Maxmudova Istoraxon Kodir kizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tish implantlarida olib qo‘yiluvchi va shartli olib qo‘yiluvchi tish protezlari bilan protezlash samadorligini qiyosiy baxolash», 14.00.21-Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Tib775.
Ilmiy rahbar: Rizaeva Sevara Mirgulamovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Fursev Taras Vladimirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Xabilov Nigman Lukmanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Janubiy-Ural davlat tibbiyot universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: to‘liq ikkilamchi tishsiz protezlar bilan og‘rigan bemorlarda tish protezlaridagi nuqsonlarni ortopedik tiklash samaradorligini klinik, funksional va gigienik asoslash va optimal davolash va profilaktika taktikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
olinuvchi protezlardan foydalanuvchi bemorlarda implant sohasidagi suprakonstruksiyaning solishtirma gigiena indeksi (GI) ko‘rsatkichi asosida qo‘llanilgan shaxsiy gigiena usullari hamda tekshiruv muddatlariga bog‘liq ravishda korrelyasion o‘zgarishlar aniqlangan;
og‘iz bo‘shlig‘ini parvarishida turli yo‘nalishdagi vositalarni qo‘llanilishi og‘izdagi mikrobiologik biopardasi, suprastruktura-milk-protez sohasida adgeziyasini pasayishiga va yaxshi tozalanishiga qo‘maklashishi og‘iz bo‘shlig‘i mikrobiotsinozini aniqlash usuli yordamida isbotlangan;
shahsiy gigiena muolajalarini bajarish vaqtida protez sohasi shilliq qavatini irrigator yordamida doimiy stimulyasiyasida suyak to‘qimasi zichligi va mikrotsirkulyasiyasi ko‘rsatkichlarining tiklanishi lazerli doppler floumetriya usulida aniqlangan;
dental implantatlardagi protezli bemorlarda protezlash usulini solishtirma ob’ektiv vositasi sifatida xayot sifatini baxolovchi so‘rovnoma ishlab chiqilgan va takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tish implantlarida olib qo‘yiluvchi va shartli olib qo‘yiluvchi tish protezlari bilan protezlash samaradorligini qiyosiy baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
implantlarga qo‘yilgan olib qo‘yiluvchi va shartli olib qo‘yiluvchi tish protezlaridan foydalanishdagi mikrobiologik tadqiqotlar ma’lumotlari yordamida og‘iz bo‘shlig‘i gigienasi kompleksini ishlab chiqishga qaratilgan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan “Tish implantatlaridagi olib qo‘yiluvchi va shartli olib qo‘yiluvchi tish protezlaridan foydalanuvchi shaxslarda og‘iz bo‘shlig‘i mikrobiologik holatini ko‘rsatkichlari” nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 19 noyabrdagi 8n-r/1117-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma og‘iz bo‘shlig‘ining individual gigienasini to‘g‘ri tanlagan xolda tish implantatlaridagi olib qo‘yiluvchi va shartli olib qo‘yiluvchi tish protezlaridan foydalanish imkonini bergan;
tish implantatlaridagi olib qo‘yiluvchi va shartli olib qo‘yiluvchi tish protezlari bilan protezlashda og‘iz bo‘shlig‘i individual gigienasini baxolash usullariga qaratilgan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan “Tish implantatlaridagi olib qo‘yiluvchi va shartli olib qo‘yiluvchi tish protezlari bilan protezlashda og‘iz bo‘shlig‘i individual gigienasi usullarini indeks baholash” nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 29 sentyabrdagi 8n-r/851-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma gigiena usulini va implantatga protezni to‘g‘ri talash imkonini bergan; 
olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, DUKning 5-son stomatologiya poliklinikasi va Toshkent shahar Ortho Cure MChJ xususiy klinikasi amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 19 yanvardagi 8n-z/11-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi asoratlar sonini va implantlarni yaqin va kechiktirilgan muddatlarda yo‘qotish xavfini kamaytirish, protezlarni qo‘llash muddatlarini uzaytirish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish