Ruzibaev Akmal Rashidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Distansion va kontakt litotripsiya infeksion-yallig‘lanish asoratlarining profilaktikasi», 14.00.31 – Urologiya (tibbiyot fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2. PhD/Tib1297.
Ilmiy rahbar: Akilov Farxad Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12. 2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Gaybullaev Asilbek Asadovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Axmedov Rustam Nosirovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: «Akademik I.P.Pavlov nomidagi Birinchi Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universiteti» Federal davlat byudjet oliy ta’lim muassasasi (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik
II. Tadqiqotning maqsadi: tashrixdan keyingi infeksion-yallig‘lanishli asoratlarning chastotasi va og‘irlik darajasini kamaytirish orqali distansion hamda kontakt litotripsiya natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
distansion litotripsiyada siydik yo‘llari infeksiyasi va uni qo‘zg‘atuvchisi turiga, konkrementning joylashuvi, o‘lchamlari hamda zichligiga, shuningdek semizlik va qandli diabet kasalligi mavjudligiga, jinsga, bog‘liq holda infeksion-yallig‘lanishli asoratlar rivojlanishining asosiy prediktorlari aniqlangan;
endoskopik kontakt litotripsiyada siydik yo‘llari infeksiyasining hamda patogen floraning turi, toshga kirib borish yo‘li, operatsiya vaqtining davomiyligi, tashrix vaqtidagi va tashrixdan keyingi turli hil asoratlarni hisobga olgan holda infeksion-yallig‘lanishli asoratlarni rivojlanishining havf omillari aniqlashtirilgan;
o‘tkir asoratlangan pielonefrit va urosepsisning rivojlanishi ekstrakorporal zarba-to‘lqinli litotripsiyaning siydik nayidagi 8 mmdan katta o‘lchamdagi yoki zichligi yuqori bo‘lgan toshni maydalash, shuningdek infeksiya fonida bartaraf etilmagan obstruksiya kabi jihatlari bilan bog‘liqligi isbotlangan;
distansion litotripsiyadan keyin asoratlar rivojlanishini istisno qilishga, endoskopik kontakt litotripsiyadan keyin esa ularning chastotasi va og‘irlik darajasini pasaytirishga imkon bergan asoratlangan pielonefrit va urosepsis rivojlanishining ajratilgan havf omillari klinik ahamiyati ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Distansion va kontakt litotripsiyaning infeksion-yallig‘lanishli asoratlarini oldini olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Urolitiaz endoskopik xirurgiyasining infeksion-yallig‘lanishli asoratlarini oldini olish chora-tadbirlari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan («Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM» DM Ekspert kengashining 2023 yil 02 martdagi 2x/4-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar endoskopik kontakt litotripsiyadan keyingi infeksion-yallig‘lanishli asoratlarni rivojlanishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirishga, bu esa asoratlangan pielonefritning chastotasi va og‘ir kechish xolatlarini sezilarli darajada kamaytirishga va urosepsis rivojlanishini istisno qilishga imkon bergan;
siydik-tosh kasalligini davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlashning amaliy faoliyatiga, xususan, “Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” davlat muassasasiga hamda Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm filialiga joriy etilgan («Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM» DM Ekspert kengashining 2023 yil 02 martdagi 2x/4-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish infeksion-yallig‘lanishli hamda boshqa mumkin bo‘lgan tashrix vaqtidagi, tashrixdan keyingi asoratlarni oldini olish choralari ko‘rilgani hisobiga ekstrakorporal zarba-to‘lqinli litotripsiyasidan keyingi asoratlangan pielonefrit rivojlanish chastotasini kamaytirishga, endoskopik kontakt litotripsiyadan keyin esa, uning chastotasini 18,6% dan 8,6% gacha pasaytirishga va bemorlarning shifoxonada bo‘lish davomiyligini 9,13 dan 6,42 kungacha qisqartirishga imkon bergan.