Aslanova Nozima Xakimovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida matnni o‘qish va tushunish kompetensiyalarini shakllantirishning innovatsion pedagogik texnologiyalari, 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Ped3814. 
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Samiyeva Shaxnoz Xikmatovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04.
Rasmiy opponentlar: Hamroyev Alijon Ro‘ziqulovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Jabborova Dilafruz Furqatovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida matnni o‘qish va tushunish kompetensiyalarini shakllantirishning innovatsion pedagogik texnologiyalarini ilmiy-nazariy jihatdan takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini, turli xususiyatga ega bo‘lgan badiiy va axborotli matnlar mazmunini anglash kompetensiyalarini integrativ ijodiy topshiriqlar asosida rivojlantirish, o‘quvchilarni kitobxonlikka qiziqtirishning motivatsion intellektual imkoniyatlarining ijtimoiy-pedagogik zaruriyati asoslangan; 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida matnni o‘qish va tushunish kompetensiyalarini shakllantirishda samarali bo‘lgan hissiy, irodaviy omillar, anglash usullarini qo‘llashning klasterli modeli mazmunan takomillashtirilgan;
matnni o‘qish va tushunish kompetensiyalarini modellashtirilgan tizimini shakllantirish asosida o‘quvchilarni badiiy adabiyot mutolaasiga qiziqtirishga yo‘naltirilgan innovatsion pedagogik texnologiyalarning samaradorligi aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida matnni o‘qish va tushunish kompetensiyalarini maqsadli shakllantirish orqali ularda kommunikativ ko‘nikmalar (lug‘at boyligi)ni rivojlantirishning retrospektiv usullari takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida matnni o‘qish va tushunish darajasini shakllantirishning innovatsion pedagogik texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar quyidagi shakllarda joriy qilindi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini, turli xususiyatga ega bo‘lgan badiiy va axborotli matnlar mazmunini anglash kompetensiyalarini integrativ ijodiy topshiriqlar asosida rivojlantirishga oid taklif va tavsiyalar “Innovatsion ta’lim texnologiyalari va metodlari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 13-maydagi 166/2-001-son guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘quvchilarning nutqini o‘stirish bo‘yicha manbalar va resurslar kengaytirilgan;
matnni o‘qish va tushunish kompetensiyalarini modellashtirilgan tizimini shakllantirish asosida o‘quvchilarni badiiy adabiyot mutolaasiga qiziqtirishga yo‘naltirilgan innovatsion pedagogik texnologiyalarning samaradorligini oshirishga 
oid tadqiqot natijalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Assalom Buxoro”, “Najot bilimda” teleko‘rsatuvlarini tayyorlashda, televideniye jamoasining sohaviy ishlarida, xususan, madaniy yo‘nalishdagi ko‘rsatuvlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston MTRK Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 1/283-son ma’lumotnomasi). Natijada, teleko‘rsatuv uchun tayyorlangan materiallar mazmunining ilmiy dalillar bilan boyitilishi, shuningdek, ilmiy-ommabopligi hamda yangi statistik ma’lumotlar bilan to‘ldirilishiga xizmat qilgan;
o‘quvchilarda matnni o‘qish va tushunish kompetensiyalarini shakllantirish uchun ularni badiiy adabiyot mutolaasiga qiziqtirishga yo‘naltirilgan ko‘rsatmalardan Jizzax politexnika institutining “Akademik innovatsiyalar fondi” granti (2019-2022 yy) AIF¼ “O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish markazi va elektronikadan qo‘shma laboratoriya yaratish” mavzusidagi loyihaning “Mutolaaning shaxs ma’naviy tarbiyasi hamda ijtimoiy-hissiy shakllanishidagi ahamiyati” qismini bajarishda foydalanilgan (Jizzax politexnika institutining 02-1210-1204–son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishda badiiy asar qahramonlarning ijobiy fazilatlari va ularning xulq atvori, qahramonlarning xarakterida uchraydigan mehnatsevarlikka oid xususiyatlar namunasi, badiiy asar mutolaasining shaxs ma’naviy tarbiyasi hamda ijtimoiy-hissiy shakllanishini amalga oshirishda xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish