Ergashev Akram Abduxalilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Dekret kontingent uchun yagona tibbiy axborot-tahliliy tizimini takomillashtirish (majburiy tibbiy sug‘urtalashga o‘tish bosqichida)», 14.00.33 – Jamiyat salomatligi. Sog‘liqni saqlashda menejment (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib1588.
Ilmiy rahbar: Iskandarova Shahnoza To‘lqinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot pediatriya instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Ismailov Saydmurod Ibragimovich, tibbiyot fanlari doktori; Rustamova Xamida Elemesovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi dekretiv kontingentni davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tish holatini tahlil qilish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanilgan holda elektron ro‘yxatini shakllantirish, yagona tibbiy axborot-tahlil tizimini takomillashtirish va maxsus integratsion dastur yaratish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor dekretiv (epidemiologik muxim ob’ekt xodimlari) kontingent-tibbiy ko‘rigini samarali tashkil qilishning to‘laqonligi, sifati va qamrov ob’ektivlik darajasini oshirishda jarayonni raqamlashtirish hisobiga ratsionallashtirish, kasbiy-moddiy resurslarga ko‘ra optimallashtirish va shular negizida standartlash tizimlarining tibbiy-tashkiliy va tibbiy-dasturiy jihatdan muhimligi asoslangan;
tibbiy ko‘riklarni tashkil qilishning tashkiliy-funksional modeli tibbiy-tashkiliy jarayonni ish beruvchi, tibbiy ko‘rik o‘tkazuvchi va nazorat qiluvchi organlar faoliyatini va axoli salomatligi monitoringi platfor-masiga ko‘ra idoralararo integratsiyalashuvi asosida takomillashtirilgan;
integratsiyalashgan tibbiy axborot-tahliliy axborot tizimiga ko‘ra davolash-profilaktika muassalarida tibbiy xizmat (yordam) xajmini aniqlash, moliyalashtirish va ijro nazorati hamda professional gigienik tayyorgarlik va sertifikatlash, sanitariya-epidemiologik farovonlikni tashkil qilish-ning tibbiy-ijtimoiy va tabbiy-iqtisodiy jihatdan natijadorligi asoslanib, uning tibbiy-dasturiy ta’minoti taklif etilgan;
kontingent uchun muassasalararo tibbiy-tashkiliy faoliyatni tashkil qilish mexanizmi «hududiy sog‘liqni saqlash boshqaruv tashkiloti - hududiy ijtimoiy soxalar – hududiy sanitariya epidemiologiya va jamoat salomatligi tuzilmasi» hamkorligini tibbiy-tashkiliy jixatdan taklif etilgan tibbiy ko‘rsatkichlar negizida yagona elektron platforma qurilishiga ko‘ra takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Dekretiv kontingent uchun yagona tibbiy axborot-tahliliy tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
dekretiv kontingent uchun yagona tibbiy axborot-tahliliy tizimini takomillashtirishga qaratilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent viloyati davolash profilaktika muassasalari, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatlik bulimlari zanjirida dekretiv kontingentning ma’lumotlar bazasi yaratilib, ushbu tizim Qibray tumani (06.09.2021 y.), Toshkent tumani (14.11.2021y.) va Chirchiq shahar (11.10.2021 y.) tibbiyot birlashmasi tomonidan tasdiqlanib, mazkur hududlar tibbiyot muassasalari amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 21 fevraldagi 8n-z/80-son ma’lumotnomasi) Natijalarning amaliyotga joriy qilinishi elektron xujjat aylanishini tashkil etish orqali ish jarayonini optimallashtirishga, dekretiv kontingent informativligini, qarorlarning samadorligi va sifatini oshirishga, tegishli axborot-taxliliy tizimlarni yaratish orqali boshqaruv xarajatlarni kamaytirishga, axoli salomatligini monitoring qilish tizimini takomillashtirishga, sog‘liqni sag‘lash tashkilotlari faoliyat sifatini baxolashda ishonchlilik va ob’ektivlikni oshirishga xizmat qilgan;
dekretiv kontingentni davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni takomillash-tirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Dekretiv kontingentlarni profilaktik tibbiy ko‘riklarining ma’lumotlar bazasi» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 21 fevraldagi 8n-z/80-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma dekretiv kontingentning salomatlik darajasi, tashxislash va sog‘lomlashtirish sifatini yaxshilash maqsadida davolash-profilaktika muassasasi xamda sanitariya epidemiologiya, jamoat salomatlik bo‘limlari tomonidan xamkorlikda elektron hujjat aylanish va axborot-aloqa tizimini joriy qilish hisobiga tibbiy ko‘riklarning qamrovini oshirish va xarajatlarni kamaytirish imkonini bergan.