Xoshimov Nozimjon Numonjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kalamush miyasi sinaptosomalari Sa2+ transportiga polifenol (rutan, gossitan) va alkaloid (dezoksipeganin) ta’sirini tavsiflash», 03.00.08–Odam va hayvonlar fiziologiyasi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/B28.
Ilmiy rahbar: Nasirov Qobil Erkinovich, biologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bioorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Mikrobiologiya instituti va O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.V.38.01.
Rasmiy opponentlar: Kuchkarova Lyubov` Salijanovna, biologiya fanlari doktori, professor; Esimbetov Adilbay Tlepovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: rutan, gossitan va dezoksipeganinning in vitro sharoitida nazorat va surunkali alkogol intoksikatsiyasida bosh miya sinaptosomasi Sa2+-transportiga ta’sirini tavsiflash hamda neyroprotektor xossalarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sa2+-sezgir zond – xlortetratsiklin yordamida glutamatning quyi konsentratsiyasi ta’sirida presinaptik membrananing o‘tkazuvchanlik darajasini oshirishi va kalamush miyasi sinaptosomasi [Sa2+]in konsentratsiyasining ortishi aniqlangan;
surunkali alkogol intoksikatsiyasida rutan glutamatning nerv hujayralarida [Sa2+]in oshiruvchi ta’siriga protektor ta’sir ko‘rsatishi asoslangan;
digidropiridinga sezgir kal`siy kanallarini boshqarishda gossitan polifenoli va nifedipin o‘rtasida raqobatlashish tipida ta’sirga ega ekanligi aniqlangan;
surunkali alkogol intoksikatsiyasi sharoitida dezoksipeganin alkaloidi glutamat singari NMDA – reseptori faolligini modulyasiyalashi orqali antitoksik ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan;
dezoksipeganinning trombotsitlarda ichki depolardan chiquvchi Sa2+-transportini susaytirishi orqali [Sa2+]in konsentratsiyasini kamaytirishi, shuningdek qon tomir silliq muskul hujayralarida uning relaksant ta’siri Sa2+L–kanali blokadasi bilan bog‘liqligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Rutan, gossitan va dezoksipeganinning kalamush bosh miyasi sinaptosomalarida Sa2+-transportiga ta’sirini aniqlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
neyrodegenerativ jarayonlarni molekulyar darajadagi rivojlanish mexanizmlarini neyroprotektor preparatlar yordamida korreksiyalashdan dorivor vositalarni farmakologik tavsiflashda foydalanilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUKning 2018 yil 27 martdagi 29/09-1058-son ma’lumotnomasi). Natijada davlat markazining farmakologik va toksikologik tadqiqotlar laboratoriyasida neyrostimulyasiyalovchi dorivor vositalarni spesifik faolligini aniqlash imkonini bergan;
rutan, gossitan va dezoksipeganinning kalamush bosh miyasi sinaptosomalarida Sa2+-transportiga ta’siridan FA–A11–T057 raqamli «Tabiiy va sintetik biologik faol moddalarni yuqori samarali skrining markazini tashkil etish» loyihasida gipoksiyada kalamush bosh miyasi sinaptosoma membranalari Sa2+-transportiga hamda NMDA-reseptoriga ta’sir mexanizmlarini aniqlashda foydalanilgan (Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 21 noyabrdagi FTA-02-11/1148-son ma’lumotnomasi). Natijada gipoksiyada sinaptosoma membranasi Sa2+-transporti bloklanishi va NMDA-reseptori orqali [Sa2+]in konsentratsiyasining kamayishi asosida neyroprotektor xossalarini tavsiflash imkonini bergan.