Astanakulov Kamalitdin Maxkamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yoshlarda sog‘lom turmush madaniyatini rivojlantirish jarayonlarini takomillashtirish mexanizmlari” (16-25 yoshdagi yigit-qizlar misolida), 13.00.07–Ta’limda menejment (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped2137.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti
Ilmiy rahbar: Turg‘unov Sobitxon Toshpo‘latovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.03/05.06.2020.Ped.76.03.
Rasmiy opponetlar: Egamberdieva Turg‘unoy Axmadjanovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Quronov Muhammadjon, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yoshlarda sog‘lom turmush madaniyatini rivojlantirish jarayonlarini takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yoshlarda sog‘lom turmush madaniyatini rivojlantirish xususiyatlari milliy-hududiy yondashuvlar asosida bo‘lg‘usi kelin-kuyovlarning oiladagi va jamiyatdagi ijtimoiy funksiyalarning integrativlik darajasini belgilash asosida aniqlashtirilgan;
yoshlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash bosqichlari yoshlar agentligi, oila, mahalla, ta’lim muassasasalarining birlashgan harakati orqali yoshlarni yangi ijtimoiy sharoitlarga ko‘nikish, adaptatsiya hosil qilish, turmush tarzining o‘zgarishi yo‘nalishini ifodalovchi barqaror harakatlar, ijobiy o‘zgarishlarni shakllantirishning milliy va komparativ asoslarini gorizontal va vertikal belgilash asosida takomillashtirilgan;
yoshlarda sog‘lom turmush madaniyatini rivojlantirish makrobosqichdagi axloqiy, etik, estetik, emotsional-irodaviy xususiyatlari hamda motivatsion, ijobiy, mustaqil oilaviy hayotga tayyorlik kabi sifat ko‘rsatgichlari mazmuniga ustivorlik berish asosida takomillashtirilgan;
sog‘lom turmush madaniyatini rivojlantirishning “muntazamlilik tamoyili” asosida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda jamiyat ehtiyojlari bilan pedagogik shartlari - o‘zini-o‘zi tarbiyalash, intizomlilik, qat’iyatlilik sifatlarinining shaxsga yo‘naltirilgan monitoringiga ustivorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. yoshlarda sog‘lom turmush madaniyatini rivojlantirish jarayonlarini takomillashtirish mexanizmlariga doir tadqiqot natijalari asosida:
yoshlarda sog‘lom turmush madaniyatini rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari milliy-hududiy yondashuvlar asosida bo‘lg‘usi kelin-kuyovlarning oiladagi va jamiyatdagi ijtimoiy funksiyalarning integrativlik darajasini belgilash asosida aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan “Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-2050-sonli qarori asosida tashkil etilgan o‘quv jarayonlari samaradorligini oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2021-yil 24-avgustdagi 02-04/2060-son ma’ulomotnomasi). Natijada, yoshlarda sog‘lom turmush madaniyatini rivojlantirish, milliy tarbiya an’analarini qadriyat sifatida qabul qilish va tarbiya texnologiyalarini mukammallashtirishga xizmat qilgan;
yoshlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash bosqichlari yoshlar agentligi, oila, mahalla, ta’lim muassasasalarining birlashgan harakati orqali yoshlarni yangi ijtimoiy sharoitlarga ko‘nikish, adaptatsiya hosil qilish, turmush tarzining o‘zgarishi yo‘nalishini ifodalovchi barqaror harakatlar, ijobiy o‘zgarishlarni shakllantirishning milliy va komparativ asoslarini gorizontal va vertikal belgilash asosida takomillashtirilga doir taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishda ko‘p jildli “Milliy tarbiya ensiklopediyasi” mazmuniga singdirilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021-yil 25-avgustdagi 02-08/1046-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarda insonparvarlik g‘oyalarini hayotga keng tatbiq etishda foydalanilgan;
yoshlarda sog‘lom turmush madaniyatini rivojlantirishning makrobosqichdagi - axloqiy, etik, estetik, emotsional-irodaviy xususiyatlari bilan gender mazmuniga motivatsion, ijobiy, mustaqil oilaviy hayotga tayyorlik kabi sifat ko‘rsatgichlar mazmuniga ustivorlik berish asosida takomillashtirish hamda sog‘lom turmush madaniyatini rivojlantirishning “muntazamlilik tamoyili” asosida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda jamiyat ehtiyojlari bilan pedagogik shartlari - o‘zini-o‘zi tarbiyalash, intizomlilik, qat’iyatlilik sifatlarini rivojlantirishning shaxsga yo‘naltirilgan monitoringiga ustivorlik berish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan “Ta’sirchan jamoatchilik nazorati-mahallabay ishlash tizimini takomillashtirishda muhim omil” nomli amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021-yil 25-avgustdagi 02-08/1046-son ma’lumotnomasi). Natijada, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari xodimlarining o‘z faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish bo‘yicha bilim-ko‘nikmalarini oshirishga erishilgan.