Abdimuminov Oybek Bektemirovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar:

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan munosabatlari tarixi”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: V.2017.3.PhD/Tar199.

Ilmiy rahbar: Raximov Mirzoxid Akramovich, tarix fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti. DSc.06.01.2018. Tar.56.01.

Rasmiy opponentlar: Murtazaeva Rahbar Hamidovna, tarix fanlari doktori, professor; Nuriddinov Erkin Zuhriddinovich, tarix fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: 1991–2017 yillarda O‘zbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan hamkorlik aloqalari tarixini yoritib berish.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlar bilan ijtimoiy-siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy hamkorligi dinamikasi yoritib berilgan;

BMTni isloh etish muammolari va bu borada O‘zbekistonning tashkilotni bosqichma-bosqich rivojlantirish, shu jumladan, BMT Xavfsizlik Kengashi doimiy a’zolari safini kengaytirish, Bosh kotib vakolatlarini kuchaytirish kabi takliflari ko‘rsatib berilgan;

O‘zbekiston Respublikasining BMT bilan o‘zaro hamkorligining transformatsiya jarayonlarining ijobiy jihatlari hamda amalga oshirilgan dasturlar hamda loyihalardagi kamchiliklar va ularni bartaraf etish masalalari asoslab berilgan;

Markaziy Osiyo mintaqasi muammolari hamda bu borada O‘zbekiston va BMT hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari, mintaqada barqaror taraqqiyot va tinchlikni ta’minlash borasidagi masalalar ochib berilgan;

O‘zbekistonning BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari bilan gumanitar sohadagi, xususan, fan, ta’lim, madaniyat va turizm yo‘nalishlaridagi  o‘zaro munosabatlari yoritib berilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘zbekiston Respublikasining BMT bilan munosabati tarixi tadqiqoti davomida olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:

O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar, xususan BMT bilan hamkorligining asosiy yo‘nalishlari,  o‘zaro munosabatlari, tashkilotni isloh etish zaruriyati va muammolari borasida O‘zbekiston Respublikasining takliflarini ko‘rsatib berishga oid ilmiy natijalardan Germaniyaning Bilefel`d universitetida bajarilgan “Mintaqaviy va mintaqalararo hamkorlik modellari: Markaziy Osiyo, uning qo‘shnilari va Evropa (2012-2015)” loyihasida foydalanilgan. (Bilefel`d universitetining 2017 yil 18 iyuldagi ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi O‘zbekistonning BMT bilan Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va barqarorlikni ta’minlash masalalari yuzasidan hamkorligining asosiy jihatlarini xalqaro miqyosda ko‘rsatib berishga xizmat qilgan;

O‘zbekiston Respublikasi va xalqaro tashkilotlarning o‘zaro ko‘ptomonlama munosabatlari, xususan, BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari bilan ijtimoiy-siyosiy, madaniy-gumanitar yo‘nalishdagi hamkorligiga oid masalalar dissertant ishtirokida tayyorlangan “O‘zbekiston Respublikasining eng yangi tarixi” darsligini yaratishda foydalanilgan (№603-127, 24.08.2017 y). Natijalarining joriy qilinishi O‘zbekistonning BMT, YuNESKO kabi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy bilimlarni  rivojlantirish imkonini bergan;

murakkab xalqaro jarayonlar sharoitida O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosati va xalqaro aloqalari yo‘lga qo‘yilishining tahlili, jahonning rivojlangan mamlakatlari, xalqaro tashkilotlari bilan ikki va ko‘p tomonlama munosabatlarning o‘rnatilishi jarayonlari, O‘zbekistonning BMTga a’zo bo‘lishi va uning tarixiy ahamiyati, tashkilot doirasidagi global va mintaqaviy tashabbuslar, shu asosida mamlakat xalqaro nufuzining oshishi kabilarni tarixiy faktlar asosida ochib berish masalalari FA-F8-042-raqamli “O‘zbekistonning mustaqillikka erishish tarixi (1985–1991 yy.)” nomli fundamental loyihada foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 17 noyabrdagi FTA-02-11/1105-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi O‘zbekiston Respublikasining eng yangi tarixi, jumladan, zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimida mamlakatning tashqi siyosati, nufuzli xalqaro tuzilmalar, xususan, BMT bilan ko‘p tomonlama munosabatlarining ustuvor yo‘nalishlari tarixini o‘rganish va tahlil qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish