Badalov Sharifboy Djuravaevichning
iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi 
himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bozor iqtisodiyoti sharoitida uy xo‘jaliklari iqtisodiy funksiyalarini takomillashtirish», 08.00.01 – «Iqtisodiyot nazariyasi (iqtisodiyot fanlari)».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.3-4.192.
Ilmiy rahbar: Vaxabov Alisher Vasikovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/04.2021.I.133.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Abulkasimov Xasan Pirnazarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abdullaev Suyun Artikovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi bozor iqtisodiyoti shakllanishi sharoitida uy xo‘jaliklari iqtisodiy funksiyalarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uy xo‘jaligi daromadlarini investisiyalashning daromad bilan investisiya riskini qiyosiy taqqoslash, oilani hayotiy zarur ehtiyojlarini qondirishga ta’sir ko‘rsatmaslik, jami mablag‘larni investisiyalashda risklarni diversifikatsiyalash, uzoq muddatli investisiyalarni qisqa muddatli loyihalarga joylashtirmaslik tamoyillari asosida investision faoliyatni bosqichma-bosqich amalga oshirilishining zarurligi hamda xonadon xo‘jaligi aktivi likvidlik, daromadlilik va ishonchlilik xususiyatlariga ega bo‘lishi nazariy jihatdan asoslandi;
uy xo‘jaliklari iste’mol xarajatlarining hajmi xo‘jalik tasarrufidagi daromadlar, iste’mol buyumlari narxi, real kredit foiz stavkalari, iste’mol kreditlari bo‘yicha qarzdorligi, soliq og‘irligi omillari ta’sirida shakllanishi asoslangan, xususiyatlari tavsiflangan, bozor qonunlari talablari asosida xo‘jalik iste’moli tarkibini rivojlanish qonuniyatlari aniqlangan;
uy xo‘jaliklarida a’zolari soni va malakasi darajasiga ko‘ra iste’molga moyillik mezoni asosida xo‘jalikda yaqin istiqbolda iste’mol va jamg‘arish o‘rtasidagi optimal nisbat (75,0:25,0) aniqlangan;
mahallalarda uy xo‘jaliklari daromad manbalarini ko‘paytirish,   aholi bandligini oshirish, iste’mol sifatini yaxshilash maqsadida mahalla fuqorolarini ishga qabul qilish hisobiga shu manzildagi  tadbirkorlarga imtiyozli kreditlarni taqdim etish  taklif etilgan;
o‘zini- o‘zi band qiladigan fuqarolarga tikuvchilik, kasanachilik, hunarmandchilik, issiqxona qurish uchun zaruriy xom ashyo, ehtiyot qismlar, qurilish mollarini sotib olish maqsadida 400 mln.so‘mgacha kredit mablag‘larini naqd pulda ajratish amaliyotini joriy etish taklifi asoslangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida uy xo‘jaliklari iqtisodiy funksiyalarini takomillashtirish borasida ishlab chiqilgan takliflar asosida;
uy xo‘jaligi daromadlarini investisiyalashning daromad bilan investisiya riskini qiyosiy taqqoslash, oilani hayotiy zarur ehtiyojlarini qondirishga ta’sir ko‘rsatmaslik, yalpi mablag‘larni investisiyalashda risklarni diversifikatsiyalash, uzoq muddatli investisiyalarni qisqa muddatli loyihalarga joylashtirmaslik tamoyillari asosida investision faoliyatni bosqichma-bosqich amalga oshirilishi bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 9 avgustdagi 504-son «Hududlarda “mahallabay” ishlash asosida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining doimiy daromad manbalarini ko‘paytirish orqali kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘grisida»gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 10 oktyabrdagi 06-51/04-10/41-son ma’lumotnomasi). Natijada uy xo‘jaliklari iste’moli rivojlanish qonuniyatlarini, uy xo‘jaliklari iste’molining milliy tovarlar bozor ko‘lamiga ta’siri, YaIM taqsimlashdagi ishtiroki va xo‘jalik aktivining likvidlik, daromadlilik va ishonchlilik xususiyatlarini aniqlash imkonini berdi.
uy xo‘jaliklari iste’mol xarajatlarining hajmi xo‘jalik tasarrufidagi daromadlar, iste’mol buyumlari narxi, real kredit foiz stavkalari, iste’mol kreditlari bo‘yicha qarzdorligi, soliq og‘irligi omillari ta’sirida shakllanishi asoslangan, xususiyatlari tavsiflangan, bozor qonunlari talablari asosida xo‘jalik iste’moli tarkibini rivojlanish qonuniyatlari, mamlakat uy xo‘jaliklarida a’zolari soni va malakasi darajasiga ko‘ra iste’molga moyillik mezoni asosida xo‘jalikda yaqin istiqbolda iste’mol va jamg‘arish o‘rtasidagi optimal nisbati (75,0:25,0)ning xususiyatlarini aniqlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 9 avgustdagi 504-son «Hududlarda “mahallabay” ishlash asosida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining doimiy daromad manbalarini ko‘paytirish orqali kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘grisida»gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 10 oktyabrdagi 06-51/04-10/41-son ma’lumotnomasi). Natijada uy xo‘jaliklarida jamg‘arishning iqtisodiy mazmuni yoritildi, uning motivlari va omillari aniqlandi, uning shakllari, milliy jamg‘arish me’yori aniqlandi, shuningdek, jamg‘arishning investisiyaga aylanishining shart-sharoitlari, uy xo‘jaliklari inson kapitalini takror ishlab chiqarish jarayoni va rivojlantirishdagi faol ishtiroki asoslandi.
mahallalarda uy xo‘jaliklari daromad manbalarini ko‘paytirish, aholi bandligini oshirish, iste’mol sifatini yaxshilash maqsadida mahalla fuqorolarini ishga qabul qilish hisobiga shu manzildagi  tadbirkorlarga imtiyozli kreditlarni taqdim etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 9 avgustdagi 504-son «Hududlarda “mahallabay” ishlash asosida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining doimiy daromad manbalarini ko‘paytirish orqali kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘grisida»gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 10 oktyabrdagi 06-51/04-10/41-son ma’lumotnomasi). Natijada mahallalarda aholisini tadbirkorlarga biriktirish orqali aholi bandligini ta’minlash va daromad manbaini ko‘paytirish maqsadida yetakchi tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar ajratish tartibi ishlab chiqildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish