleko‘rcatuvi hamda 2016 yildan boshlab “Munosabat” teleko‘rsatuvlari ssenariysini tayyorlash va efirga uzatishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2017 yil 9 oktyabr` 02-16/4272-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari yoshlarning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsadi, mazmun-mohiyati bilan yaqindan tanishtirishga hamda ularning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy sohaga oid bilimlari va dunyoqarashini shakllantirishga xizmat qilgan.