Xan Svetlana Sergeevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Malaka oshirish tizimida boshlang‘ich maktab ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini takomillashtirish”, 13.00.02– Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Ped 431.
Ilmiy rahbar: Bakieva Gulandom Hisamovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti,  DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: To‘htasinov Ilxom Madaminovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Tadjibaeva Dilbar Axmedovna, pedagogika fanlari nomzodi. 
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Tadqiqotning maqsadi umumevropa standartlariga muvofiq zamonaviy mezonlarga asoslangan refleksiya texnikasini qo‘llash orqali o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyasini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
II.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xorijiy tillarni o‘qitishni erta joriy etish tajribasiga asoslangan protsessual-mazmunli va refleksiv-kommunikativ tuzilmali komponentlarning tanqidiy omillari empirik tadqiqotning amal qilish muddati va natijalari ishonchliligini oshirishga xizmat qiluvchi ko‘plik triangulyasiyasi metodi orqali aniqlangan;
boshlang‘ich ta’limda ingliz tilini o‘qitishda refleksiya, o‘z-o‘zini refleksiya qilish, motivatsion tayyorgarlik, ichki salohiyatni rivojlantirish ko‘nikmalari MO kurslarini tashkil etishga qo‘yiladigan uslubiy va mazmuniy talablar asosida boshlang‘ich sinf ingliz tili o‘qituvchilari kasbiy kompetensiyasini oshirish mexanizmi paradigmal yondashuvning komponentlarini aniqlash orqali takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini uslubiy qo‘llab-quvvatlash va malakasini oshirish tizimining ilmiy-didaktik ta’minoti ijobiy motivatsion, refleksiv-kommunikativ komponentlarni joriy etish samaradorligi asosida  refleksiv aylana, kooperativ, kommunikativ va shaxsiy refleksiyali mashqlar tipologiyasi o‘qituvchilar malaka oshirishining muqobil usuli sifatida taklif etilgan;
boshlang‘ich sinflar ingliz tili o‘qituvchilari uchun malaka oshirish kurslari dasturlari refleksiya va o‘z-o‘zini refleksiya qilish usullari asosida takomillashtirishga qaratilgan metodik va didaktik ta’minotini refleksiv texnologiya komponentlarining eng samarali usullarini integratsiya qilishga  oid tavsiyalar ishlab chiqilgan.  
III.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ilmiy natijalar va boshlang‘ich sinf ingliz tili o‘qituvchilari MO tizimini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy taklif va tavsiyalar asosida quyidagilar joriy etildi:
xorijiy tillarni o‘qitishni erta joriy etish tajribasiga asoslangan protsessual-mazmunli va refleksiv-kommunikativ tuzilmali komponentlarning tanqidiy omillari empirik tadqiqotning amal qilish muddati va natijalari ishonchliligini oshiriga xizmat qiluvchi ko‘plik triangulyasiyasi metodiga oid xulosalardan Xalq ta’limi tizimi rahbar xodimlari va mutaxassislari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash institutining boshlang‘ich sinfda ingliz tili o‘qitish bo‘yicha MO kurslari materiallarini ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi A.Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar xodimlari va mutaxassislari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash institutining 2020 yil 19 noyabrdagi 01/09-842-son raqamli ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiya darajasini takomillashuviga xizmat qilgan; 
boshlang‘ich ta’limda ingliz tilini o‘qitishda refleksiya, o‘z-o‘zini refleksiya qilish, motivatsion tayyorgarlik, ichki salohiyatni rivojlantirish ko‘nikmalari MO kurslarini tashkil etishga qo‘yiladigan uslubiy va mazmuniy talablar asosida boshlang‘ich sinf ingliz tili o‘qituvchilari kasbiy kompetensiyasini oshirish mexanizmi paradigmal yondashuvning komponentlariga oid xulosalardan Respublika boshlang‘ich maktablarining 2-,3-,4-sinflari uchun Kids’ English o‘quv-metodik kompleksini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 676-214-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinflarda ingliz tilini o‘qitishda qo‘llaniladigan metodlar va o‘quv qo‘llanmalari takomillashtirilgan; 
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini uslubiy qo‘llab-quvvatlash va malakasini oshirish tizimining ilmiy-didaktik ta’minoti ijobiy motivatsion, refleksiv-kommunikativ komponentlarni joriy etish samaradorligi asosida  refleksiv aylana, kooperativ, kommunikativ va shaxsiy refleksiyali mashqlar tipologiyasi o‘qituvchilar malaka oshirishining muqobil usuliga oid natijalardan  kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar bilim va ko‘nikmalarini Respublika boshlang‘ich maktablari o‘quvchilarining A1 darajasiga erishish mezoni bo‘yicha baholash yo‘riqnomasi ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 noyabrdagi 02/6-248-son ma’lumotnomasi), shuningdek (Learning stations) o‘quv markazlarida ishlarni tashkil etish bo‘yicha o‘quv-uslubiy tavsiyalarda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Chet tillarni o‘qitish metodikasini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazining 2021 yil 18 maydagi 10-06/21-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bilim va ko‘nikmalarni baholashda kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar faoliyatida o‘z-o‘zini baholash ko‘nikmasi oshishiga xizmat qilgan;
boshlang‘ich sinflar ingliz tili o‘qituvchilari uchun malaka oshirish kurslari dasturlari refleksiya va o‘z-o‘zini refleksiya qilish usullari asosida takomillashtirishga qaratilgan metodik va didaktik ta’minotini refleksiv texnologiya komponentlarining eng samarali usullarini integratsiya qilishga  oid tavsiyalar boshlang‘ich maktab ingliz tili o‘qituvchilari uchun malaka oshirish kursida (O‘zbekistonda Britaniya Kengashining OS 21-88-son ma’lumotnomasi), shuningdek, ingliz tili o‘qituvchilari malakasini oshirish kurslarini tashkil etishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 676-214-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich maktab ingliz tili o‘qituvchilarini metodik qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy mahoratini oshirish tizimining ilmiy va didaktik imkoniyatlarini kengayishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish