Daminova Shaxnoza Badriddinovnaning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali gepatit V kasalligi bor bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarini bashoratlash, profilaktika qilish va davolash», 14.00.21–Stomatologiya; 14.00.10–Yuqumli kasalliklar (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Tib96.

Ilmiy maslahatchilar: Yuldoshxanova Azoda Satvoldievna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Inoyatova Flora Il`yasovna, tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSs.28.12.2017.Tib.59.01.

Rasmiy opponentlar: Sokolovich Natal`ya Aleksandrovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Gulyamov Sur’at Saidvalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ibadova Gulnara Alievna, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Yonsey universiteti (Seul, Janubiy Koreya).

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

P.Tadkiqotning maqsadi: surunkali gepatit V kasalligi bor bolalarda klinik-immun-mikrobiologik statusining tahlili asosida og‘iz bo‘shlig‘i a’zolari kasalliklarini oldini olish va davolash algoritmlarini ishlab chiqish hamda davo va profilaktik chora-tadbirlari taktikasini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor surunkali V gepatiti bilan kasallangan bolalarning stomatologik holatiga klinik-biokimyoviy, immun-mikrobiologik, sitologik baho berilib, asosiy stomatologik kasalliklarning kechish xususiyatlari aniqlangan;

surunkali gepatit V fonida og‘iz bo‘shlig‘i a’zolarining mikrobiotsenozi holati va uning fiziologik o‘z-o‘zini tozalash jarayonlari darajasi va mazkur holatning o‘zaro aloqadorligi esa jigarda patologik jarayonlarni reaktivatsiyasiga olib kelishi isbotlangan;

ilk bor surunkali V gepatiti bilan kasallangan bolalarda og‘iz suyuqligida (so‘lakda) endoteliy bilan bioregulyator jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligi isbotlangan;

karies, parodont kasalliklari va gepatit V bilan kasallangan bolalarda NO-tizimi va bioregulyator jarayonlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar buzilishlari va xarakteridagi qonuniyatlar asosida qo‘shimcha tashxislash va bashoratlash, davolash samaradorligini baholash mezonlari sifatida qo‘llash imkoni asoslangan;

prognostik mezonlarning erta aniqlanishi karies va parodont kasalliklarining kasallikning uzoq davom etadigan shakliga o‘tish xavfi bo‘yicha bemor bolalar guruhini ajratish tizimini shakllantirilgan;

surunkali gepatit V bilan kasallangan bolalarda og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklari rivojlanishini davolash, oldini olish va prognozlashda o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari zamonaviy stomatologik yondashuvlarni ishlab chiqishning mexanizmi takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy kilinishi:

Surunkali gepatit V kasalligi bor bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarini bashoratlash, davolash va oldini olishga qaratilgan tadbirlarning samaradorligini baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida:

«Fakul`tet bolalar terapevtik stomatologiyasi» o‘quv qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2015 yil 01 dekabrdagi 8 d-z/68-son ma’lumotnomasi). Mazkur o‘quv qo‘llanma stomatologiya vrachlari va  magistr-talabalarining, hamda talabalargi og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarni tashxislash va davolash, oldini olishni bashoratlash bo‘yicha bilimlarini oshirish imkonini bergan;

«Medisinskaya mikrobiologiya, virusologiya i immunologiya» darsligi va «Stomatologiyada klinik mikrobiologiya» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 6 oktyabrdagi 8N-r/141-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma og‘iz bo‘shlig‘i mikroblar turini aniqlash orqali kasallikni zamonaviy tashxislash va davolash tizimini  tatbiq qilish imkonini bergan;

«Bolalarda stomatologik kasalliklarni oldini olish» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 28 dekabrdagi 8N-r/204-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma surunkali gepatitlar bilan xastalangan og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarni tashxislash va davolashning zamonaviy tizimlari, hamda oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish imkonini bergan;

«Bolalarda tishlar kariesining zamonaviy konsepsiyasi» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 28 dekabrdagi 8N-r/203-son ma’lumotnomasi). Mazkur o‘quv qo‘llanma stomatologiya vrachlari va  magistr-talabalarining og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarini tashxislash va davolash, oldini olishni bashoratlash imkonini bergan;

«Og‘iz bo‘shlig‘i shaxsiy gigienasi zamonaviy vositalari» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 29 dekabrdagi 8N-d/75-son ma’lumotnomasi). Mazkur o‘quv qo‘llanma stomatologiya vrachlari va  magistr-talabalari, hamda talabalargi og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarini tashxislash, davolash va  oldini olishni bashoratlash bo‘yicha tibbiy bilimlarini oshirish imkonini bergan;

surunkali gepatit V kasalligi bor bemorlar og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarini davolash va oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika pediatriya ilmiy- amaliy tibbiyot markazi, Toshkent Davlat stomatologiya instituti, Toshkent shahar 3-bolalar  stomatologik polikilinikasinig klinik amaliyotiga joriy  qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 29 dekabrdagi 8N-d/75-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi karies rivojlanishini 25%ga, parodont kasalliklarini 32%ga kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish