Maxmutazimova Yulduz Raxmatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida integrativ yondashuv asosida bolalarni kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish” (STEAM texnologiyasi vositasida), 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro’yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped 1884. 
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti.
Ilmiy rahbar: Qodirova Fotima Rashidovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko’rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD. 12/30.12.2019. Ped80.01.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Normurod falsafa fanlari doktori, professor; 
Nazirova Go‘zal Malikovna pedagogika fanlar bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti
Dissertatsiya yo’nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida integrativ yondashuv asosida bolalarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha ta`lim tashkilotlarida tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarining kommunikativ kompetensiyasini integrativ yondashuv asosida rivojlantirish bosqichlari va tamoyillari hamda ko’rsatkichlari amaliy-kognitiv ko’nikmalarini shakllantirishning ijodiy muhitini o’zaro aloqadorligi hamda muloqot usullari konstruktivligi darajasi mushtarakligini pedagogik tamoyillariga ustuvor bog‘liqligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
maktabga tayyorlov yoshidagi bolalarning kommunikativ kompetensiyasini integrativ yondashuv asosida rivojlantirish bo’yicha “Men dunyoni yarataman” nomli variativ o’quv-uslubiy dasturi ishlab chiqilgan va didaktik ta`minoti bolalarni kommunikativ - ijodiy faoliyatga tayyorlash jarayoni animatsion-ovozli hamda o’z-o’zini namoyon qilishga doir jamoaviy topshiriqlarning kombinatsiyalashgan variantlarini tashkil etish va muloqot ko‘nikmalarining samaradorligini baholash ko’rsatkichlariga uyg‘un moslashtirish natijasida aniqlashtirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarini kommunikativ kompetensiyasini integrativ yondashuv formulasi asosida “Aql va qo‘l”(“Brain and hand” activity), “Kashf qilish” (“Discovery activity”), Animatsion (“Art sketching”), “O‘zini namoyon qilish”(“Self presentation”) rivojlantirishning pedagogik modeli bolalarni kommunikativ faoliyatga tayyorgarlik darajasini ifodalovchi yo‘nalishlar tarkibi o’zini – o’zi rivojlantirish, muvaffaqiyatini ko‘rsata olishga yordam beradigan muloqot vositalarini shakllantirish asosida takomillashtirilgan;
maktabga tayyorlov yoshidagi bolalarning kommunikativ kompetensiyasini STEAM - ta’lim texnologiyasi asosida “Intervyu”, “Sevimli multfilm qahramonim”, “O‘zingni ko‘rsat”, “Yordam ber”, “Men va Biz” innovatsion usullari bolalarni ijodiy kommunikativ faoliyatga tayyorlash samaradorligi oldindan kuzatish-loyihalashtirish, yo‘naltirish, muvofiqlashtirish, ovozlashtirish va axborot-tahlil kabi kommunikativ funksiyalarini tatbiq etish va animatsion faoliyatni amalga oshirishda maqsadli parametrlarga erishish kabi mezonlarini kiritish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida integrativ yondashuv asosida bolalarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
maktabga tayyorlov yoshidagi bolalarning kommunikativ kompetensiyasini integrativ yondashuv asosida rivojlantirishga oid taklif va tavsiyalardan “Maktabgacha yoshdagi bolalarning kommunikativ kompetensiyasini shakllantirish metodikasi”, “Maktabgacha ta’limda STEAM texnologiyalari”, “Maktabgacha ta’limda STEAM texnologiyasi va kommunikativ kompetensiya integratsiyasi” o’quv qo’llanmalari mazmunini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentabrdagi 302-sonli buyrug‘iga asosan o‘quv adabiyotining nashr ruxsatnomasi, ro‘yxatga olish raqami 302-0673, O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2021-yil 10-martdagi 02-02/2-714-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy-metodik tavsiyalar asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarining kommunikativ kompetensiyasi rivojlanishiga metodik imkoniyat yaratilgan, bu esa maktabgacha yoshdagi bolalarning kommunikativlik darajasini o’sishiga xizmat qilgan;
maktabga tayyorlov yoshidagi bolalarning kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish yuzasidan amaliy tavsiyalar Sirdaryo viloyatidagi “Quvonch” nomli va Toshkent shahridagi 371- davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari amaliyotiga “Men dunyoni yarataman” bolalar multistudiya dasturi mazmunini ishlab chiqishda va tajriba-sinov jarayonida foydalanilgan (O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2021-yil 10-martdagi 02-02/2-714-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif va tavsiyalar asosida maktabgacha katta yoshdagi bolalarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida integrativ yondashuv asosida kommunikativ jarayonni tashkil etishda bolalarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishga doir tavsiyalar Toshkent viloyatidagi 17-, 14-, Sirdaryo viloyatidagi 19-, “Quvonch” nomli va Toshkent shahridagi 371-, 605-, 455- davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari amaliyotiga joriy etilgan (O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2021-yil 10-martdagi 02-02/2-714-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha katta yoshdagi bolalarning kommunikativ kompetensiyasini integrativ yondashuv asosida rivojlantirishning pedagogik tizimi takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish