Yusupov Nodrbek Maxmudovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i ): «Yuqori malakali futbolchi qizlarning tezkor-kuch tayyorgarligini rivojlantirish uslubini takomillashtirish», 13.00.04-Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Ped215.

Ilmiy rahbar:Xalmuxamedov Rustam Dekanovich, pedagogika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami:O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti, DSc.27.06.2017.Ped.28.01.

Rasmiy opponentlar:Akramov Abdumalik Abdumutalovich, pedagogika fanlari doktori; Talipjanov Askar  Inamdjanovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.

Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: yillik siklda yuqori malakali futbolchi qizlarning tezkor-kuch va texnik tayyorgarliklarini rivojlantirish metodikasini takomillash­tirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

yillik tayyorgarlik siklining turli bosqichlarida yuqori malakali futbolchi qizlarning tezkor-kuch tayyorgarlik darajasi aniqlangan;

futbolchi qizlarning o‘yinlar jarayonidagi texnik-taktik harakatlarining namunaviy miqdoriy tavsiflari ishlab chiqilgan;

tezkor-kuch tayyorgarligini o‘yin harakatlarining bajarilish aniqligi bilan ishonchli bog‘liqlikka ega tomonlarini takomillashtirish vositalari va usullari ilmiy-uslubiy jihatdan asoslab berilgan;

futbolchi qizlarning texnik-taktik harakatlari ko‘rsatkichlari va ularning tezkor-kuch tayyorgarlik darajasi o‘rtasidagi o‘zaro korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan;

yuqori malakali futbolchi qizlarning tezkor-kuch sifatlarini rivojlantirish metodi ishlab chiqilgan.

IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Yuqori malakali futbolchi qizlarning tezkor-kuch tayyorgarligini rivojlantirish uslubini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy metodologik va amaliy takliflar asosida:

“Sevinch” (Qarshi) futbolchi qizlarning tezkor-kuch tayyorgarligi darajasi: “Turgan joydan balandlikka sakrashda” - 9%ga, “Uzoq masofaga to‘pni tepish” - 7%ga, sonni bukuvchi mushaklar­ning portlash kuchi darajasi 9,9%ga, start kuchi - 9,8%ga va maksimal portlash kuchi -15,1%ga o‘sgan; (Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasining 01-07-0888-son ma’lumot­nomasi). Natijada malakali futbolchi qizlarning tezkor-kuch sifatlari rivojlantirilgan;

“Metallurg-woman” (Bekobod) futbolchi qizlarning o‘yin harakat faolligi va samaradorligi tajriba guruhida -33%ga, ayrim texnik-taktik harakatlar hajmi, ya’ni 30 metrdan uzoq bo‘lgan masofaga to‘p oshirishlar soni -21%ga; “To‘pni olib qo‘yishlar” soni -29%ga; “Havoda to‘p uchun kurashishlar” soni -31%ga ortdi. Noaniq harakatlar soni esa - 8%ga kamaygan; (Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasining 01-07-0888-son ma’lumot­nomasi). Natijada yuqori malakali futbolchi qizlarning texnik-taktik tayyorgarligi takomillash­tirilgan;

ishlab chiqilgan metodikaning samaradorligi natijalari O‘zbekiston Milliy ayollar terma jamoasining va oliy liga jamoalari O‘zbekiston chempionati, kubogi musobaqalari hamda xalqaro turnirlarga tayyorgarligi davridagi mashg‘ulotlar jarayoniga tatbiq etilgan (Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasining 01-07-0888-son ma’lumot­nomasi). Bu tavsiyalardan malakali sportchilarni tayyorlashda foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish