Ruziev Farid Ashurovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bahorgi yumshoq bug‘doy turichi duragaylarida don sifat ko‘rsatkichlarining irsiylanishi», 03.00.09 – Umumiy genetika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2021.4.PhD/B668.
Ilmiy rahbar: Djabbarov Ibroxim Shodmanovich, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, DSc.02/30.12.2019.V.53.01.
Rasmiy opponentlar: Qaxxarov Izzat Tilovovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Xalilov Nasriddin Xalilovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bahorgi yumshoq bug‘doy turichi duragaylarida don sifat ko‘rsatkichlarini baholash, ularning irsiylanish va o‘zgaruvchanlik xususiyatlarini aniqlash shuningdek, amaliy seleksiya uchun dastlabki manbalarni yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor turli meteorologik sharoitlarda turli ekologik geografik kelib chiqishga ega bo‘lgan bahorgi qadimiy yumshoq bug‘doy navlarida don sifatining genetik salohiyati baholangan;
qadimiy bahorgi yumshoq bug‘doy navlari don sifat ko‘rsatkichlari: don naturasi, dondagi oqsilning umumiy ulushi, kleykovina miqdori va sifatini bo‘yicha identifikatsiyalangan;
bahorgi yumshoq bug‘doy don sifat ko‘rsatkichlari va hosildorligi, o‘simliklarning genotipi va o‘sish sharoitiga qarab tanlab olingan navlarda o‘zgaruvchanligi aniqlangan;
bahorgi yumshoq bug‘doyning duragay kombinatsiyalaridan yuqori oksilli istiqbolli T/1 tizmasi ajratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bahorgi yumshoq bug‘doyning genetik salohiyati va don sifat ko‘rsatkichlarining irsiylanishini baholash hamda turichi duragaylash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Xupar x Qayroqtosh duragaylaridan navlar ichida duragaylash usulida yaratilgan T/1 bahorgi yumshoq bug‘doyi Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidagi “Bek-Dil-Bex-Shoxsuvoriy” fermer xo‘jaligida 6 gektar maydonga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 13 dekabrdagi 02/021-5058-son ma’lumotnomasi). Natijada, sug‘oriladigan maydonlarda ushbu yangi tizmaning hosildorligi o‘rtacha 53,4 s/ga ni tashkil etib, nazorat naviga nisbatan hosildorlik 4,5 s/ga yuqori xosil olish imkonini bergan;
qadimgi maxalliy bug‘doy kolleksiyasi nav namunalaridan al`ternativ belgi va xususiyatga ega bo‘lgan genotiplarni turichi duragaylash asosida ajratib olingan T1 tizma Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidagi “Yusufbek dalasi” fermer xo‘jaligida 5 gektar maydonga ekilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 13 dekabrdagi 02/021-5058-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu tizma amaliyotdagi navlarga nisbatan xosildorligi, abiotik omillarga chidamliligi xisobiga yuqori xosil olish imkonini bergan.