Shukurllayev Jurabek Maksadbayevichning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Maktab o‘quvchilarida jismoniy sifatlarni rivojlantirishda akmeologik yondashuvning didaktik asoslari (voleybol sport turi misolida)”, 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped2514. 
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti. 
Ilmiy rahbar: Utepbergenov Amangeldi Kutlimuratovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01. 
Rasmiy opponentlar: Mahkamav Ulfat Ilhamovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Ma’murov Baxodir Baxshulloevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi voleybol sport turi vositasida maktab o‘quvchilarining jismoniy sifatlarini rivojlantirishda akmeologik yondashuvning didaktik asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumta’lim maktablarida akmeologik yondashuvni ta’lim amaliyotiga tatbiq etishning kognitiv, motivatsion va metakognitiv xususiyatlari harakatlar majmui, qiyoslash, organizmni individual rivojlantirish, morfo-funksional jihatlarni hisobga olish kabi determinantlarga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan; 
jismoniy tarbiya darslarida o‘quvchilarning reproduktiv, adaptiv, refleksiv kompetentlik darajalarini baholashning past, o‘rta va yuqori mezonlari hamda nazariy bilimlarni amalda qo‘llay olish qobiliyatini akmeologik rivojlanish darajasining didaktik talablariga ko‘ra takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning jismoniy sifatlarini maqsadli va ehtiyojga yo‘nalgan hamkorlik shakllari va SMART mezonlari (aniqlik, o‘lchamlilik, erishimlilik, resurs bilan ta’minlanganlik, reglament) maqsad belgilash va natijaga mo‘ljal olish tamoyillariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
akmeologik yondashuv asosida o‘quvchilarning jismoniy sifatlarini voleybol mashg‘ulotlari vositasida nazariy bilim hamda amaliy malakalar tizimini takomillashtirish texnologiyalari o‘quvchilarda sifatli pozitiv o‘zgarishni intensiv ta’minlaydigan muammoli, videotahlil interfaol usullari va ko‘nikmalarni rivojlantiruvchi adaptiv kompleks mashqlar tizimini ta’lim oluvchilarning fiziologik o‘sish parametrlari darajalariga integratsiyalash orqali takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Voleybol sport turi vositasida maktab o‘quvchilarida jismoniy sifatlarni rivojlantirishda akmeologik yondashuvning didaktik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
harakatlar majmui, qiyoslash, organizmni individual rivojlantirish, morfo-funksional jihatlarni hisobga olish kabi determinantlariga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan umumta’lim maktablarida akmeologik yondashuvni ta’lim amaliyotiga tatbiq etishning kognitiv, motivatsion va metakognitiv xususiyatlari, akmeologik yondashuv asosida o‘quvchilar jismoniy sifatlarini rivojlantirishni determinant darajalarini baholashning mezonlari va ko‘rsatkichlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Sport va harakatli o‘yinlarni o‘qitish metodikasi (voleybol)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9 sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 302-0448-son nashr ruxsatnomasi). Natijada, akmeologik yondashuvni ta’lim amaliyotiga tatbiq etish orqali umumta’lim maktablarida ta’lim sifatini oshirish metodikasi takomillashtirilgan;
akmeologik yondashuvning ilmiy nazariy asoslari va didaktik talablari asosida takomillashtirilgan jismoniy tarbiya darslarida o‘quvchilarning reproduktiv, adaptiv, refleksiv kompetentlik darajalarini baholashning past, o‘rta va yuqori mezonlari hamda nazariy bilimlarni hayotiy vaziyatlarda qo‘llay olish ko‘nikmalari, jismoniy tarbiya fanining gorizontal va vertikal integratsiyasini ta’minlash, voleybol sport mashg‘ulotlari vositasida o‘quvchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish bo‘yicha tadqiqot natijalari “Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9 sentyabrdagi 302-son buyrug‘iga asosan berilgan 302-0849-son nashr ruxsatnomasi). Natijada, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari vositasida o‘quvchilarning ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirishga erishilgan;
o‘quv muammoli vaziyatlar va psixologik ko‘nikmalarni ta’lim amaliyotiga adaptiv qo‘llashga doir ergonomik talablar asosida ishlab chiqilgan akmeologik yondashuv asosida o‘quvchilarning jismoniy sifatlarini takomillashtirish modeli, umumiy o‘rta ta`lim maktablarida o‘quvchilarning individual ta’lim traektoriyasi va jismoniy rivojlanishning algoritmik bosqichlarini uyg‘unlashtirish asosida ishlab chiqilgan o‘quvchilar jismoniy sifatlarini rivojlantirishda akmeologik yondashuvni ta’lim amaliyotida barqaror ishlashining optimallashgan amaliy mexanizmlaridan umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiya darslarini akmeologik yondashuv asosida tashkil qilishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 01/11-01/11-1718-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiya darslarida o‘quvchilarning iqtidor xususiyatlarini aniqlash va maqsadga muvofiq yo‘naltirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish